Barqaror birikmalar reja: Barqaror birikmalar haqida ma'lumot. Turg'un birikmalarning turlari



Download 20,07 Kb.
bet2/3
Sana20.07.2022
Hajmi20,07 Kb.
#825294
1   2   3
Bog'liq
BARQAROR BIRIKMALAR

Tasviriy ifodalar – predmet, voqea va hodisalarning o'z nomi bilan emas, balki ularning xarakterli belgi xususiyatlarini tasviriy usul orqali ifodalash jarayonidir. Masalan, oq oltin – paxta, oq oltin ijodkorlari –paxtakorlar, kumush tola – pilla, zangori kema kapitanlari – mexanizator-lar va hokazo.
Tasviriy ifodalar uslubiy vosita sifatida nutqqa ko'tarinkilik, obrazlidlik baxsh etadi, jamiyat taraqqiyoti talablaridan kelib chiqib, lug'at tarkibini boyitadi. Nutq jarayonida takrorlardan, qaytariqlardan, qochish imkonini beradi, notiqni so'zamollikka, tinglovchini esa falsafiy mushohada etishga undaydi. Shuningdek, tasviriy ifodalar faqat jozibadorlik va obrazlilik, nutqni boyitish, uning mazmunini kuchaytirish uchungina emas, balki jamiyatning olg'a qadam qo'yishiga to'sqinlik qilayotgan illatlarni fosh qilish, ulardan kulish va ulraga qarshi kurashga chaqirish maqsadida ham ishlatiladi. Binobarin, tasviriy ifodalar predmet, voqea­hodisalarning o'z nomi orqali yuzaga chiqmagan muhim xususiyatlarini tasvirlab, bo'rttirib, izohlab va to'ldirib ko'rsatishda muhim nutqiy vosita hisoblanadi.
Har bir tilning lug'at tarkibi ustida olib borilgan ishlar shuni ko'rsatadiki, so'z ma'nolarining o'zgarishi tasodifiy bir hol bo'lmay, balki jamiyat taraqqiyoti bilan chambarchas bog'liq qonuniy hodisadir. Jamiyat taraqqi-yoti natijasida vujudga kelgan yangi predmet, tushunchalar har doim ham yangi so'zlar orqaligina ifodalanmay, balki predmetning ma'lum belgi­ xususiyatlarini, o'ziga xos tomonlarini ochib beruvchi so'z ma'nolari orqali ham tasvirlanadi. Shunga ko'ra, so'z ma'nolari ko'chadi, kengayadi yoki torayadi.
So'z ma'nolarining kengayishi va ko'chgan holda qo'llanishi tilning, ayniqsa, lug'at tarkibining boyligini oshiruvchi omillardan biridir. So'zlarni ko'chma ma'noda qo'llash lug'at boyligini ko'rsatuvchi, uslub ravonligi, ifoda mazmundorligini ta'minlovchi, obrazlilik yaratishga xizmat qiluvchi muhim vositadir.
Ma'lumki, so'z ma'nosining ko'chish yo'llari metafora, metonimiya, sinekdoxa va vazifadoshlikdir. Tasviriy ifodalar hosil bo'liishda ushbu usullarning ahamiyati katta. Masalan: oq oltin – paxta (metafora usulida), o'zbek romanchiligi maktabining asoschisi – Abdulla Qodiriy (metonimiya usulida), charm qo'lqop ustaci – bokschi (sinekdoxa usulida), fazogir – kosmonavt (vazifadoshlik usulida) kabilarda muayyan narsa­predmetga xos belgining nomi boshqa narsa­predmetdagi belgiga nom sifatida ko'chirilgan. Shunga ko'ra, tasviriy ifodalar hosil bo'lgan.
Tasviriy ifodalar ko'proq ot va sifat turkumlariga mansub bo'ladi. Tasviriy ifodalar ba'zan ikki predmetga bitta tasviriy ifoda (aql gimnastikasi – matematika, shaxmat) yoki bitta predmetga ikkita tasviriy ifoda qo'llanishi (zangori ekran, oynai jahon – televizor) mumkin.


Download 20,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish