Elektr uzatgichlar va aloqa liniyalarini havodan tortish.
Elektr uzatgichlar va aloqa liniyalarini havodan tortish.
Elektr uzatgichlar va aloqa liniyalarini havodan tortish.
. Elektr uzatkich tarmoqlari yer ostidan yoki ustidan o‘tuvchi bo‘lishi mumkin. Yer osti tarmoqlari qimmatbaho hisoblanib, aholi yashash punktlarida qo‘llaniladi. YUqori kuchlanishli elektr tokini uzoq masofalarga uzatishda yer ustidan o‘tuvchi tarmoqlardan foydalaniladi. Tayanchlar, sim, izolyatorlar yer ustidan o‘tuvchi tarmoqlarning asosiy elementlari hisoblanadi. Tayanchlar ankerli va oraliq turlarga bo‘linadi. Sim tortilishidagi barcha kuchni o‘ziga oluvchi tayanch, ankerli hisoblanadi. Ular orasiga, simni faqat ko‘tarib turish uchun oraliq tayanchlar o‘rnatiladi.
Ikkita tayanch orasidagi masofa, esa 5-7 kmga teng qilib qabul qilinadi.
110 – 150 kVt kuchlanishli tarmoqlar uchun 200 – 300 m;
220 – 500 kVt kuchlanishli tarmoqlar uchun 300 – 400 m;
750 kVt kuchlanishda 340 – 450 m.
Ankerli tayanch orasidagi masofa kuchlanishga bog‘liq ravishda quyidagicha belgilanadi:
Elektr uzatgich tarmoqlarini qidiruv ishlari bosqichida, uning eng pastki nuqtasi bilan yer yuzasi yoki inshootgacha bo‘lgan oraliq masofaga ahamiyat beriladi. 220 – 500 kVt kuchlanishli tarmoqlar uchun bu masofaning yo‘l qo‘yarli qiymati quyidagicha bo‘lishi mumkin:
a) aholi yashash joylarida 7 – 8 m;
b) borish qiyin bo‘lgan joylarda 6 – 7 m. 750 kVt bo‘lgan tarmoqlar uchun 12 – 10 m.
O‘zaro parallel joylashgan yuqori kuchlanishli tarmoqlar orasidagi masofa, shu tarmoqlar tayanchi balandligidan kichik bo‘lmasligi kerak. 500 – 750 kVt kuchlanishli tarmoqlar uchun bu masofa 50 – 100 m dan kichik bo‘lmasligi talab etiladi.
Yuqori kuchlanishli tarmoqlar temir yo‘llar bilan kesishgan yoki unga yaqinlashgan holatlarda, tayanch asosidan yo‘l o‘qigacha bo‘lgan masofa tayanch balandligidan 1,5 baravar katta bo‘lishi kerak. Avtomobil yo‘llari bilan kesishgan holda esa bu masofa shu tarmoq tayanchi balandligidan kichik bo‘lmasligi talab etiladi.
Elektr o‘tkazgichtarmog‘iyo‘nalishinitanlash. Yer ustidan o‘tkazilgan tarmoq trassasi joyning topografik, injenyer – geologik va gidrometrik sharoitlarini hisobga olgan holda tanlanadi. Odatda gidrotexnik, issiqlik va atom elektrstansiyalari elektr o‘tkazgich tarmog‘ining boshlang‘ich punkti, yirik sanoat majmuasi esa o b) borish qiyin bo‘lgan joylarda 6 – 7 m. 750 kVt bo‘lgan tarmoqlar uchun 12 – 10 m.
O‘zaro parallel joylashgan yuqori kuchlanishli tarmoqlar orasidagi masofa, shu tarmoqlar tayanchi balandligidan kichik bo‘lmasligi kerak. 500 – 750 kVt kuchlanishli tarmoqlar uchun bu masofa 50 – 100 m dan kichik bo‘lmasligi talab etiladi.
Yuqori kuchlanishli tarmoqlar temir yo‘llar bilan kesishgan yoki unga yaqinlashgan holatlarda, tayanch asosidan yo‘l o‘qigacha bo‘lgan masofa tayanch balandligidan 1,5 baravar katta bo‘lishi kerak.
Avtomobil yo‘llari bilan kesishgan holda esa bu masofa shu tarmoq tayanchi balandligidan kichik bo‘lmasligi talab etiladi.xirgi punkti hisoblanadi. Bu punktlar oralig‘ida elektr uzatgich tarmog‘i trassasi imkon boricha qisqa masofada, qulay topografik va injenyer – geologik sharoitga ega bo‘lgan joylardan o‘tishi kerak. Lekin, shu bilan birga yer va suv qonunchiligi asoslari talablarini e’tiborga olish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Elektr uzatgich tarmog‘i trassasi aerodrom, aholi yashash punktlarini, sanoat korxonalari, zapovedniklar, kurort maydonlaridan aylantirib o‘tkaziladi. Trassa qanchalik kam suv xavzalari, injenerlik inshootlarini kesib o‘tsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Daryo bo‘ylab trassa o‘tkazilganda, tanyachlarni iloji boricha suv qoplamaydigan joylarga o‘rnatishga xarakat qilinadi. Tog‘li joylarda esa tayanchlar mustahkam qoyalarga o‘rnatiladi, bu bilan shamol va muzlash ta’siri kamaytiriladi. Trassaning bir necha varianti yirik masshtabli topografik kartada loyihalanadi va eng qulay hisoblangan varianti tanlab olinadi.
Plan olish asosi sifatida taxeometrik yo‘ldan foydalaniladi. Taxeometrik yo‘l o‘tkazishda masofa va nisbiy balandliklar to‘g‘ri va teskari yo‘nalishlarda o‘lchanadi. Ba’zi hollarda avval tomonlari 500 – 1000 m ga teng bo‘lgan asosiy yo‘l o‘tkaziladi. Tomon o‘lchash nisbiy xatoligi 1/500. Plan olish yo‘llari asosiy yo‘lga tayanadi. Trassa bo‘ylab yo‘llarni planli – balandlik bog‘lash 15 – 20 km oraliqda amalga oshiriladi.
Ishchi plan va trassa tarmog‘i profili tayanch markazlarini rejalash loyihasining asosiy hujjati hisoblanadi. Tanyachlarni rejalash, piketlash qiymatlari bo‘yicha yaqin joydagi mahkamlangan nuqtadan teodolit yordamida amalga oshiriladi. Tayanchlar noqulay joylarga to‘g‘ri kelib qolgan holatda, uni tarmoq o‘qi bo‘ylab 3 m gacha siljitish mumkin. Yer ostidan o‘tuvchi tarmoqni ijroiy planga tushirishda tayanchlar orasidagi masofalar va ularning tikligi o‘lchanadi.
Quvur o‘tkazgichlar tarkibi. Neft, gaz va neft mahsulotarini uzoq masofalarga tashish uchun mo‘ljallangan inshootlarga magistral quvuro‘tkazgichlar deyiladi. Ular tarkibiga quyidagilar kiradi:
1) konlardan tortib oluvchi quvuro‘tkazgichlar;
2) nasos stansiyadan tarkib topgan bosh inshootlar;
3) trassa bo‘ylab 80 – 100 km oraliqlarda joylashgan oraliq stansiyalar;
4) 500 – 1420 mm diametrli quvuro‘tkazichlardan iborat bo‘lgan chiziqli inshootlar.
Foydalanishga qulay bo‘lishi uchun quvuro‘tkazgich trassasi bo‘ylab telefon tarmog‘i va tuproq yo‘l o‘tkaziladi.
Loyihalashga bo‘lgantalablar. Magistral quvuro‘tkazgichlar 0,8 m dan kam bo‘magan chuqurlikda, suv to‘sig‘idan kesib o‘tganda suv tagidan 0,5 m chuqurlikda erga ko‘miladi. Kichik diametrli quvuro‘tkazgichlar nishabligi joy relefiga parallel holda loyihalanadi. Bo‘ylama profil nishab masofa bo‘ylab tuziladi. Trassa plani esa masofaning gorizontal qo‘yilishi bo‘yicha tuziladi. Katta diametrli quvuro‘tkazgichlar planda va profilda hisob bo‘yicha loyihalanadi. Shuning uchun bu erda piketlarni rejalash chiziqni gorizontal qo‘yilishi bo‘yicha olib boriladi. Murakkab sharoitlarda (doimiy muz bilan qoplangan, botqoqli, tog‘li, o‘piriladigan joylar) magistral quvuro‘tkazgichlar yer ostidan o‘tkaziladi.
Texnikaviy loyiha tuzish uchun bajariladigan qidiruv ishlari. Bosh inshoot maydoni quvuro‘tkazgichning boshlang‘ich punkti, zavod, baza yoki tarqatish maydonchasi esa oxirgi punkt hisoblanadi. Mana shu punktlar oralig‘ida barcha texnikaviy shatrlarga javob beradigan va kam xarajat talab qiladigan quvuro‘tkazgich trassasi tanlanadi. Trassa variantlari eng qisqa yo‘nalishni tanlagan holda topografik kartada belgilanadi. Imkoniyat boricha trassa qurilishida foydalanish maqsadida ular temir va avtomobil yo‘llariga yaqinroq loyihalanadi. Tanlangan trassa yo‘nalishi bo‘ylab 1:10000, 1:12000 masshtabda samolyotdan plan olish bajariladi. Joyda geodezik asos barpo etiladi va aerosuratlarni geodezik bog‘lash amalga oshiriladi. Trassani aholi yashash punktlariga 200 – 300 m dan yaqin o‘tishga ruxsat etilmaydi. Shu bilan birga neft o‘tkazgichlar aholi yashash punktlaridan past otmetkadan, gaz o‘tkazgichlar baland otmetkadan o‘tkaziladi.
Quvuro‘tkazgichlarnitrassalash. Ishchi chizmalarni tuzish uchun quvuro‘tkazgichlarni trassalash amalga oshiriladi. Bunda burilish burchaklari o‘lchanadi va mahkamlanadi, piketajlar rejalanadi va nivelirlanadi, kesishish va o‘tish joylari planga tushiriladi. Ishni qidiruv guruhi bajaradi. Uning tarkibiga geodezist, geolog, qazuvchi master, hamda ishchilar kiritiladi. Trassa bo‘ylab 2 – 3 km da reperlar o‘rnatiladi. Trassa 50 km oraliqda geodezik punktlarga bog‘lab boriladi.