Jarima to’pini tashlash joyi – bu o’yin maydonida 1,80 radiusli yarim doira bilan ajratiladigan chegaralangan zonalardir. Savatlar halqa va to’rlardan iborat. Halqa qattiq metalldan tayyorlanadi, uning ichki diametri 45 sm ga teng bo’lib, to’q sariq (apelsin) rangga bo’yaladi. Halqalarning metalli kami bilan 0,17 sm va ko’pi bilan 0,2 sm diametrga ega bo’lib, pastki qirrasida to’plarni ilish uchun qo’shimcha bir xil kichik ilmoqlar yoki shunga o’xshash ilgaklari bo’lishi kerak. Halqalar maydonga nisbatan gorizontal holatda, 3,05 m balandlikda shchitlarga mustahkam o’rnatiladi va shchitning har ikkala vertikal chekkalaridan bir xil uzoqlikda joylashadi. Halqalar ichki chekkasining yaqin nuqtasi shchitning yuza qismidan 15 sm uzoqlikda turishi kerak
Do'stlaringiz bilan baham: |