5. Har kuni mashqlar bajaring.
Eng katta xato – bu mashqlarni yoqimsiz va qiynoqli mashhulot sifatida qabul qilish. Siz keyingi kuni to‘shakdan turolmay qoladigan darajada jismoniy faoliyat bilan shug‘ullanishingiz shart emas. Eng oddiy mashqlarni me'yorda bajaring: o‘tirib turish, siqish, cho‘zilish. Asosiy narsa esa har kunibajaring. Misol uchun, birinchi kuni yuguring, ikkinchi kuni – tennis o‘ynang, uchinchi kuni – yoga bilan shug‘ullaning. Mashg‘ulotlarni majburiyat sifatida emas xobbi sifatida qabul qiling. Va bir necha hafta o‘tgach, jismoniy mashqlarga nisbatan munosabatingiz yaxshi tarafga o‘zgaradi.
6. Zararli ovqatlar o‘rniga o‘zingiz yaxshi ko‘rgan sabzavotlar va mevalarni iste'mol qiling.
Ha, siz bu maslahat xaqida ming marta eshitgansiz, va u umuman original emas, lekin baribir bu judayam muhim. Oziq-ovqat tanangizga yordam berishi mumkin yoki zarar keltirishi mumkin. Agar siz chips o‘rniga meva yeyishga ko‘niksangiz buning farqini bilasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |