47
paydo bo‗lgan va keyinchalik arablar tomonidan boshqa xalqlarning majburan yoki ixtiyoriy
islom diniga kiritilishi natijasida u shu xalqlar orasida ham tarqalgan. 1917 yilga qadar islom
diniga e‘tiqod qilgan Kavkaz xalqlari, tatarlar, boshqirdlar, o‗zbeklar, tojiklar, turkmanlar,
qirg‘iz va qozoqlar ham mana shu hijriy yil hisobi, kalendardan foydalanganlar.
Hijriy yil. Hijriy so‗zi arabcha – ko‗chish so‗zidan olingan. Milodiy 610 yilda Makkada
payg‘ambarlik nozil bo‗lgan Muhammad sallollohu alayxi va sallam (570-632 ummaviy
zodagonlarning qarshiligi va tazyiqi tufayli o‗z izdoshlari bilan 622 yili Makkadan Madinaga
(Yacribga) hijrat qiladi. Hijrat milodiy 622 yilning 8 sentabrida yoki qamariy yil Safar oyining
27 kuni sodir bo‗ladi. Shu kuni rasulollox va uning izdoshlari Makkadan chiqib ketib, uch kun
g‘orda turgach, Rabiul avval oyining 12-kuni Madinaga kirib boradilar. Hijrat 15 kun davom
etadi. Rivoyatlarga ko‗ra Hijrat haqidagi fikr payg‘ambarimiz xotirasi Muharram oyida
tug‘ilgan, shuning uchun Hijriy yil boshi Muharram oyining birinchi kunidan, ya‘ni Hijrat sodir
bo‗lganidan 56 kun hisoblanishi qonunlashtirilgan. 8 sentabrdan orqaga sanalib 56 kun chiqarib
tashlansa, Muharram oyining birinchi kuni Milodiy 622 yilning 16 iyul juma kuniga, aniqrogi 15
iyuldan 16 iyulga (payshanbadan jumaga o‗tar kechasiga to‗g‘ri keladi. Musulmonlarda kunning
almashuvi chegarasi tun oqshomi hisoblanadi.
Islom dini paydo bo‗lgan, diniy va dunyoviy ishlarni yuritish uchun yangi kalendar zarur edi.
Bu masala hijratdan o‗n yetti yil o‗tgach, milodiy 638 yilda Xalifa Umarning ( xalifalik davri 634-
644 yillar buyrugi bilan hal qilinadi. O‗sha davrda faqatgina yillar voqealar nomlari bilan atalar,
tartib raqami bilan yuritilmagan edi. Arablar o‗rtasida xat, xujjatlarga sana bo‗yish odati
bo‗lmagan. Bir kuni bir kishi xalifa Umar huzurlariga kelib sha‘bon oyida to‗lanishi kerak bo‗lgan
qarz haqidagi hujjatni ko‗rsatdi. Shunda xalifa Umar ―bu hujjat qaysi sha‘bonga tegishli? O‗tgan
yilgi sha‘bongami yoki bu yilgi sha‘bongami?‖ deb so‗raydi. Bunday vaziyatga Jazira viloyatining
voliysi Abu Muso ham duch keladi. Unga ikkita buyruk yozib beriladi. Bu buyruqlarning biri
ikkinchisiga sira to‗g‘ri kelmas, boshka-boshda edi. Ularning qaysi biri oldin, qaysi biri keyin
yozilganini aniqday olmagan Abu Muso xalifa Umarga murojaat qiladi. Chunki har ikki buyrug‘da
ham sana yo‗q edi. Bu masalani hal qilish uchun xalifa Umar Mashvarat o‗tkazadi. Mashvarat oy
hisobi bo‗yicha kalendar tuzishni ma‘qul topadi. Ular yangi kalendarda o‗sha vaqtgacha qo‘llanilib
kelingan qamariy oy nomlarini saqlab kolishni lozim ko‗radilar. Bu oylar arablar o‗rtasida juda
mashhur edi. Mashvaratdagilar kalendar boshi–era boshini qaysi vaqtdan hisoblashga oid turli
fikrlarni o‗rtaga tashladilar. Ba‘zilar payg‘ambarning tug‘ilgan kunidan desa, ba‘zilar
payg‘ambarlikning kelishidan hisoblashni taklif qildi. Ali ibn Abu Tolib islom kalendarini
payg‘ambarning Makkadan Madinaga hijratlaridan boshlashni taklif etdilar. Bu taklif ma‘qullandi.
Hijrat vaqti – birinchi Muharram (milodiy 622 yil 16 iyulga to‗g‘ri keladi musulmon yil
hisobining boshi deb e‘lon qilinadi. Mana shu yil hisobi ―Hijriy yil hisobi‖ deb yuritiladi. Hijriy
yil hisobi ikki usulda olib boriladi:
1. Hijriy qamariy yil hisobi; 2. Hijriy shamsiy yil hisobi.
Hijriy qamariy yil. Buni arab yilnomasi, Muhammad sallollohu alayxi va sallam yilnomasi
deb ham yuritiladi. Qamariy (qamariya so‗zi arabcha qamarun, ya‘ni Oy so‗zidan olingan bo‗lib,
yil hisobi Oyning Yer atrofida bir marta aylanib chiqishh davriga ketgan vaqt birligiga
asoslangan.
Ma‘lumki, Oy yangi ko‗ringan nuqtasidan siljib, yana o‗sha nuqtasiga – Quyosh qarshisiga
qaytib kelishi uchun ketgan vaqt – sinodik Oy davri 29 kun 12 soat 44 daqiqa 2,9 soniyaga teng.
Kalendarda yaxlitlikni ta‘minlash uchun oy kunlari shartli ravishda 29 va 30 kunlik qilib olingan.
Mana shunday hisobda bir yilda Oy Yer atrofini 12 marta aylanib chiqadi va bunga 354 kun
ketadi. Ammo Oyning bu kalendar davri bilan uning sinodik davri (29.12.44.2,9. orasida tafovut
bo‗lib, kalendariy oy sinodik oy davridan ortda qolib boradi. Shu sababli kalendariy yil 354
kundan, sinodik oy yili 354, 367 kundan iborat bo‗ladi. Oradagi bu farq har 30 yilda 11,013
kunni tashkil qiladi. Mana shu ortib qolgan 11 kun 30 yillik davrning 11 yiliga
(2,5,7,10,13,16,18,21,24,26,29 kabisa (355 kunlik, qolgan 19 yili oddiy (354 kunlik tarzida
hisoblanadi. Yil kabisa yoki oddiy ekanligini bilish uchun uni 30 ga bo‗lamiz. Agar bo‗lishdan
Do'stlaringiz bilan baham: |