O‘zMMSI dosenti, O‘zbekiston Respublikada xizmat ko‘rstgan artist, “Madaniyat va
san’at fidokori” ko‘krak nishoni sovrindori Otaxon Matyoqubov va shogirdi O‘zMMSI o‘qituvchisi, Shuhrat medali sohibi Rasulbek Abdurahmonov
Uning ayni vaqtda o‘z ijodiga mansub “Oqqan daryo oqar begumon”, “Shahidlar maskani” deyilgan vatanni madh etuvchi dostonlari shogitrlari Rasulbek Abduraxmonov, Azamat Yusupov, Marg‘uba Vaxobovalar tomonidan ijro qilinib kelinmoqda.
Hozirgi kunda Yunus Rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa san’ati instituti dostonchilik kafedrasi dotsenti lavozimida yosh baxshilarga o‘z bilimlarini o‘rgatmoqda. U o‘z ishiga sadoqat bilan yondashadigan mohir dostonchi, fidoiy, jonkuyar inson, oilaparvar, mehribon ustoz, xassos san’atkor, o‘nlab dostonlar ijrochisi, ijodkor murabbiy va targ‘ibotchilik faoliyati bilan respublikamiz jamoatchiligi orasida hurmat va e’tibor qozongan.
Hozirda Otaxon aka 90 yoshdan oshgan oilali, ikki o‘g‘il, bir qiz, o‘n nafar nevara va besh nafar chevaraning tabarruk bobosi.
Quyida Otaxon baxshi Matyoqubovning doston ijrochiligiga qisqacha ta‘rif berib o‘tamiz.
1. Otaxon baxshi barcha Xorazm baxshilari va ustozlari kabi dostonlardagi sh’eriy parchalarni ichki sulligi-bo‘g‘iz tovushi bilan emas, ochiq ovozda kuylaydi.
2. Otaxon baxshining repertuaridagi dostonlar ayrim tomonlari bilan yozma adabiyotga ancha yaqin bo‘lib, hajm jihatdan kichik va ularning mazmuni muayyan muntazamlikka ega.
3. Musiqiylik va she’riy matnlarning qat’iy qonun-qoidalarga asoslanishi va ularning maxsus kuy-nomalarini mukammal biluvchi baxshi sifatida Otaxon baxshi o‘zining orginal ijodi ya’ni, kuy-qo‘shiq yaratuvchi bastakorligini ham namoyish etadi.
4. Xorazm dostonlarida qahramonlarning his – tuyg‘ulari, ichki kechinmalari asosiy she’riy parchalar orqali, ularning hatti-harakatlari, yurish-turishlari, tevarak atrofdagi voqealar nasriy tarzda ifoda etiladi.
5. Otaxon baxshining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri, u dostonlarning nasr va nazmiy matnini o‘zbek adabiy tilga yaqinlashtirib ijro qiladi. Bu uning umrini asosiy ijodiy davri poytaxt Toshkentda o‘tayotganligining hosilasidir.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ustoz Otaxon baxshi Matyoqubovning bosib o‘tgan hayot yo‘li, ijodiy faoliyati, doston ijrochiligidagi mehnat va zaxmatlari biz shogirdlar uchun hayot maktabini o‘taydi. Ularning xar bir o‘gitlari, pand-nasixatlari hayot yo‘lida qoqilmaslikka, o‘z intilish va maqsadlar sari olg‘a qadam tashlashga undaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Do'stlaringiz bilan baham: |