Baxtiyor mengliyev



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/227
Sana31.10.2020
Hajmi1,62 Mb.
#50920
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   227
Bog'liq
B.Mengliyev-Hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Mantiqiy mushohada uchun 
1. Til  tafakkurni  shakllantiradi  degan  hukmni  qanday 
tushunasiz? 
2.Til tafakkurni  qay  tarzda  shakllantirishini  izohlashga  harakat 
qiling. 
3.Tilning akkumulyativ vazifasi deganda nimalarni tushunasiz? 
 
“Lison”  tushunchasi  haqida  ma’lumot.  Lison  –  ma’lum  bir 
til  jamiyatning  barcha  a’zolari  uchun  ajdodlar  tomonidan  tayyor 
holga keltirib qo‘yilgan, umumiy va majburiy, fikrni shakllantirish, 
ifodalash,  uzatish  va  boshqa  maqsadlar  uchun  xizmat  qiladigan 
vosita  (birlik)lar  hamda  ularning  o‘zaro  birikish  qonuniyatlarining 
ongdagi  sistemasi.  Ajdodlar  tomonidan  bizga  tegishli  fonemalar, 
leksemalar,  iboralar,  morfemalar  hamda  ularning  o‘zaro  birikish 
qoidalari  qoldirilgan.  Ular  bizning  ongimizda  nutqda  qo‘llanish 
uchun  shay  holatda  turadi.  Lisonga  xos  birliklar  lisoniy  birlik 
deyiladi. Lison va nutq tilshunoslikda sath atamasi bilan yuritiladi. 
Demak, til lisoniy va nutqiy sathlardan iborat.  
Har  qanday  lisoniy  birlik  virtual  xususiyatga,  ya’ni  ongda 
mavjudlik  tabiatiga  ega.  Shu  bilan  birga,  ular  quyidagi  ikki 
tomonning bir butunligidan iborat: 
a) shakliy jihat; 
b) mazmuniy jihat. 
Lisoniy  birlik  mazmunan  UMIS  sifatida  mavjud  ekan,  u 
moddiylikdan  xoli  bo‘lmog‘i  lozim.  Bunda  “lisoniy  birlikning 
shakliy  jihati”  moddiylikka  ishora  qilmaydimi,  degan  savol 
tug‘ilishi  tabiiy.  To‘g‘ri,  lisoniy  birlik  moddiylikdan  xoli.  Biroq 
ular  ongda  qandaydir  ramz  sifatida  saqlanadi.  Masalan,  [a
fonemasining  talaffuz  xususiyati  haqida  umumlashma  tasavvur 
o‘zbek tilida so‘zlashuvchi barcha jamiyat a’zolari ongida mavjud. 
Bu  [a]  fonemasining  shakli,  tashqi  tomoni  hisoblanadi,  uning 
ma’no  farqlash  tomoni  ichki,  mazmuniy  jihati  sanaladi.  [a
24


fonemasi  ana  shu  nisbiy  shakl  hamda  mazmunning  yaxlitligi 
sifatida ongda mavjud. 
Har qanday lisoniy birlik (UMIS) ongda ma’lum bir mavjudlik 
sifatida yashaydi. Mavjudlik shaklsiz bo‘lmaydi.  
Har  bir  fonemaning  ma’no  farqlash  (mazmuniy)  va  talaffuz 
(shakliy)  xususiyatlarining  ongdagi  umumlashmasi  o‘ziga  xos, 
biriniki ikkinchisinikidan farqlanadi.  
Lisoniy  birliklarning  tashqi  va  ichki  tomonini  bir-biridan 
ajratish  mumkin  emas.  Ular  et  bilan  tirnoq  kabi  yaxlit  bo‘lganligi 
sababli  “dialektik  birlikda”  deyiladi.  Boshqacha  aytganda,  lisoniy 
birlikdagi  ichki  va  tashqi  jihatlar  bir  varaqning  ikki  tomoniga 
o‘xshaydi, ularni ajratish mumkin emas.  
 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish