Mustaqil o‘zlashtirish uchun
Borliq tilda qanday aks etadi?
Professor dars paytida talabalarga shunday savol berdi: “Barcha
mavjudot Xudo tomonidan yaratilganmi?” Bir talaba dadil turib
javob qildi: “Albatta, Xudo tomonidan yaratilgan.” “Xudo hamma
narsani yaratganmi?” – deb so‘radi yana professor. “Xuddi
shunday, janob”, – javob berdi talaba. Professor yana so‘radi:
136
“Agar Xudo hamma narsani yaratgan bo‘lsa, demak, Xudo
yomonlikni ham yaratgan ekan-da? Agar Xudo bor bo‘lsa, va, “biz
qanday bo‘lsak, qilmishlarimiz ham shunga yarasha bo‘ladi” degan
tamoyiliga ko‘ra, Xudo yomon ekan-da?” Talaba bu gaplarni
eshitib jim bo‘lib qoldi. Professor talabalarga, “Xudoga ishonish
bir afsona ekanini yana bir bor isbotladim”, degandek g‘urur ila
boqdi.
Boshqa bir talaba qo‘l ko‘tarib, so‘radi: “Savol bersam
maylimi, professor?” “Albatta”, – javob berdi professor. Talaba
o‘rnidan turib, so‘radi: “Sovuqlik mavjudmi?” “Nima deganing bu?
Albatta, mavjud. Nima, sen hech qachon sovqotmaganmisan?”
Talabalar uning savoliga kulishdi. Yigit javob qildi: “Aslida,
sovuqlik mavjud emas. Fizika qonunlariga binoan, biz sovuqlik deb
ataydigan narsa, aslida issiqlikning yo‘qligidir. Mutlaq nol
issiqlikning umuman yo‘qligi demakdir. Bunday haroratda butun
modda inert bo‘lib qoladi. Xullas, sovuqlik mavjud emas. Biz bu
so‘zni, issiqlik yo‘q holatni ta’riflash uchun o‘ylab topganmiz.”
Talaba davom etdi: “Professor, qorong‘ilik mavjudmi?” “Albatta,
mavjud.” “Siz yana nohaqsiz, janob. Qorong‘ilik ham mavjud
emas. Qorong‘ilik aslida yorug‘likning yo‘qligidir. Yorug‘likni
o‘rganishimiz mumkin, ammo qorong‘ilikni o‘rgana olmaymiz. Oq
nurni turli ranglarga ajratib, har bir rang to‘lqinining har xil
uzunliklarini o‘rganish uchun Nyuton prizmasidan foydalanishimiz
mumkin. Biroq siz qorong‘ilikni o‘lchay olmaysiz. Oddiy yorug‘lik
nuri qorong‘ilikni teshib kirib, uni yoritishi mumkin. Qorong‘ilik
esa
yorug‘likni
to‘sa
olmaydi.
Biron-bir
makondagi
qorong‘ilikning miqdorini ayta olasizmi? Yo‘q, ayta olmaysiz.
Chunki qorong‘ilikning o‘lchov birligi yo‘q. Yorug‘likning
miqdorini esa o‘lchay olasiz. Shunday emasmi? Qorong‘ilik –
yorug‘lik yo‘qligida nima sodir bo‘lishini ta’riflash uchun inson
ishlatadigan tushuncha.” Nihoyat talaba professordan so‘radi:
“Janob, yomonlik mavjudmi?” Bu safar, professor ishonchsizlik
bilan javob berdi: “Menimcha, mavjud. Hali aytganimdek, biz uni
har kuni ko‘ramiz: insonlar o‘rtasidagi shafqatsizlik, butun dunyo
bo‘ylab sodir etilayotgan ko‘plab jinoyatlar. Bu misollar
yomonlikning namoyon bo‘lishidan boshqa narsa emas-ku!” Bunga
137
talaba quyidagicha javob qildi: “Yomonlik ham mavjud emas,
janob. U ham qorong‘ilikka va sovuqqa o‘xshaydi. Yomonlik – bu
yaxshilik yo‘qligini ta’riflash uchun inson o‘ylab topgan so‘z.
Yomonlik yorug‘lik va issiqlik kabi mavjud emas. Yomonlik
insonning yuragida Xudoga bo‘lgan muhabbatning yo‘qligi
natijasidir. Yomonlik xuddi sovuqlikka o‘xshaydi – issiqlik
bo‘lmaganida keladi, yoki qorong‘ilikka o‘xshaydi – yorug‘lik
bo‘lmaganida mavjud bo‘ladi.” Professor o‘tirdi. U mag‘lub
bo‘lgandi.
Bu yosh talaba Albert Eynshteyn edi
11
.
Do'stlaringiz bilan baham: |