Ikki tomonlama fol – ikkita raqib o’yinchi bir vaqtning o’zida bir-biriga qarshi fol sodir qilgan vaziyatda belgilanadi.
Texnik fol o’yinchilarga, zahiradagilarga, murabbiyga va uning yordamchisiga berilishi mumkin. Agar o’yinchi hakamlar ko’rsatmalarini mensimasa yoki sportchilarga xos bo’lmagan “taktika” qo’llasa texnik fol beriladi.
Ataylab qilingan fol – hakamning fikricha, o’yinchi tomonidan to’p bilan yoki to’psiz harakatlanayotgan raqibiga nisbatan qasddan qilingan shaxsiy foldir. Bu qilingan hatto-harakatning jiddiyligi bilan belgilanmaydi, balki oldindan o’ylangan yoki mo’ljallangandek ko’rinadigan to’qnashuv bo’lib hisoblanadi. Ataylab qilingan follarni takrorlagan o’yinchi o’yinda qatnashish huquqidan mahrum qilinishi mumkin.
O’yinda qatnashish huquqidan mahrum (diskvalifikatsiya) qilinadigan fol. Shaxsiy va texnik follarda qayd qilinganlarga sportchilarga xos bo’lmagan darajada rioya qilmaslik – o’yinda qatnashish huquqidan mahum qiladigan fol (diskvalifikatsiya foli) hisoblanadi. Ikkita jarima to’pi tashlanadi hamda to’p “zona chizig’i”dan jarima to’pi otgan jamoa o’yinchisi tomonidan o’yinga kiritiladi.
Jarima to’plarini otish bilan jazolanadigan fol. Hakam fol bo’lganligini qayd qilganda, agar bu fol uchun jarima chizig’idan savatga to’p (to’plar) otish bilan aybdor jamoni jazolash lozim bo’lsa, u barmoqlari bilan aybdor jamoaning jarima chizig’ini ko’rsatadi.
Jamoaning to’rtta foli. Har bir jamoa o’yinchisining yoki o’yinchilarining olgan follarini soni 4 ta bo’lsa, bundan keyingi oladigan follari uchun jarima chizig’idan 2 ta jarima to’pi otish imkoniyati raqib jamoasiga beriladi. Har bir chorakda jamoani 4 ta foli alohida-alohida hisoblanadi.
2.1. Hakamlar Hakamlar deyilganda katta hakam va hakam tushuniladi. Ularga soniya hisoblovchi, kotib va 24 soniya operatori yordam beradilar. Shuningdek, texnik komissar ham qatnashishi mumkin.
Hakamlarning imo-ishoralari
1. Ikki ochko
(bir ochko - bir barmoq)
Panja harakati orqali ko’tarish va tushirish
2. 3 ochkoli to’p tashlashga urinish
3 barmoq ko’rsatiladi
(katta, ko’rsatkich, o’rta)
3. Muvaffaqiyatli bajarilgan 3 ochkoli to’p
3 barmoq ko’rsatiladi (katta, ko’rsatkich, o’rta)
4. Tashlangan to’p hisoblanmaydi, o’yin harakati hisoblanmaydi
Gavda oldida qo’llarni yozish
5. Soatni to’xtatish yoki o’yin soatini ishga solmaslik
Kaft ko’tariladi, barmoqlar birga
6. O’yin vaqti ishga tushirilsin
Ochiq kaftli qo’l bilan yuqoriga va pastga harakatlantirish
7. O’yinchini almashtirish
Ko’krak oldida qo’llarni chalishtirish
8. O’yinda talab qilib olingan tanaffus
Kaft va barmoq “t” hosil qiladi
9. To’p bilan harakatlanayotganda qoida buzilishi
Ikkala qo’l mushtini o’zaro aylantirish
10. To’pni noto’g’ri olib yurish
Qo’llarni tepaga-pastga harakatlantirish
11. 3 soniya qoidasining buzilishi
Qo’lni oysimon harakatlantirish
12. To’pni ushlab qolish
Kaftni oldinga yarim doira shaklida aylantirish
13. 5 soniya yoki 10 soniya qoidasining buzilishi
10 soniya uchun 2 qo’l ishlatiladi
14. To’pning orqa zonaga qaytarilishi
Barmoqni burib ko’rsatish
15. Oyoq bilan ataylab o’ynash
Barmoq bilan oyoq ko’rsatiladi
16. 30 soniya qoidasining buzilishi
Barmoqlar elkaga tegadi
17. 30 soniyani yangidan hisoblash
Barmoqni aylantirish
18. Bahsli to’p
Katta barmoqlar ko’tariladi
19. Fol paytida soatlarni to’xtatish
Qo’l musht qilib siqilgan, kaft bel darajasida qoida buzgan o’yinchi tomonga yo’naltirilgan
20. Jarima to’plarisiz belgilangan shaxsiy fol
Barmoq yon chiziq tomonni ko’rsatadi
21. Qoida buzuvchini belgilash uchun
O’yinchi raqamini ko’rsatish
22. Ushlab qolish
Bilakni siqib ushlash
23. To’psiz itarib yuborish yoki to’qnashish
Itarib yuborishni imo-ishora bilan ko’rsatish
24. Qo’llar bilan noto’g’ri o’ynash
Panja bilan bilakni urish
25. Qurshab olish
(hujumda va himoyada)
Ikkala qo’l bilan
26. Tirsaklarni haddan tashqari yozib yuborish
Tirsaklarni yonga va orqaga harakatlantirish
27. To’pli o’yinchining raqib bilan to’qnashishi (zo’ravonlik qilib o’tish)