4-modda.
Ushbu Bitim doirasida hamkorlikni amalga oshirishni muvofiqlashtirish maqsadida Tomonlar mas’ul bo‘linmalar va shaxslar to‘g‘risida bir-birlarini qisqa muddatlarda yozma ravishda xabardor qiladilar.
Mas’ul bo‘linmalar va shaxslar o‘zgartirilgan taqdirda, Tomonlar ushbu o‘zgarishlar to‘g‘risida bir-birlarini xabardor qiladilar.
5-modda.
Tomonlar ushbu Bitim doirasida olinayotgan axborotning maxfiyligini ta’minlashlari lozim hamda bunday axborot uchinchi shaxslarga faqatgina boshqa Tomonning oldindan yozma roziligi olingandan so‘ng taqdim qilinishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi davlat siri va Turkmaniston davlat sirini tashkil qiluvchi ma’lumotlar ushbu Bitim doirasida taqdim qilinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |