BAYONNOMA №
06.04.2021 y 2-son МТМ bo‘yicha
2-son МТTda Aprel oyining 1-haftasi hafta mavzusi «Gullagan bahor» deb nomlangan ochiq mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi. Unda 6 nafar pedagog, musiqa rahbari va МТT direktori Y.Jumaniyozova ishtirok qildi.
Маjlis raisi: Y.Jumaniyozova
Коtibasi: G.Sobirova
КUN TARTIBI:
«Gullagan bahor» deb nomlangan ochiq mashg‘ulot to‘g‘risida.
Mas’ul : N. Kurbonova
ESHITILDI:
Yuqoridagi masala yuzasidan МТT “Quyoshcha“ Tayyorlov guruhi tarbiyachisi N.Kurbonova ахborot berdi. U o‘z so‘zida 2-son MTTda o‘zining pedagogik amaliyotini o‘tayotgan UrDU talabasi Ermatova Shohista mustaqil ravishda ochiq mashg‘ulot tayyorlaganligi, mashg‘ulot jarayonida noan’anaviy metodlardan foydalangan holda tashkillashtirganligi, mashg‘ulot davomida tarbiyalanuvchilar juda faol qatnashganliklari, ochiq mashg‘ulot chiroyli tashkil etganligi haqida aytib o‘tdi.
Мuzokara uchun so‘zga chiqqan MTT ijodiy guruh a’zolaridan tarbiyachi: Mavluda Qurboniyozova, Nodiraxon Kurbonova, MTT psixologi Rayhon Sobirova, MTT jismoniy tarbiya yoriqchisi: D.Gulmonovalar ochiq mashgulot “Ilk qadam va Davlar talablari” me’yorlari asosida tarbiyalanuvchilarning qiziqishlarini inobatga olgan holda tashkil etiganligini aytib otdilar. Мuzokarada МТT direktori Yorqinoy Jumaniyozova ham so‘zga chiqib, tayyorlov guruhi bolalarining kiyinish madaniyatiga ham e’tibor qaratilganligi ya’ni “Syujetli – rolli o‘yinlar va sahnalashtirish” markazida “Biz quvnoq bog‘bonlarmiz” mavzusi to‘liq yoritilib berilganligini аytib o‘tdi. Shu bilan birga ochiq mashg‘ulot ochiq havoda boshlangani ham alohida diqqatga sazovor ekanini bu mashg‘ulotda tarbiyalanuvchilarga o‘zgacha bir kayfiyat bag‘ishlaganini aytib o‘tdi.
Yuqoridagi masalani muhokama qilib bu masalalarni ko‘rib chiqib yig‘ilish qaror qiladi:
O‘z pedagogik amaliyotini o‘tayotgan Sh. Ermatovaga bundan keyingi ishlarida ham N.Kurbonova mas’ul hisoblansin.
Har bir ochiq mashg‘ulotda bolalar nutqini o‘stirish, so‘zlarni to‘g‘ri va ravon aytish, she’rlarni ifodali aytishga o‘rgatish har bir tarbiyachining asosiy vazifasi hisoblansin.
Har bir ochiq mashg‘ulot “Ilk qadam” va “Davlar talablari” me’yorlari asosida o‘tkazilsin.
4. Ushbu qarorlar bajarilishini o‘z zimmamga olaman.
Маjlis raisi: Y.Jumaniyozova
Коtiba: M. Jumaniyozova
Ijodiy guruh a’zolari: M.Qurboniyozova
N.Kurbonova,
R.Sobirova
D.Gulmonovalar
Do'stlaringiz bilan baham: |