2.Boshqarish
Bu bosqichda men jamoamni to’laqonli boshqarish rejimining rejasi va strukturasini tuzib chiqishim kerak bo’ladi.
Avvalo, biz boshlanishiga o’zimiz uchun ijaraga offis olishimiz kerak;
Offisimizni jihozlashimiz lozim va har bir xodimlar uchun xonalarni bo’lib berishim kerak;
Xodimlarimning qat’iy jadval asosida ishlashini va berilgan vazifalarni a’lo darajada bajarishini nazorat qilib borishim lozim;
Hamkorlar bilan uchrashuvlarni va tadbirlarda qatnashishlarni rejalashtirish;
Kadrlar masalasi yuzasidan yosh istedot egalari bilan shaxsan o’zim suhbat o’tkazishim kerak bo’ladi.(albatta, kelajakda jamoam kattarib, loyihalarim yutuqqa erishsa va kompaniyaga aylansak);
Har bir yangi loyihaning sinov ishlarida va mavjud loyihalarning yabgi versiyalarining taqdimotida shaxsan o’zimning ishtirok etishim lozim;
Yuqoridagilar mening boshqarish uslubim.
3.Loyihalash
Mening dasturiy loyiham web-sahifada har xil o’yinlarni yaratish. Shulardan biri bu – “DENGIZ JANGI’’ o’yini. Bu o’yinning mobil qurulmalarda juda ko’pchilik o’ynagan. Biz bu o’yinning web-sahifadagi versiyasini ishlab chiqamiz. Bizda bu o’yinnin loyihalashda bir qancha ustunlik tarafimiz mavjud. Bular:
Birinchidan, bizni bu o’yinimiz web-saytda joylashganligi bois, foydalanuvchilarimiz har qanday internetga kira oladigan qurulma bilan o’ynash imkoniga ega bo’ladilar. O’yinni har xil mobil yoki kompyuter qurulmalarning kuchiga ummuman ahamiyat bermagan holda o’ynash imkoni mavjud;
Ikkinchidan, bizning web-saytdagi o’yinnlarimizning interfeysi va dizaynida turfa xillik va rang-baranglik imkoniyati juda keng. Chunki biz xohlagan paytimizda o’yinning faol maydonini o’zgartira olishimiz mumkin;
Endi “DENGIZ JANGI” o’yinimizni loyihalash bosqichlarini tuzib chiqamiz:
Dizaynerla o’yin g’oyachisi va maslahatchi bilan birgalikda o’yinning interfeysini ishlab chiqadi. “DENGIZ JANGI” o’yini uchun to’g’ri keladigan interfeys maydonlariga misol:
O’yinning mayda detallarini tashkil etadigan ikonkachalarni yaratish. Misol uchun kemachalar va xato nishonni anglatadigan ikonkachalarni ishlab chiqish. Ularga misollar:
Yuqoridagi maydonlardan va ikonkalardan eng maqulini tanlab olamiz;
Endigi ishlar dasturchilar guruhi bilan birgalikda qilinadi. Dasturchilaga o’yinning interfeysini yasash va o’yinning logikasini qurish vazifasi yuklatiladi.
4.Kodlash
Kodlash ishlari dasturchilar tomonidan amalga oshiriladi. Web-sayt yaratishda va bizni o’yinimizni kodlarini yozishda 3 ta tilda kod yoziladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |