52
huquqi ta‘minlangan. Har yili musulmonlar hijriy qamariy hisob bo‗yicha ro‗za tutib, haj
ziyoratiga boradilar.
Islomda shariat yuzasidan yangi oy ko‗rinishiga qarab aniqlanishi lozim bo‗lgan kunlar:
ro‗za tutish uchun Ramazon oyining birinchi kuni, ro‗zadan chiqishh uchun Shavval oyining
birinchi kuni, haj va Qurbonlik qilish uchun Zulxijja oyining birinchi kuni. O‗tmishda shu
kunlarni aniqlashda yangi oyni kuzatish uchun ko‗zi o‗tkir kishilar ufq yaxshi ko‗rinadigan
tepaliklarda kuzatish olib borganlar va ularning xabarlari asosida Kalendarning yangi oyi
boshlangan.
Ana shulardan kelib chiqib yurtimizdagi behisob tepalar yangi oyni aniqlash, azon aytish
yoki namoz vaqtlarini belgilash uchun xizmat qilgan.(A.D.)
O‗tmishda musulmon mamlakatlarining astronomlari yangi oyning qachon ko‗rinishini
oldindan aytib berish uchun Oy va Quyoshning osmondagi vaziyatlarini e‘tiborga olib, hisob-
kitob qilishgan. Masalan, IX asr boshida buyuk vatandoshimiz Muhammad al-Xorazmiy
Bag‘dod kenglamasi uchun oldindan yangi oy ko‘rinishi jadvalini tuzgan. Bunda u muayyan kun
uchun Quyosh va Oyning botish paytlarini hisoblab, bu vaqtlar orasidagi farq 48 daqiqadan ortiq
bo‗lsa, yangi oy ko‗rinadi degan fikrga asoslangan.
Musulmonlar kalendarini turlicha talkin etib ba‘zan kamchiligini ko‗rsatishadi. Bu
kalendar 1390 yilga yaqin vaqt mobaynida (o‗rtada bir kunlik farqni hisobga olmaganda to‗liq
amal qilib kelmoqda va shunday davom etadi.
Yer yuzidagi barcha xalqlar, millat va elatlarning o‗z urf-odatlari bo‗lganidek, Muhammad
paygambar musulmonlarni boshqa semit xalqlaridan farqlash, islom dinini o‗rnini saqlash uchun
qamariy yilga qo‘shimcha o‗n uchinchi oyni yoki ayrim oylarga qo‘shimcha kunlarni qo‗shishni
butunlay taqiqlaganlar.
Xadisi sharifda: ―Oyni ko‗rib ro‗zaga kiringlar, Oyni ko‗rib ro‗zadan chiqinglar, agar xavo
bulut bo‗lib Oy ko‗rinmasa, Sha‘bon oyini o‗ttiz kun qilib keyin ro‗za tutinglar‖, - deyiladi. Bu
xadisga rioya qilinsa diniy amallar o‗z o‗rniga tushib ketaveradi.
Hijriy shamsiy yil. Shamsiy (shamsiya so‗zi arabcha shams (un–Quyosh so‗zidan olingan.
Shamsiy yil hisobi Quyosh kalendari demakdir. Hijriy shamsiy yil davomiyligi Yerning Quyosh
atrofida bir marta aylanib chiqishhiga ketgan vaqt bilan hisoblanib, bu vaqt 365 kun 5 soat 48
daqiqa 48 soniyaga teng. Bu yil hisobida ham yaxlitlikni ta‘minlash maqsadida uch yil 365
kundan hisoblanib oddiy yil tarzida olinadi. Har to‗rt yilda yil kunlarining kasr qismi jamlanib,
bir kunga tenglashtiriladi. Shu to‗rtinchi yil 366 kunlik, ya‘ni kabisa bo‗ladi.
Quyosh osmon gumbazi sirti bo‗ylab o‗zining yillik aylanma ko‗rinma harakati yo‗lida
osmonning 12 ga teng maydonini bosib o‗tadi. Mana 12 ga teng maydonning har birida to‗p
yulduzlar turkumi mavjud bo‗lib, ular klassik ilmi nujumda burjlar majmui deb ataladi.
Har bir burjni nomlashda uning shakli, ko‗kda tutgan o‗rni va harakat xususiyatlarini aks
ettirishga e‘tibor berganlar.
Hijriy shamsiy yil ham hijriy qamariy yil kabi milodiy 622 yilning 16 iyul kunidan boshlab
hisoblangan. Ammo yangi yilning birinchi kuni bahorgi tengkunlik – 21 martga mos keluvchi
Hamal oyining birinchi kuni – Navro‗zi olamdan – tabiatning uyg‘onish vaqtidan nishonlanadi.
Oddiy va kabisa yillar nisbatiga ko‗ra ayrim yil boshlari 20 yoki 22 mart kunlariga to‘g‘ri kelishi
mumkin.
Hijriy shamsiy oylari doim yilning muayyan vaqtlarida keladi, Hijriy qamariy yil oylari
kabi siljib yurmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |