O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI BAYMATOVA SADOQAT XASANOVNANING “Ona tili o‘qitish metodikasi” fanidan “Sinfdan tashqari o‘qish darslarida Shukur Sa’dulla ijodini o‘rganish” mavzusidagi kurs ishi TAQDIMOTI Mavzu: Sinfdan tashqari o’qish darslarida Shukur Sa`dulla ijodini o’rganish. - REJA:
- Kirish.
- Sinfdan tashqari o’qish darslari va ularning turlari.
- Shukur Sa`dulla hayoti va ijodi.
- Shukur Sa`dulla ijodida hayotiy voqealarning
- haqqoniy badiiy tasviri.
- Shukur Sa’dulla she’rlarining sinfdan tashqari o’qishdagi ahamiyati.
- Xulosa
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yхati
STO’ darslarining turlari.
Tayyorlov bosqichi. Bu 1-sinfning savod o’rgatish davriga tug’ri keladi.
Boshlang’ich bosqich. 1-sinfning 2—yarim yilligiga to’g’ri keladi
Asosiy bosqich 2-4 sinfga to’g’ri keladi
Shukur Sa’dulla (1912-1972). Shukur Sa’dulla 1912-yilning 15-yanvarida Jizzax shahrining Toshkentlik mahallasida xizmatchi oilasida tug’ildi. U 7 yoshga to’lganda mahalladagi eski maktabga boradi va u yerda tez savod chiqaradi, so’ngra yangi tashkil etilgan Narimonov nomli maktabda o’qishni davom ettiradi. 12 yoshida maktabni bitirgach, bilimini yanada oshirish maqsadida 1924-yilda Samarqand shahriga kelib, Pedagogika bilim yurtiga kiradi. Xuddi shu maskanda adabiyotga bir umr bog’lanadi, she’r mashqiga jiddiy beriladi. Shoir, dramaturg, nosir, tarjimon va noshir Shukur Sa’dulla shunday ijodkorlar toifasiga mansub. Shoirning 50-yillar bolalarini cheksiz quvonchlarga chulg’agan: “Yomg‘ir yog‘aloq” Yomg‘ir yog‘aloq Yam-yashil o‘tloq, Endi ekinlar Chiqarar quloq. “Tulki bilan g‘ozlar” Oydin, Lola g‘oz bo’ldi, O’yinimiz soz bo‘ldi, Bolta bir o’zi tulki, Turishi bo’ldi kulki. Jizzaxdagi Narimonov nomli maktabda o’qib yurganidayoq badiiy adabiyotga ishtiyoqi kuchli bo’lgan Shukur Sa’dulla o’z ijodini 30-yillardan boshlaydi. 1932-yilda bosmadan chiqqan «Hayqiriq» nomli ilk to’plami yosh shoirning kelajagiga umid va ishonch uyg’otadi. Shundan keyin ketma-ket «Uch ayiq», «Ayyor chumchuq», «Sen nima qilding?», «Shohista», «Dumsiz tulkilar» to’plamlari e’lon qilinadi.
Shoir she’rlari, asosan, kichik yoshdagi bolalarga mo’ljallangan bo’lib, hayotdagi voqea-hodisalar, narsa-buyumlar mohiyati, ko’rinishi va ahamiyati haqida muayyan tushuncha – bilim berishga qaratilgan. Bu jo’n tushuncha bo’lmay, kichkintoylarning hayot haqidagi qarashlariga, tasavvurlariga to’la-to’kis hamohangdir. Ayni paytda, o’sha qarash va tasavvurlarni to’ldirib, yanada boyitishga xizmat etadi.
Masalan, yuqoridagi tilga olganimiz «Yomg’ir yog’aloq» she’rining birinchi to’rtligida yomg’ir yoqqach, o’tloqlarning yam-yashil bo’lishi, ekinlarning quloq chiqarishi to’g’risida umumiy ma’lumot beriladi. Ikkinchi to’rtlikda esa yomg’ir yog’ishi bilan bog’liq manzara chiziladi. To’g’rirog’i, kitobxon diqqati tanish bo’lsa-da, unchalik e’tibor beravermaydigan manzaraga jalb qilinadi. Ya’ni yomg’ir suvlarining tarnovlardan oshib, shoshib tushib, ariqlarga quyilishi haqida gap ketadi. Ammo u oddiy ma’lumot emas. Tarnovlardan oshib, shoshib tushishi kichik kitobxon ruhiyatiga juda mos keladi. Shu bois, u kitobxonga ma’lumot berish bilan birga zavq ham bag’ishlaydi, fikr uyg’otadi.
Misralardagi hijolarning qisqaligi (har misra 5 bo’g’indan iborat) va to’q qofiyalarning (yog’aloq-o’tloq-quloq; oshib-shoshib-toshib va hokazo) qo’llanishi she’rning badiiy soddaligini, misralarning ovoz uzmay, bir zarb bilan o’qilishini ta’minlaydi.
«Shoir she’rlarining muvaffaqiyati shundaki, – deb yozgan edi, O’tkirRashid, – ular umumiylikdan, quruq ritorikadan uzoq bo’lgan syujetli va voqeaband she’rlardir. Ma’lumki, voqeabandlik, ayniqsa, bolalar asari uchun muhim ahamiyatga ega. Bunday she’r bolani zeriktirmaydi. U xuddi hikoya yoki ertak kabi bola ongiga, xotirasiga oson singadi».
Kezi kelganda, shoirning «Tulki bilan g’ozlar», «Mitti», «Uloqcha», «Bola bilan to’rg’ay», «Chuchvara qaynaydi», «To’rt fasl» kabi she’rlariga tarbiyaviy ruhni nihoyatda ustalik bilan singdirgani holda «Ozoda», «Mening ayam»,
«Dastyor qiz» singari ayrim asarlarida quruq pand-nasihat darajasiga tushirib, qo’yganini ham ta’kidlash zarur. «Ozodaliging uchun rahmat» deb olqishlash yoki
«to’g’ri o’tir», «to’g’ri yur» qabilida dakki berish adabiyotning vazifasiga kirmaydi
Shukur Sa’dulla ko’p qirrali ijodkor edi. Jahon va rus adabiyotining namoyandalaridan G.X.Andersenning qator ertaklari, A.Pushkin, S.Marshak, S.Mixalkov, K.Chukovskiyning she’r va ertaklari, L.Tolstoy, B.Jitkov,
V.Oseyevalarning qissa va hikoyalari Shukur Sa’dulla tarjimasida o’qib kelinmoqda.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |