1.4 Sport musobaqalarini rejalashtirish
Mamlakatimizda sport musobaqalarining ilmiy asosda tashkil topgan va jismoniy tarbiya harakatining xususiyatlarini hisobga olgan ma’lum sistemasi mavjud.
Sport musobaqalarini rejalashtirish markazlashtirilgan xarakterga ega. O`zbekiston jumxuriyati xuzuridagi jismoniy tarbiya va sport kommiteti spartakiada hamda olimpiada o`yinlarining o`tkazilish vaqtlarini hisobga olgan holda to`rt yillik va navbatdagi bir yillik musobaqalarni alohida rejalashtiradi. Shu rejalarga asoslanib respublika va mahalliy jismoniy tarbiya va sport komitetlari o`z rejalarini teritorial prinsipda, maxkama, jismoniy tarbiya tashkilotlari, ko`ngilli sport jamiyatlari esa sport musobaqalarining rejalarini maxkama prinsipida tuzadilar.
Ishlab chiqarish muassasalari, o`quv yurtlarining jismoniy tarbiya va sport kollektivlari sport musobaqalarning planlarini o`z jamiyatlari hamda mahalliy jismoniy tarbiya va sport komitetlarining planlari asosida tuzadilar.
Sport musobaqalarining planlarini tuzishda tegishli basketbol federasiyalari aktiv qatnashishlari lozim. Boshlang`ich kollektivdagi musobaqa o`z xarakteri va miqyosidan qat’iy nazar, xar qanday musobaqaning asosi bo`lib qolishi kerak.
Musobaqalar qo’yilgan vazifalariga qarab, quyidagi turlariga bo`linadi:
1.Birinchiliklar va chempionatlar .
2.Kubok musobaqalar.
3.Qisqartirilgan va baravarlashtirilgan.
4.Saralash musobaqalari
5.Match va o`rtoqlik uchrashuvlari.
18
6.Klassifikasion musobaqalar.
1. Birinchiliklar va chempionatlar. Eng katta musobaqalardan bo`lib, ularda kollektiv, rayon, shahar, respublika yoki ittifoq chempioni degan faxriy unvon beriladi. Ular yilda bir marta o`tkaziladi. Birinchilik g`oliblari oltin, kumush va bronza medallari bilan mukofotlanadilar.
2. Kubok musobaqalari. "Yutkazgan chiqib ketish" prinsipida o`tkaziladi. Bu musobaqalar ko`p vaqt talab qilmaydi va ko`p qatnashuvchilarni jalb qilish imkonini beradi. Qatnashuvchilarning tayyorgarligi har xil bo`lganligi uchun kuchliroq komandalarning uchrashuvlarini oxirgi bosqichlarga mo`ljallash kerak.
3. Qisqartirilgan musobaqalar. Ko`p komandalar qatnashganligi xolda bir kunda o`tkaziladi. Buning uchun o`yin vaqti 20 minutgacha qisqartiriladi. Bunday musobaqalar mavsumning ochilishiga bayramlarga bag`ishlab o`tkaziladi.
4. Baravarlashtirilgan musobaqalar. Tayyorgarligi xar xil bo`lgan kollektivlar orasida o`tkaziladi. Komandalarning qiziqishini saqlab qolish uchun kuchsizroq komandaga oldindan yoki uchrashuv tamom bo`lgandan so`ng qo`shimcha ochkolar beriladi.
5. Saralash musobaqalari. Tayyorgarligi eng yaxshi komandalarning (o`yinchilarni) keyingi yirik musobaqalarda qatnashtirish uchun o`tkaziladi.
6. Match uchrashuvlari. Musobaqalar kalendarida ko`zda tutilgan va an’anaviy hisoblanadi. Uchrashuvlar ikki va undan ortiq komandalar qatnashishi mumkin. Musobaqalarning bunday turlari alohida shaharlar, respublikalar hamda chet davlatlar orasida do’stlik munosabatlarining rivojlanishiga yordam beradi.
7. Klassifikatsiya musobaqalar. Komandalarning tayyorgarligini aniqlash. Butunittifoq sport klassifikatsiyasining razryad talablarini bajarish maqsadida o`tkaziladi.
Musobaqa paytida xamma komandalarga g`alaba uchun kurashishga bir xil sharoit yaratib berish va g`oliblarni xaqiqiy natijalar asosida aniqlash kerak. Musobaqalarni o`tkazish sistemalari xar xil bo`lishi mumkin. Lekin u yoki bu sistemalarni tanlashda qo`yidagi sharoitlarni hisobga olish lozim.
19
1.Musobaqa oldida turgan vazifalar.
2.Musobaqa o`tkazish shartlari.
3. Qatnashuvchi komandalarning soni.
4.O`tkazilayotgan musobaqaning turlari.
5.Qatnashuvchilarning sport tayyorgarligi va ishlab chiqarishda joylashuvi.
6.Musobaqa o`tkazish joylarini balandligi, soni va territorial joylashuvi.
Sport o`yinlari musobaqalarini o`tkazish amaliyotida asosan 2 ta sistema qo`llaniladi.
1.Aylanma.
2.Chiqib ketish.
Bu ikki sistemaning qo`shilishi natijasida uchinchi aralash sistemasi paydo bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |