Soddalashgan leksema.
Soddalashgan leksemada yasama
so‘zlar lisoniylashuvining yanada yuqoriroq bosqichini ko‘ramiz.
Soddalashish ma’lum bir so‘z yasash qolipining hosilasida o‘zak va
qo‘shimchaning
o‘zaro
birikib
ajralmas
holga
kelishi,
so‘zshakldagi grammatik vositaning qotib qolishi natijasida yangi
ma’no ifodalashidir. O‘zbek tilidagi
oldin
,
keyin
,
tashqari
,
ichkari
,
yuqori
kabi yuzlab so‘z soddalashgan yasama so‘z – leksema. So‘z
birikmalarining sintaktik qolipdan uzilish holati sifatida
boshning
og‘rigi –
boshog‘riq
, belning bog‘i –
belbog‘
misollarini
ko‘rsatish mumkin.
E’tibor qilinsa, ixtisoslashish faqat ma’no tomondan bo‘lsa,
soddalashish ham ma’no, ham shaklga tegishli hodisadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |