Soat
tushunchasi. Dastlabki soatlar.
Soat - bu xalqaro birliklar tizimiga kirmaydigan
vaqt o'lchov birligi, qiymati 60 minut yoki 3600 sekundga teng vaqt oralig'i va vaqtni o‘lchash
uchun ishlatiladigan asbobdir. Grekcha «horo», inglizcha «hour» soat so'zi dastlab «vaqt oralig'i,
davr» kabi ma'nolarni bildirgan. Eramizdan avvalgi IV asrlarda grekchada soat atamasi paydo
bo'lgan. Odamlar vaqtni o'lchashga qadimdan harakat qilib kelishgan. Ular Quyosh, Oy
harakatlari va boshqa tabiat hodisalarining muayyan vaqtlarda takrorlanib turishini sezganlar va
ulardan vaqtni o'lchashda foydalanganlar.
Yunon olimi Ptolemey (mil. aw. II asr) sutkani soat, minut va sekundga bo'lgan. Vaqtni
juda aniq o'lchash uchun maxsus astronomik kuzatishlar o'tkazilgan. Bu kuzatishlar samarasi
Do'stlaringiz bilan baham: |