Andijon viloyati Andijon tumani xalq ta`limi bo’limiga qarashli 33-umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich sinf uslubiy birlashmasining navbatdan tashqari yig’ilish.
BAYONI _____
“____” ____________ 20___ yil Andijon tumani
Yig’ilish qatnashuvchilari: Y. Mirzaolimova-metod birlashma rahbari N. Atabayeva- O’IBDO’, metod birlashma a`zolari, Fan o’qituvchilari.
Kun tartibi:
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi Qosimova Sayyoraxon “OQISH DARSLARINI TASHKIL ETISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING SHAKLLARI” metodik qo’llanmani maktab miqiyosida ommalashtirish to’g’risida.
Ushbu masala yuzasidan metod birlashma raisi Y. Mirzaolimova fikr bildirib, boshlang’ich sinf o’quvchilarini O'QISh fani o’qitishning asosiy shartlaridan biri o’quvchilar lug’atini boyitish va undan nutq davomida to’g’ri foydalana olishga, o’z fikrini boshqalarga ravon yetkaza bera olishga o’rgatish, dars sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilishini ta’kidladi.
Maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchisi Jamilaxon Karimova so’zga chiqib, Qosimova Sayyoraxonning ko’plab ochiq dars va tadbirlarini kuzatib kelayotganini, o’qituvchi darsda o’zini tutishi, ma’naviy daqiqalarni o’tkazishi, o’quvchilar bilan muomala madaniyati hamda turli tezkor savol-javoblar o’tkazganligi yoqqanligini bildirib, o’z faoliyatida qo’llashligini aytib o’tdi. Shuningdek ushbu qo’llanmadan Xakimjanova D. hamda Abobakirova G. lar ham pedagogik faoliyatida qo’llashligini aytib o’tishdi.
Y. Mirzaolimova o’z so’zida boshlang’ich sinf o’qituvchisining kasbiy salohiyati va ma’lumot darajasi, bolalar psixologiyasi, hozirgi zamon bolalar psixologiyasini bilishi, boshlang’ich ta`lim sifatini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi, boshlang’ich ta’lim sifat samaradorligini yuqori bosqichga ko’tarish, o’qitishning yangi usul va vositalarini amaliyotga tadbiq etish maqsadga muvofiqligini, o’qituvchi bu jarayonga shaxsning shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratishi kerakligini gapirib o’tdi.
Yig’ilish yakunida maktabning o’quv tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari N. Atabayeva so’zga chiqdi. Darsni o’tish usullarini tanlashda uning ta`limiy hamda tarbiyaviy jihatlarga ahamiyat qaratish lozimligi interfaol usullarni qo’llash natijasida o’quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o’z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda bayon qila olish ,sog’lom muloqat, munozara , bahs olib borish ko’nikmalarini shakllantirib berishi, ijobiy natijalarga erisha olishi aytib o’tilib maktab miqiyosida ommalashtirishga tavsiya etildi. Kun tartibidagi masala atroflicha muhokama etilib, boshlang’ich ta’lim fani bo’yicha o’quv metodik kehgashning yig’ilishi
QAROR QILADI:
Kun tartibidagi masala yuzasidan maktab o’quv tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari, maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchilar J. Karimova, M. Soliyeva va G. Abobakirovalarning ma`ruzalari ijro etish uchun qabul qilinsin.
Maktabning barcha o’qituvchilari yakuniy nazorat va davlat imtihonlariga tayyorgarlik ko’rish.
Andijon tuman 33-maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi Xakimjanova Dinoraxon “ Boshlang’ich sinflarda fe’l so’z turkumi ustida ishlashda insho yozishga o’rgatish” metodik qo’llanmani maktab miqiyosida ommalashtirilsin.
Mazkur qaror ijrosini bajarilishini nazorat qilishni maktab metod birlashma rahbari zimmasiga yuklatilsin
Yig’ilish raisi: Y. Mirzaolimova
Kotibi: S. Abdullayeva
Do'stlaringiz bilan baham: |