Bayoni № “ ” may 2022-yil Buyuk Turon mfy yig’ilish raisi: Kotiba ota-onalar qo’mita raisi: Qatnashchilar: “ ” sinfning nafar ota-onalari Ishtirok etmadi: nafar ota-onalari kuntartibid a
Andijon viloyati Buloqboshi tumani 43-MFIDUMning 6-“D” sinfida o’tkazilgan ota-onalar kengashining navbatdagi yig’ilish
BAYONI № ___ “___” may 2022-yil Buyuk Turon MFY
Yig’ilish raisi: ___________________
Kotiba ota-onalar qo’mita raisi: __________________
Qatnashchilar: ___-“_____” sinfning ____ nafar ota-onalari
Ishtirok etmadi:______nafar ota-onalari
K U N T A R T I B I D A: 2021-2022 o’quv yili yakunlari
Yozgi ta’til davrida o’quvchilar xavfsizligini ta’minlash, ta’tilni mazmunli tashkil etish to’g’risida.
Yig’ilishni ____-“_____” sinf rabari – Z.Abdurahmonova o’z so’zi bilan ochib berdi. U o’z so’zida quyidagilarni bayon etdi.
Hurmatli ota-onalar, avvalom bor bugungi yig’ilishimizga hush kelibsizlar. Mana ko’rib turibsizki 2021-2022 o’quv yilini ham yakunlash arafasida turibmiz. Bu davr mobaynida ta’limni isloh etishda ko’plab ishlar amalga oshirildi. Ta’lim muassasasida ota-onalar tomonidan o’quv jarayonlarni tahlil qilishda dars tahlillari joriy etildi va unda faol ota-onalar doimiy ishtirok etib, o’z fikr-mulohazalari, taklif va tavsiyalarini berib keldilar. Ochiq darslardagi tahlillar natijasiga ko’ra ularning maslahat va takliflari kelgusida olib boriladigan ishlar bo’yicha chora-tadbirlar belgilandi kiritilgan qator taklif va mulohazalar o’rganib chiqildi. Shu munosabat bilan bugungi yig’ilishda sizlar bilan 2021-2022-o’quv yilida ___-“_____” sinfda ta’lim sifatini oshirishda olib borilgan ishlarimizni qay darajada amalga oshirganligimiz bo’yicha sarhisob qilib o’tsak.
O’quv yili mobaynida fan oyliklarida ko’plab ijodiy ishlar tashkil etildi va o’quvchilarga fan oyliklari rejasi bo’yicha ochiq darslar, tanlovlar, tadbirlar, zakovat intelektual o’yinlari tahkil etildi va o’tkazildi. Ta’lim muassasasida o’tkazilgan tanlovlar, tadbirlar , fan olimpiadalarida farzandlarimiz munosib ishtirok etishib keldilar.
Shuningdek joriy yilning 11-may kuni 5-“A”, 5-“D”, 9-“A”, 11-“A” hamda 11-“B” sinf o’quvchilaridan ta’lim sifatini oshirish bo’yicha Prezident Administratsiyasining fanlar kesimida blokli testlar o’tkazildi.O’tkazilgan testlarda o’quvchilarni fanlarni o’zlashtirishi darajasi quvonarli darajada bo’lmadi. Test natijalarida aniqlangan bo’shliqlarni to’ldirish, iqtidorli va bo’sh o’zlashtirgan o’quvchilar bilan kelgusida olib boriladigan ishlar yuzasidan chora–tadbirlar ishlab chiqish rejalashtirildi
Ushbu masala yuzasidan sinf ota-onalar qo’mita raisi ham fikr-mulohazalarini bildirib o’tdi.Bundan buyon maktab nufuzini oshirishda, umumta’lim maktablarida sifatli, zamonaviy innovatsion ta’limni shakllanishida beixtiyor ota-onalarning ham o’rni beqiyos ekanligi, farzand tarbiyasi uchun ota-ona mas’ul shaxs ekanliklari yana bir bor uqtitib o’tildi. O’quvchilarni ta’lim-tarbiya olishlarida maktab, mahalla va ota-onalarning hamkorligini yanada keng yo’lga qo’yilishi taklifi kiritib o’tildi.