ESH I T I L D I :
Fan o`qituvchi Ochilova Nilufar: mening bugungi bir soatlik matematika darsidan ko`zlagan maqsadim o`quvchilarga million ichida bo`lishning qulay usullarini o`rgatish, ularda odob-axloq tushunchalarini shakllantirish, mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish edi. Men o`z maqsadimga erishdim.
Dars tahlilida o`qituvchilar quyidagi fikrlarni bildirdi:
MMIBDO` M. Hasanova o`z so`zida dars yaxshi tashkil etilganligini, o`quvchilar darsda faol ishtirok etganligini, boshlang`ich sinf o`qituvchisi I. Bozorova AKT dan to`liq foydalanilganligini aytdi. Z. Shopiyeva o`z so`zida darsda “Zanjir” metodidan, interfaol usullardan foydalanilgani, masala sahna ko`rinishidan foydalanib bajarilganligi to`g`risida aytib o`tdi.
O`IBDO` S. Shopiyeva o`qituvchi darsni mahorat bilan o`tganligini e’tirof etdi. Vaqtdan unumli foydalanib, darsning har bir qismini tushunarli va yetarli darajada olib borib, AKTdan unumli fodalanib, yangi mavzu o`qituvchi tomonidan juda yax-shi yoritib berilganligini aytib o`tdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |