O'yinchining oyog'i, ayrim o'yin vaziyatlarida maxsus atama bilan belgilanadi, masalan o'ng oyoq, ya'ni o'yinchi shu oyog'ini qo'yib to'pni egallagan bo'lib, endi u poldan (maydondan) oyog'ini ko'tarishi mumkin emas va yugurib ham ketmaydi; o'ng oyoq atrofida o'yinchi qadamlash va burilislilarni bajarishi mumkin. Jarima tashlash zonasi (maydoni) — maydonda yarimdoira bilan trapetsiya chizilgan. Savat tagidagi yuza chizig'ining olti metrli bo'lagi trapetsiyaning asosi bo'lib xizmat qiladi. Jarima tashlashning 3 m 60 sm uzunlikdagi chizig'i mavjud. Trapetsiyaning yuz chi-zig'igacha uzunligi 5 m 80 sm. Trapetsiyaning yuqori qismida doira chizilgan bo'lib, u jarima tashlash chizig'ining diametri hisoblanib uning aylanasi 1 m 80 sm.
Do'stlaringiz bilan baham: |