Baxtiyor mengliyev


Meva: olma – o‘rik – shaftoli – behi.   Daraxt



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/227
Sana31.10.2020
Hajmi1,62 Mb.
#50920
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   227
Bog'liq
B.Mengliyev-Hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Meva: olma – o‘rik – shaftoli – behi.  
Daraxt: olma – o‘rik – shaftoli – behi. 
Daraxt  giperonimi  tur  tushunchasini  ifodalovchi  leksema 
sifatida, birinchi navbatda, shu turning jinsini bildiruvchi so‘z bilan 
bog‘lanadi.  Daraxt  leksemasi  uning  jinsi  nomi  o‘rnida  qo‘llanishi 
ham  mumkin.  Lekin  giperonim  giponim  o‘rnida  qo‘llanganda 
uning mohiyatini yorqin ifodalay olmaydi. Shu boisdan o‘z oldidan 
giponimni  aniqlovchi  sifatida  qabul  qiladi:  o‘rik  daraxti,  shaftoli 
daraxti kabi. 
Giponim  leksemaning  sememasi  giponim  leksemalar  uchun 
birlashtiruvchi  sema  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Masalan,  daraxt 
giperonim  leksemasining  sememasi  “tanasidan  shoxlanuvchi 
o‘simlik”  bo‘lib,  “qizil,  yashil  yoki  sariq  rangli  yong‘oqdan 
piyolagacha  bo‘lgan  hajmdagi  sersuv  meva  beruvchi  daraxt” 
sememasiga  ega  olma  leksemasining  “daraxt”  semasi  –  daraxt 
giperonim leksemasi semasining sememalashgan ko‘rinishi. 
Giperonimning  ma’nosi  giponim  leksemanikiga  nisbatan 
kengroq  va  “xiraroq”  (noaniqroq),  giponim  leksemaning  ma’nosi 
esa  giperonimnikiga  nisbatan  torroq  va  “yorqinroq”.  Shu  boisdan, 
aytish  mumkinki,  giperonimning  ma’noviy  mohiyati  barcha 
giponimining ma’noviy mohiyati yig‘indisiga teng. 
Aytilganidek,  daraxt  mevali  va  mevasiz  daraxtga  bo‘linadi. 
Demak,  borliqdagi  bu  bo‘linish  giponimiya  hodisasi  sifatida  tilda 
ham aks etadi. Lekin daraxtning mevali va mevasiz turini ataydigan 
alohida  leksema  o‘zbek  tilida  yo‘q.  Demak,  giponimning  o‘rni 
bo‘sh  bo‘lib,  ular  leksik  lakuna  (bo‘shliq)  hosil  qiladi.  Leksik 
lakunani  turli  nutqiy  nominativ  birlik  to‘ldiraverishi  mumkin 
(Masalan: mevali daraxt va mevasiz daraxt so‘z birikmalari). 
Har  bir  gipo-giperonimik  qator  cheklanmagan  miqdorda 
lug‘aviy  lakunaga  ega  bo‘ladi.  Bu  bo‘shliq  ayni  bir  turning  turli 
belgisi  bilan  cheklanmagan  miqdorda  to‘lib  borish  imkoniyatiga 
ega.  Masalan,  10  ta  uzum  nomini  biluvchi  odam  uchun  o‘zbek 
tilidagi  600  ta  uzum  navi  nomining  590  tasi  lug‘aviy  lakuna 
174


hisoblanadi.  Demak,  lakunalar  ijtimoiy  ham  (“mevali  daraxt”  va 
“mevasiz daraxt” tushunchasini ifodalovchi leksemalar), individual 
ham  (mavjud  leksemani  ma’lum  bir  kishining  bilmasligi)  bo‘lishi 
mumkin. 
 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish