Jarima tashlash zonasi (maydoni) — maydonda yarimdoira bilan trapetsiya chizilgan. Savat tagidagi yuza chizig'ining olti metrii bo'lagi trapetsiyaning asosi bo'lib xizmat qiladi, Jarima tashlashning 3 m 60 sm uzunlikdagi chizig'i mavjud. Trapetsiyaning yuz chi-zig'igacha uzunligi 5 m 80 sm. Trapetsiyaning yuqori qismida doira chizilgan bo'lib, u jarima tashlash chizig'ining diametri hisoblanib uning aylanasi 1 m 80 sm.
Sherik — o'z jamoasi o'yinchisi.
To'pni uzatish — bu o'yinchining to'pning boshqa o'yinchiga tez siljishiga yo'naltirilgan faoliyati bo'lib, to'g'ri yuqoridan sakratib, ,,kryuk" bilan qo'liga uzatishlardan iborat. Birinchi uzatish — bu uzatish, himoyada to'pni egallagan yoki shitdan qaytgan paytdan so'ng bajariladi. Birinchi tez va aniq uzatish, tez yorib o'tib hujum qilishning muvaffaqiyatini ta'minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |