Batafsil bayon etilgan


Farvardin moh.                 7. Mehrmoh



Download 1,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/189
Sana30.12.2021
Hajmi1,65 Mb.
#98205
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   189
Bog'liq
xronologiya va metorologiy

1. Farvardin moh.                 7. Mehrmoh.             
2. Urdibihisbt moh.               8. Ohon moh. 
3. Xurdod moh.                     9. Ozar moh. 
4. Tirmoh.                             10.Day moh. 
5. Murdod moh.                   11.Baxman moh. 
6. Shahrivar moh.                12.Isfandor moh. 
Oyda 30 kunning maxsus nomi ham bo‘lgan. Ular quyidagilar: 


 
30 
1. Xurmuz. 
16. Mehr. 
2. Bahman. 
17. Sarush. 
3.Urdubehisht. 
18. Rashn. 
4. Shahrivar. 
19.Farvardin. 
5.Isfandarmaz. 
20. Bahrom. 
6. Xurdod. 
21. Rom. 
7. Murdod. 
22. Bod. 
8. Dayba ozar. 
23.Dayba din. 
9. Ozar. 
24. Din. 
10. Obon. 
25. Ard. 
11. Xur. 
26. Ashtoz. 
12. Moh. 
27. Asmon. 
13. Tir. 
28. Zomyoz. 
14. Jo'sh. 
29.Morasfand 
15.Daybamehr. 
30. Aniron. 
 
Qo'shimcha  besh  kun  o'n  ikkinchi  oy  isfandarmoh  oxiriga  qo'shiladi.  Abu  Rayhon 
Beruniyning  yozishicha.  bu  besh  kun  qadimgi  Eroncha  «panji»  yoki  «andargoh»  deb  atalgan. 
Keyinchalik mazkur so'z arablashtirilib  «andarjoh» deyilgan. Beruniy  «andarjoh» kunlar doimo 
12-oy  oxiriga  yoki  boshqa  oylar  oxiriga  qo'shilmay,  ba'zan  sakkizinchi  (obon  moh)  va 
to'qqizinchi (ozar moh) oylari o'rtasiga qo'yilganligini ta'kidlagan. Yangi yil  - farvardin oyining 
birinchi  kuni  bahorgi  tengkunlik  (21-mart)da  boshlanadi.  Yazdigird  kalendarida  har  to'rt  yilda 
yig'ilib qolgan bir kun 120 yilda bir oyni tashkil qilgan. Shu bir oy har 120 yilda o'n uchinchi oy 
joriy etilib, u yilning birinchi oyidan keyinga qo'shilgan va farvardin ikki deb atalgan. Ikki  yuz 
qirqinchi  yilda  esa  bu  o'n  uchinchi  oy  ordabehishtdan  keyin  kelib,  ordabehisht  ikki,  uch  yuz 
oltmishinchi yildagi uchinchi oy esa uchinchi oydan keyin qo'yilgan va xurdod ikki deb atalgan. 
Yil boshini bu xilda har 120 yilda qaytadan bahorgi tengkunlikka «qaytarish» yil hisobida katta 
noqulayliklarga sabab bo'ldi. 
Salkam  to'rt  yarim  asr  Eronning  davlat  kalendari  bo'lib  xizmat  qilgan  Yazdigird  yil 
hisobidan  Erondan  tashqari  boshqa  davlatlar,  xususan  O'rta  Osiyo  xalqlari  ham  foydalandilar. 
VII-XI asrlarda Eron va O'rta Osiyoda  yozilgan manbalarda, hujjatlarning ba'zilarida Yazdigird 
kalendari  bilan  qayd  etiladi.  Shuni  ham  aytish  kerakki,  Yazdigird  yil  hisobi  XI  asrda  bekor 
qilingan  bo'lsa-da,  ayrim  olimlar,  kotiblar  uni  XIII  asrga  qadar  qo'llaydilar.  Yazdigird  yil 
hisobini qo‗llashda ma'lum qiyinchiliklar yuzaga keladi. 1079-yilda Jaloliddin Malikshoh (1072-
1092)  kalendar  masalasini  hal  qilishni  Umar  Xayyomga  topshiradi.  Umar  Xayyom 
boshchiligidagi  komissiya  aniqligi  juda  yuqori  bo'lgan  yangi  Quyosh  kalendarining  loyihasini 
tayyorlaydi. 
Umar Xayyom boshliq komissiya Quyosh kalendarining xatoligini kamaytirish maqsadida 
kabisa  yillarini  Yulian  kalendaridan  biroz  farq  qiladigan  yangi  kombinatsiya  bilan  ishlatishni 
taklif qildi. Umar Xayyom kalendari loyihasiga ko'ra har o'ttiz yillik davrning dastlabki yigirma 
sakkiz  yili  davomida kabisa  yillar, xuddi  Yulian kalendari kabi  yettita kabisa  yildan  (ya'ni,  har 
to'rtinchi  yili),  sakkizinchi  kabisa  yili  esa  odatdagidek  uch  yildan  so'ng  emas,  balki  to'rt  yildan 
so'ng beshinchi yili qabul qilinadigan bo'ldi. Natijada bu kalendarda, sakkizta kabisa yili Yulian 
kalendaridagi  kabi  32  yil  ichida  emas,  balki  33  yil  ichida  qo'shiladigan  bo'ldi.  Demak,  Umar 
Xayyomning kalendarida yil uzunligi 365 butun — sutkaga yoki, boshqacha aytganda, 365 sutka 
5  soat  49  minut  5,5  sekundga  teng  bo'ldi.  Umar  Xayyom  kalendarining  xatoligi  har    yili  atigi 
19,5 sekundga teng. 
Umar  Xayyom  kalendari,  Eronda  Malikshoh  farmonidan  islohot  bilan  1079-yilning  16-
martida (bu davrda Yulian kalendari bo'yicha bahorgi tengkunlik shu kunga to'g'ri kelardi) yoki 
hijriy  oy  kalendari  bo'yicha  471-yilning    10-ramazonida  qabul  qilindi.  Bu  kun  Yazdigird 
kalendari bo'yicha   448-yilning    19-farvardiniga   to'g'ri   kelardi.     Shuningdek, Malikshoh   
islohotida,      yangi      kalendar      erasining      boshini      622-yildan  Muhammad  payg'ambarning 



Download 1,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish