61
kalendari bo'yicha bu oltinchi emas, balki sakkizinchi mesori kuni hisoblanadi. Misr
kalendarining o'rnini Aleksandr yil hisobi egallaganidan so'ng va imperator Avgustning bir yil
hisobidan ikkinchi yil hisobiga o'tish uslubini joriy qilganidan so'ng,
l-avgust=8 mesori yoki 1
tota=29 avgust
tarzida qabul qilingan.
Tarixiy manbalarda Aleksandriya kalendarining keng tarqalganligi haqida ma'lumotlar juda
kam. 238-yilda yozuvchi Senzorin Misr kalendari va uning surilib boruvchi yillari haqida batafsil
ma'lumotlar berib o'tgan. Lekin negadir unda Aleksandriya kalendari tilga olinmagan. Salkam
yuz yildan so'ng Feon Aleksandriyskiy tomonidan Aleksandriya yilidan Misr yiliga o'tishning
mukammal qoidalari ishlab chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |