Aralash jins
Ha, alohida musobaqalar
Turkum
Toʻpli sport, jamoa sporti
Anjom
Basketbol toʻpi
Oʻynaladigan joy
Basketbol maydoni
Olimpik oʻyin
Ha,
1936-yildan
Mintaqa
Butun dunyo
Odatda, basketbol oʻyinchilari quyidagi pozitsiyalarda oʻynashadi:
Hujumkor himoyachi (
ing. Shooting guard, SG
); uning vazifasi — uzoq masofadan toʻpni
savatga tushirish. Jamoa himoyalanayotganda esa, uch ochkolik zarbalardan savatni himoya
qilish. Ularni jamoaning „snayperi“ deb ham atash mumkin. Ular chaqqon va tezkor boʻlishadi.
Shuningdek, yaxshi sakray olishadi. Oʻrtacha boʻyi taxminan 193-201 sm ni tashkil qiladi. Shuni
alohida taʼkidlash lozimki, koʻplab basketbol afsonalari, masalan,
Michael Jordan
,
Reggie
Miller
,
Clyde Drexler
,
Oscar Robertson
,
Jerry West
,
Allan Houston
,
Allan Iverson
,
Kobe
Michael Jordan
basketbol matchida
slam dunk
qilmoqda.
Basketbol oʻyinchilarining pozitsiyalari
pozitsiyalari
Basketbol toʻpi
Bryant
,
Dwayne Wade
kabilar aynan hujumkor himoyachi boʻlishgan. Hozirgi kunda
oʻynayotgan NBA oʻyinchilaridan
James Harden
va
Klay Thompsonni
ham alohida aytib oʻtish
mumkin.
Pleymeyker (
ing. Point guard, PG
); Jamoaning „miya“si. Hamma hujumlar aynan shu oʻyinchi
orqali boshlanadi. U maydondagi barcha oʻyinchilarning joylashuvi vaziyatini va imkoinyatlarini
oʻrganib, hujum uchun kerakli yoʻnalishni tanlaydi. Toʻp bilan muomala qilish darajasi juda
yuqori. Maydonni yaxshi koʻra olishadi. Himoya vaqtida esa raqib tezkor qarshi hujumga oʻtib
ketishining oldini olishadi. Jamoaning boshqa oʻyinchilariga nisbatan biroz past boʻyli boʻlishi
ham mumkin. Oʻrtacha boʻyi taxminan 185-195 sm ni tashkil qiladi. Bu pozitsiyada oʻynagan
eng mashhur oʻyinchi bu
Magic Johnsondir
. U 3-marta
NBAning
eng qimmatli oʻyinchisi deb
eʼtirof etilgan. Bunday unvonga yana
Oscar Robertson
,
Allen Iverson
,
Steve Nash
va
Stephen
Currylar
erishishgan. NBA boʻyicha eng koʻp samarali toʻp uzatishlar soni 15086 ga teng
boʻlib, bu natija
John Stockton
ga tegishli.
Kichik hujumchi (
ing. Small forward, SF
); vazifasi hujumkor himoyachinikiga oʻxshash, lekin
boʻy jihatdan biroz balandroq boʻlishadi (oʻrtacha boʻyi taxminan 195-210 sm), shuningdek,
maydonning istalgan nuqtasidan savatga toʻp tashlay oladi, raqib toʻplarini qaytarish uchun
blok (
ing. Block shoot
) qoʻyishadi. Bu pozitsiyada oʻynaydigan mashhur oʻyinchilardan
LeBron
James
,
Kevin Durant
,
Skotty Pippen
,
Carmelo Anthony
va rossiyalik basketbolchi
Andrei
Kirilenko
larni aytib oʻtish mumkin.
Ogʻir hujumchi (
ing. Power forward, PF
); asosiy vazifasi hujum vaqtida va himoyalanishda
savatdan qaytgan toʻplarni qoʻlga kiritish. Shu sababli bu pozitsiyada oʻynaydigan oʻyinchilar
jismonan baquvvat va chidamli boʻlishadi. Oʻrtacha boʻyi taxminan 200-215 sm ni tashkil
etadi. Asosan, toʻpni savatga
slem-dank
koʻrinishida tushirishadi. Boshqa pozitsiyadagi
oʻyinchilar, masalan, hujumkor himoyachi yoki kichik hujumchi ham bunday dankni amalga
oshirishi mumkin. Lekin ogʻir hujumchilar bu zarbani mutlaqo boshqacha kuch bilan ijro
etishadi. Bu pozitsiyada oʻynagan
Kevin Garnett
,
Tim Duncan
,
Dirk Nowitzki
,
Dennis Rodman
,
Ben Wallace
kabi oʻyinchilarni misol qilib keltirishimiz mumkin.
Markaziy oʻyinchi (
ing. Center, C
); uning vazifasi — jamoa himoyalanayotganda, savatni himoya
qilish va raqibga savatdan qaytgan toʻp (
ing.
rebound
)ni qoʻlga kiritishiga yoʻl qoʻymaslik.
Hujum vaqtida esa, aynan savatdan qaytgan toʻplarni raqib savatiga tushirish bilan
shugʻullanishadi. Bu toifadagi basketbolchilar jamoaning boshqa aʼzolariga nisbatan
boʻydorroq va jismonan baquvvatroq boʻlishadi. Jarimadan toʻpni savatga tushirishda esa,
koʻrsatkichlari 70 % dan kamroq boʻladi. Oʻrtacha boʻyi taxminan 210-225 sm boʻladi. Bu
pozitsiyada oʻynagan eng yorqin basketbolchilardan biri — bu
Uilt Chemberlendir
. Uning baʼzi
rekordlari haligacha ham yangilanmagan (masalan, u bitta oʻyinda 100 ochko toʻplagan
yagona oʻyinchi hisoblanadi). Shuningdek,
Shaquille O'Neal
,
Alexsander Belov
,
Arvydas
Do'stlaringiz bilan baham: |