58 suvdan o‗tibdi. O‗n ikki yilni ana shu o‗n ikki hayvon nomi bilan atashibdi. Eng oldin shichqon
suvdan suzib o‗tibdi. Shu sababli dastlabki yil uning nomi bilan shichqon yili deb, undan keyin
suvdan kechib o‗tgan hayvonlar nomi bilan keyingi yillar atalibdi‖.
Beruniy 1030 yillarda yozgan ―Qonuni Mas‘udiy‖ asarida: ―Sharq axli – xitoylar va turklar
o‗z yillarini o‗n ikkidan iborat davr tarzida tuzadilar va ularni hayvonlar nomlari bilan ataydilar
hamda ma‘lum tartibda joylashtiradilar. Lekin men bu davr istiloxiymi yoki quyosh va oyning
harakatlari bilan aniqlanadigan biror miqdorlardan keltirib chiqarilganmi, ekanligini aniqlay
olmadim‖-deb yozadi
44
. Akademik A. Ahmedovning ta‘kidlashicha:‖Garchi Beruniy muchal
hisobining asli sababini aniqlay olmagan bo‗lsa ham, taxmini haqiqatga ancha yaqin turadi. Gap
shundaki, bu 12 yillik hayvoniy davrga Mushtariy (Yupiter ning Quyosh atrofida bitta to‗liq
aylanishi uchun ketadigan muddat -12 yil qabul qilingan va har bir yilni ma‘lum kayvon nomi
bilan atalgan‖.
Quyida bu muchal yillarining qadimgi turkcha, forscha va o‗zbekcha nomlarini keltiramiz:
Ulug‘bekning yozishicha, turklar faqat shu sodda 12 hayvon davridan foydalanib bir
kecha-kunduzni ham ana shu 12 hayvon nomi bilan ataluvchi 12 teng bo‗lakka bo‗lganlar.
Ulug‘bek turklar va xitoylar kecha-kunduzni yarim kechadan boshlaganliklarini ham qayd
etadi.
Agar milodiy yil 12 yillik muchal hisobiga taqsimlansa 2012 yilga qadar muchal davri 168
marta takrorlangan. Bu ma‘lumotlar milodiy yilni muchal yiliga o‗girish va odamning muchal
yilini topishda kerak bo‗ladi.
Milodiy yildan muchal yilini chiqarish uchun quyidagi amallarni bajarish kerak: tug‘ilgan
yilga 9 soni (bu son muchalning birinchi yili bilan milodiy birinchi yil orasidagi farq qo‗shilib,
yig‘indi 12 ga bo‗linadi. Bo‗luv amalidan keyingi qoldiq son muchal hisobidagi 12 hayvon
nomidan tartib bo‗yicha qaysi biriga to‗g‘ri kelsa, qidirilgan muchal yili o‗sha bo‗ladi. Masalan,
2011 yilda tug‘ilganlarning muchali quyidagicha topiladi: 2012+9=2021:12=168 qoldiq – 5
44
Abu Rayhon Beruniy. Tanlangan asarlar.
Qonuni Mas‘udiy. 1-5- maqolalar. v t. T., 1973. 91-bet.