QAROR QABUL QILINDI.
2- masala bo`yicha qaror qabul qilindi 2-chorakda tarbiya va ijtimoiy fanlar fan oyligini yuqori saviyada o`tkazish hamda shahar maktablarora otkaziladigan tadbirlarda faol qatnashilsin.
ESHITILDI 3- masala har xil masalalar bo`yicha O`IBDO` Qipchoqova Q.B so`zga chiqib 1- chorak vaqtida maktabimizda karantin sababli darslar online bo`lganligini ,o`quvchilarni maktabda odob axloq qoidalariga qatiy rioya qilishga e`tiborni kuchaytirish,darslarni sifatli samaradorligini yuqori qilib o`tishni,yosh o`qituvchilarga metodik yordam berishni ,kundalik com.bilan ishlash bo`yicha tushunmagan o`qituvchilarga informatika o`qituvchilari amaliy yordam berish kerakligi aytib o`tildi. Sinflarda ayniqsa yuqori sinflar 9-10-11 -sinf o`quvchilarini davomati,ularni maktab formasida emas maktabga xos bo`lmagan kiyimlarda kelayorganligi,o`g`illarni sochlari uzun va turli xil qilib turmaklanganligi
,qizlar qishki forma deb juda tor shimlar,juda kalta yubkalar kiyib
Sochlarini turli ranglarga bo`yab,har xil o`quvchiga xos bo`lmagan turmaklar ,sochlarini yoyib kelayotganligi ularni nazoratini kuchaytirish ota onasini chaqirib ogohlantirib suhbatlar olib borish kerakligi aytildi.Maktabda tartibni kuchaytirilmasa ijobiy natijaga erishib bo`lmasligi aytildi.
QAROR QABUL QILINDI 3-masala bo`yicha qaror qabul qilindi maktabda ichki tartib qoidalarni kuchaytirish,o`qituvchilar darslarni sifatli yuqori saviyada o`tib maktab samaradorligini oshirsin.
METODIK KENGASH RAISI: Arzikulova D.J
KOTIBA : Raxmanova Z.Ya
10.01.2022 YIL
Samarqand shahar 30-maktab
O`quv metodik kengashining
Yanvar oyi yig`ilish
B A Y O N N O M A S I
QATNASHDI:
O`IBDO`lari Qipchokova Q.B,Tursunqulov A.E,Arzikulova D.J
Barcha fan uslub birlashma rahbarlari
KUN TARTIBI
1-masala: Milliy reytingga tayyorgarlik.
2- masala:Tarbiya va ijtimoiy fanlar (tarix,davlat va huquq asoslari),rus va xorijiy tillar fan oyligi hisoboti.
3-masala:Uslub birlashmalarning faoliyati.
ESHITILDI
1-masala bo`yicha O`IBDO` Tutsunqulov A.E so`zga chiqdi, maktabimiz 2022 o`quv yilida o`tkaziladigan Milliy reytingga tushgan maktablar ichidagi r`oyxatda borligi, 9- sinflar o`rtasida ona tili va adabiyot, fizika,matematika fanalridan xalqaro baholash mezoni asosida o`tkaziladigan milliy reyting bo`yicha o`quvchilarni bilimlari tekshiriladi.Bunda yaxshi natija ko`rsatish uchun o`quvchilarimiz bilan shu fan o`qituvchilari alohida ishlashi ularga qo`shimcha darslar o`tib ,fanlar yuzasidan testlar ishlatib o`quvchilarni bilimlarini ,mustaqil fikrlashini o`stirish uchun ishlash kerakligi,olib borilayotgan ishlar va natijalar aytildi.
QAROR QABUL QILINDI
1-masala boyicha qaror qabul qilindi, milliy reyting baholash tadbirida yuqori natijaga erishish uchun o`quvchilar bilan tayyorgarlik ishlari kuchaytirilsin.
ESHITILDI
2-masala boyicha tarbiya va ijtimoiy fanlar uslub birlashma rahbari Ergasheva K.X,rus tili uslub birlashma rahbari Mavlonova A.M,ingliz tili uslub birlashma rahbari Fayziyeva Sh.I lar so`zga chiqib fan oyligi davomida qilingan ishlar,o`tkazilgan ochiq darslar, shahar maktablari o`rtasida o`tkazilgan tadbirlardan qatnashganligi ,maktabda o`tkazgan turli tadbirlar ,faol qatnashgan o`quvchilar maktab ma`muriyati tamonidan taqdirlanganligi aytib o`tildi.Uslub birlashma rahbarlari fan oyligi davomida o`z ishiga ma`suliyat ,faol ishlagan o`qituvchilarni aytib o`tishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |