27 Rimda aniq qat'iy hisoblangan eralar ancha vaqtgacha bo'lmagan. Yil hisobi konsullarga
ko'ra olib borilgan. Har yili ikkita konsul saylangan. Yil ularning ismlari bilan nomlangan.
Masalan, «...konsulning yilida» kabi. Bu hisob oxirgi konsul Flavius Bazalius Yunion saylangan
davrgacha (eramizning 541-yili) saqlanib qolgan. Keyinchalik «Rimga asos solinishi» erasi
paydo bo'ldi. Mazkur eraning tuzilishi Rim olimi Mark Terensiy Varron (er.avv. 116-27)ning
faoliyati bilan bog‘liq. U «Rimga asos solinishi»ni hisoblab chiqdi. Eramizdan avvalgi 753-yil
21-aprel mazkur eraning boshlanishi deb e‘lon qilindi. «Rimga asos solinishi» erasi G'arbiy
Yevropa tarixchilari orasida keng tarqaldi va ular toonimdan XVIII asrning oxirigacha qo'llanib
kelindi.
Abu Rayxon Beruniy 27 yanvar 1000 yilda yozib tomomlagan, ―Osor al-
boqiya‖(―Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar‖ kitobida Rim kalendarini tuzilishini yoritib
bergan. Rimliklarga kelsak, ularning oylari hamisha o‗n ikkita bo‗lib, ularning nomlari mana
bular:
Yanvariyus
31 kun
Yuliyus
31 kun
Fevrariyus
28 kun
Avg‘ustyus
31 kun
Martiyus
31 kun
Sebtambriyus
30 kun
Apriryus
30 kun
Tambirz
31 kun
Mayus
31 kun
Navombiryus
30 kun
Yuniyus
30 kun
Demiriyus
31 kun
Rimliklar yili uch yuz oltmish besh kundir. Har to‗rt yilda to‗rtda chorak kun yig‘ilgach, uni
to‗liq bir kun qilib, fevrariyusga qo‗shganlar. Natijada shu oy har to‗rt yilda yigirma to‗qqiz kun
bo‗lgan. Dastlab rimliklarni yillarni kabisali qilishga majbur etgan kishi Daqtitir laqabli Yulius
(Yuliy Sezar edi
26
.
Dastlabki Rim kalendariga XVIII asrda yashagan mashxur fransuz yozuvchisi va
namoyondasi Volter juda to‘g‘ri tavsif bergan edi: ―Rim sarkardalari har doim g‘alaba qilishgan,
ammo bu qanday kunda sodir bo‗lganligini hech qachon bilishmagan‖.
27
Rimga asos solinishi erasini zamonaviy (Dionosiy) eraga aylantirishga quyidagi
formuladan foydalanamiz:
D= 754-R
bunda:
D - Dionisiy erasidagi yilning tartib raqami;
R - «Rimga asos solinishi» erasidagi yilning tartib raqami. Bu formula faqat R<753 holati
uchun. Agar
R>753 bo'lsa, undan
D-R - 753 formulasidan foydalanamiz va bunda bizning
eramizdagi yilni aniqlagan bo'lamiz. «Kalenda»dan oldingi hisobni topish uchun avvalo o'tgan
oyning umumiy kuniga 2 sonini qo'shamiz va «kalenda»dan oldingi kun raqamini ayiramiz.
Masalan, sentabr «kalenda»sidan oldingi to'qqizinchi kunni aniqlaymiz:
31 + 2-9 = 24.
Demak, sentabr «kalenda»sidan oldingi to'qqizinchi kun 24-avgust ekan.
753>