92
Birinchisi -oddiy gaz 24 barmoqqa teng. Har bir barmoq (Xorazmdagidek) 2,078 sm qilib
olingan. Shunda 1 gaz = 24 barmoq = 49,875 sm bo'lgan. Ikkinchisi - Buxoro qarisining uchdan
biriga teng bo'lgan Buxoro shox gazi 106,82 sm ga teng.
Yana gazning ikki shox gaziga teng bo'lgan qiymati ham bo'lgan va u xalq orasida katta
gaz deb ham yuritilgan. Shunday qilib, 1 katta gaz = 2 shox gazi = 213,064 sm bo'lgan.
Buxoroda 1740-yildan boshlab qiymati 36 barmoqqa teng bo'lgan gaz ham qo'llanilgan. Uning
qiymati bir gaz = 36 barmoq =36x2,18 = 78,48 sm bo'lgan, 3) Samarqand, Toshkent va
Farg'onada ham gazning ikki xil qiymati qo'llanilgan. Ulardan biri 40 barmoqqa, ikkinchisi esa
49 barmoqqa teng bo'lgan. 1 barmoq = 2,18 sm ekanligidan, birinchisi -1 gaz = 40 barmoq =
87,2 sm; ikkinchisi -1 gaz = 49 barmoq = 106,82 sm. Toshkent va Samarqandda ko'p roq bir
barmoq = 2,28 sm bo'yicha aniqlangan, Xo'jandda bir barmoq 2,18 -2,28 sm bo'yicha aniqlangan
1 gaz = 67,58-70,68 sm ga teng bo'lgan. Yuqorida keltirilganlarga asoslanib shuni aytish
mumkinki, gaz o'lchovining qiymati qo'llanish davri, joyi va nimani o'lchashga qarab har xil
bo'lgan. Lekin shunga qaramasdan, bu o'lchov birligi amalda 1000 yillardan beri qo'llanilib
kelingan hatto hozirgi kunda ham xalq orasida, ya'ni muomalada miqdori 0,71 m bo'lgan uzunlik
o'lchovi birligi sifatida qo'llanilmoqda.
2) Azaldan xalqimiz orasida qo'llanilib kelingan uzunlik jihatidan 0,71 m ga teng bo'lgan
arshin yoki olchin kabi uzunlik o'lchov vositasi; 3) Respublikamizning ba'zi joylarida gaz hajm
o'lchashda ham qo'llanilgan. Masalan; gaz bilan moy hajmi o'lchangan. l gaz hajmi = 310 - 325
kub sm ga teng bo'lgan, bu esa 0,310 - 0,325 1 ga to'g'ri keladi.
Xiva xonligining harbiy ahvoli haqida rus sayohatchisi Nikolay Muravyov mana bu
ma'lumotlarni beradi: ‖Muhammad Rahimxon‖ saltanat kursiga o‘lturgunga
qadar qabilalar
orasida avjiga mingan o'zaro urush-talashlar va tashqaridan qilingan bosqinlar oqibatida xalq,
(ayniqsa) badavlat kishilar o'zini bosqin va talon-talojlardan saqlash uchun uylarini
mustahkamlab qal'aga aylantirganlar. Bu mustaxkamlangan (kichik) qal'alar, yoki qo'rg'onlar
ko'pincha o'zlarining dala bog'lari o'rtasida qurilgan. Uning ichida turar joylar, hovuzlar, qo'rg'on
sohibi va xizmatkorlarning uylari, tegirmon, qushxona, molxona, omborxona va boshqalar
favquloldda yuz bergan hodisalar vaqtida 100-150 kishini saqlaydigan narsalar bor. Bu qal'alalar
to'rt burchakli paxsadan bino qilingan, ba'zilarida devor tagida tosh qo'yilgan. Devorning past
qismi to'rt arshin (Arshin-Rossiyada amalda bo'lgan uzunlik o'lchovi; 0,711 metrga teng bo'lgan)
tepa qismi yarim arshin balandligi 3 sajen (sajen- 2,13 metrga barobar bo'lgan uzunlik o'lchovi)
atrofida, devor tashqarisida, (har yer-har yerdaj paxsadan dumaloq suyanchiqlar qo'yilgan.
Devorning tepa qismiga ko'ngiralar qilingan... Xonlikning yuqorida tilga olingan beshta
shahari:
Xiva, yangi Urganch, Shovot, Kot va Gurlan ham mustahkam paxsa devor bilan o'ralgan.
Shu sababdan Xivaliklar qal'a deb ataydilar... Qal'alarda birorta ham zambarak yo'q; ularda askar
ham yo'q shaharlarini aholisining o'zi himoya qilishi kerak bo'ladi. Xivaliklarda muntazam
qo'shin yo'q. Urush chiqib qolgudek bo'lsa, qo'shin o'zbeklar va turkmanlardan tuziladi. Qo'shin
asosan sipohiylar tabaqasidan. U xonning buyrug'i bilan belgilangan yerga to'planadi va asosan
otliq askarlardan iborat bo'ladi.
N. Muravyovning esdaliklarida o'zbeklarning fe'l atvori, tabiati va qiyofasi haqida ham
e'tiborga loyiq ma'lum otlar keltirilgan. Unda xususan o‘qiymiz: ‖O'zbeklar umuman aqlli va
yokimli, hazil mutoyibani yaxshi ko'radigan, biror ishga jazm qilgudek bo'lsa, qaroriga qat'iy
to'g'ri so'z, yolg‘onni va egrilikni yomon ko'radigan, ruhi tetik, xushbichim va jismonan kuchli
xalq ...Harbiy ishlarda xorib charchamaydiganlar, qo‘rqmas va jasur
kishilardir ‖.
53
Chorak
(fors -tojik ) - 1) O'rta Osiyoda, shu jumladan respublikamizda uzunlik o'lchovi -
gaz yoki olchinning 1/4
ini belgilash uchun ishlatiladigan o'lchov. Agar 1 gaz = 1 olchin = 52 :
107 sm bo'lsa ,u holda 1 chorak =1/4 oilchin-1/4 x 52-107) =13-26,75 sm bo'ladi; 2) O'rta
Osiyoda eng ko'p qo'llaniladigan og'irlik o'lchov birligi. U ba'zi joylarda 5 pudga, ba'zi joylarda 5
qadoqqa ya'ni 2,04756 kg ga teng bo'lgan .
53
Bo‘riboy Axmedov. O‘zbekiston tarixi manbalari. T ., 2001. 343 – 344- betlar
Do'stlaringiz bilan baham: |