70
2. Chang zarrachalari bilan birga suv tomchilari va tumanlarni ushlab qolish.
3. Changli havo tarkibidaga chang zarrachalarni suyuqlikka shimdirish (absorbsiyalash).
Ammo changli havo yoki gazlarni yuvuvchi qurilmalar kamchiliklardan holi emas:
1. Changli havoni yuvuvchi qurilmalarida chang zarrachalari yopishib qoladi.
2. Changli havoni, ayiiqsa tajovuzkor (agressiv) gazlarni tozalash uchun, tozalash
qurilmalarni korroziya (yemirilish)dan himoya qilish talab qilinadi.
3. Suyuqlik (odatda suv)ning changli havoni yuvishdagi sarfi ancha kattadir.
4. Changli havo yoki gazlarni yuvuvchi qurilmalarni past (0° S dan kichik) haroratlarda
ishlatib bo’lmaydi, chunki suv muzlab qoladi.
5. Yuqori tezlik bilan ishlaydigan tozalash qurilmalarida ko’shimcha tomchi
ushlagichlar (tuman ushlagichlar)ni o’rnatish talab qilinadi.
Ma’lumki, ishlab chiqarish korxonalarida materiallarni yanchish, aralashtirish, uzatish
va quritish jarayonida zarrachalarining o’lchami 3-70 mkm atrofida bo’lgan
changlar paydo
bo’ladi. Yoqilg’ilarni yoqish paytida tutunlar, bug’larni kondensasiyalashda esa, tumanlar
paydo bo’ladi. Tutun va tumanlar tarkibidagi qattiq va suyuq zarrachalarning o’lchami 0,3-5,0
mkm atrofida bo’lishi mumkin.
Sanoat korxonalarida havo yoki gazlarni boshqa aralashmalardan
tozalash uchun
quyidagi usullardan foydalaniladi:
1.
Og’irlik kuchi ta’sirida changni cho’ktirish.
2.
Markazdan qochma kuchlar ta’sirida changni cho’ktirish.
3.
Elektr kuchlari ta’sirida (maydonida) changni cho’ktirish.
4.
Changli havoni filtrlash.
5.
Changli havo yoki gazlarni yuvish yo’li bilan tozalash.
Havo yoki gazlarni boshqa aralashmalardan tozalash uchun bir qator tozalash
qurilmalari ishlatiladi: chang cho’ktirish kameralari, siklonlar, skrubberlar (shu
jumladan,
Venturi skrubberi), uyurmali chang ushlagichlar, rotasion qurilmalar, qattiq materiallardan
tayyorlangan
filtrlar, elektr filtrlari va hokazolar.
Havo yoki gazlar 3 asosiy maqsadlarda tozalanadi:
1.
Atrof-muhit havosining ifloslanishini kamaytirish, ya’ni havo tarkibidagi changning
miqdorini uning ruxsat etilgan chegaraviy konsentrasiya (RECHK)sidan oshib ketmasligini
ta’minlash uchun.
2.
Havo yoki gaz tarkibidan qimmatbaho mahsulotlarni ajratib olish uchun.
3.
Texnologik jarayonlarga salbiy ta’sir etuvchi va asbob-uskunalar
hamda qurilmalarning
buzilishini tezlashtiruvchi moddalarni havo aralashmalari tarkibidan ajratib olish uchun.
Shuni yodda tutish kerakki, havo yoki gaz tolzalangan hisoblanadi, agar havo
tarkibidagi changning miqdori uning RECHKsini 30%ni tashkil etsa.
Aks holda havo toza
hisoblanmaydi. Masalan, havo tarkibida uglerod oksidi (SO) ning havodagi RECHKsi 5 mg/m
3
ga tengdir.
Yuqoridagi ta’rifga asosan proporsiya tuzamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: