Batafsil bayon etilgan



Download 1,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/189
Sana30.12.2021
Hajmi1,65 Mb.
#98205
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   189
Bog'liq
xronologiya va metorologiy

 
27 
Rimda  aniq  qat'iy  hisoblangan  eralar  ancha  vaqtgacha  bo'lmagan.  Yil  hisobi  konsullarga 
ko'ra  olib  borilgan.  Har  yili  ikkita  konsul  saylangan.  Yil  ularning  ismlari  bilan  nomlangan. 
Masalan, «...konsulning yilida» kabi. Bu hisob oxirgi konsul Flavius Bazalius Yunion saylangan 
davrgacha  (eramizning  541-yili)  saqlanib  qolgan.  Keyinchalik  «Rimga  asos  solinishi»  erasi 
paydo  bo'ldi.  Mazkur  eraning  tuzilishi  Rim  olimi  Mark  Terensiy  Varron  (er.avv.  116-27)ning 
faoliyati bilan bog‘liq. U  «Rimga asos  solinishi»ni  hisoblab chiqdi. Eramizdan avvalgi  753-yil 
21-aprel  mazkur  eraning  boshlanishi  deb  e‘lon  qilindi.  «Rimga  asos  solinishi»  erasi  G'arbiy 
Yevropa tarixchilari orasida keng tarqaldi va ular toonimdan XVIII asrning oxirigacha qo'llanib  
kelindi. 
Abu  Rayxon  Beruniy  27  yanvar  1000  yilda  yozib  tomomlagan,  ―Osor  al-
boqiya‖(―Qadimgi  xalqlardan  qolgan  yodgorliklar‖  kitobida  Rim  kalendarini  tuzilishini  yoritib 
bergan.  Rimliklarga  kelsak,  ularning  oylari  hamisha  o‗n  ikkita  bo‗lib,  ularning  nomlari  mana 
bular: 
 
 Yanvariyus 
31 kun 
Yuliyus 
31 kun 
Fevrariyus 
28 kun  
Avg‘ustyus 
31 kun 
Martiyus 
31 kun  
Sebtambriyus 
30 kun 
Apriryus 
30 kun  
Tambirz 
31 kun 
Mayus 
31 kun 
Navombiryus 
30 kun 
Yuniyus 
30 kun 
Demiriyus 
31 kun 
        
        Rimliklar yili uch yuz oltmish besh kundir. Har to‗rt yilda to‗rtda chorak kun yig‘ilgach, uni 
to‗liq bir kun qilib, fevrariyusga qo‗shganlar. Natijada shu oy har to‗rt yilda yigirma to‗qqiz kun 
bo‗lgan. Dastlab rimliklarni yillarni kabisali qilishga majbur etgan kishi  Daqtitir laqabli Yulius 
(Yuliy  Sezar edi 
26

Dastlabki  Rim  kalendariga  XVIII  asrda  yashagan  mashxur  fransuz  yozuvchisi  va 
namoyondasi Volter juda to‘g‘ri tavsif bergan edi: ―Rim sarkardalari har doim g‘alaba qilishgan, 
ammo bu qanday kunda sodir bo‗lganligini hech qachon bilishmagan‖.
27
 
Rimga  asos  solinishi  erasini  zamonaviy  (Dionosiy)  eraga  aylantirishga  quyidagi 
formuladan foydalanamiz: D= 754-R 
bunda: - Dionisiy erasidagi yilning tartib raqami; 
- «Rimga asos solinishi» erasidagi yilning tartib raqami. Bu formula faqat R<753 holati 
uchun.  Agar  R>753  bo'lsa,  undan  D-R  -  753  formulasidan  foydalanamiz  va  bunda  bizning 
eramizdagi  yilni  aniqlagan  bo'lamiz.  «Kalenda»dan  oldingi  hisobni  topish  uchun  avvalo  o'tgan 
oyning  umumiy  kuniga  2  sonini  qo'shamiz  va  «kalenda»dan  oldingi  kun  raqamini  ayiramiz. 
Masalan, sentabr «kalenda»sidan oldingi to'qqizinchi kunni aniqlaymiz: 
31 + 2-9 = 24. 
Demak, sentabr «kalenda»sidan oldingi to'qqizinchi kun 24-avgust ekan. 

Download 1,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish