Fikir va mulohazalarga tayanib kengash
Qaror qiladi.
1.Kengash masalasida ko`rilgan vazifalar ma`lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Ota onalar bilan hamkorlikda bolalarni sog’lomlashtirish , chiniqtirish hamda kassalanishning oldini olish bo’yicha hamkorlikishlarini tashkilashtirish
3.Ushbu qaror ijrosini nazorat qilishni o’z zimmamda qoldiraman.
Uchinchi masala yuzasidan Kuzatuv kengashi raisi so’zga chiqib o’quv yili davomida olib borilgan ishlar yuzasidan hisobotini o’qib eshitirdi. Ota-onalar bilan hamkorlik ishlari reja asosida faol olib borildi. Ota-onalar pedagoglarning ochiq faoliyatlarga, MTTda o’tkazilgan bayram ertaliklariga, obodonlashtirish ishlarini tashkil qilish, bolalarni maktabga tayyorlash bo’yicha turli mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlarni amalga oshirishga jalb qilindi. Umumiy ota–onalar yig’ilishlarida bolalarni sog’lom ovqatlantirish, turli kasallanishlarning oldini olish, ta’lim sifatini ko’tarishda ota-onalar ishtirokining ahamiyati, MTTda sog’lom muhitni yaratishda hamkorlikda ishlarni amalga oshirish kabi masalalar muhokama qilindi, qarorlar chiqarildi, ularning ijrosi nazoratga olindi.
2022 yil may oyida rejalashtirilgan umumiy ota-onalar yig’ilishi o’tkazildi.
O’quv yili davomida MTTda Kuzatuv Kengashida 6 ta mavzu rejalashtirilgan bo’lib o’z ish faoliyatini 3 ta mavzu orqali olib bordi. Kuzatuv Kengashi tomonidan MTTda pullik xizmat, qamrab olinmagan bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov guruhlariga jalb qilish, ota-onalar bilan hamkorlikda turli ko’ngilochar tadbirlarni tashkil qilish, obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlari tashkil qilindi. O’zbekiston Respublikasidagi maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, har tomonlama barkamol, milliy urf-odatlar va jamiyatda kechayotgan jarayonlarga dahldorlik hissini oshirish hamda ularda g’oyaviy immunitetini mustahkamlash dolzarb vazifalardan biri bo’lib qolmoqda.
.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2019 yil 19 mart kuni Yoshlarning madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va kitob oqishga bolgan qiziqishini har tomonlama qo’llab-quvvatlashga qaratilgan 5 ta tashabbusni amalga oshirish to’g’risida o’tkazilgan videoselektor majlisida belgilab berilgan vazifalar 2021-2022 yillarda ham o’z aksini topdi.
Jumladan:
birinchi tashabbus orqali yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, istedodini yuzaga chiqarish choralari ko’riladi.
ikkinchi tashabbus orqali yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratiladi.
uchinchi tashabbus orqali aholi va yoshlar o’rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish tashkil etiladi.
To’rtinchi tashabbus orqali yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha tizimli ishlar tashkil etiladi.
beshinchi tashabbusni amalga oshirish orqali xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash bo’yicha tegishli choralar ko’riladi.
«Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar rivojlanishiga quyiladigan Davlat talablari asosida tarbiyalanuvchilarning malaka va kunikmalari natijalarining taxlili yilda 2 marta amalga oshirib boriladi. Uzlashtirishda qiynalgan bolalar bilan individual ishlash lozimligi tavsiya etildi. Maktab bilan xamkorlikdagi ishlar yillik ish reja asosida 7 mavzusi yuzasidan ishlar olib borildi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida xujalik-ma’muriy ishlari, kuzgi mavsumga tayyorgarlik ishlari, obodonlashtirish va kukalamzorlashtirish ishlari, shanbaliklar xar juma kunlari olib borildi.
Kelyotgan Yangi o’quv yilida yosh avlodni soglom, bakuvvat, xar tomonlama yetuk qilib tarbiyalashlari uchun bor imkoniyatlarimizni ishga tatbik etamiz.
2021-2022 o’quv yili yakunlari ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Kuzatuv kengashi raisi hisoboti qoniqarli deb topilsin.
Ushbu qaror ijrosini nazorat qilishni o’z zimmamda qoldiraman.
Kuzatuv kengashi raisi: Sh. Abdullayev
Kotiba: I. G’ofurova
Do'stlaringiz bilan baham: |