Barno turdixodjaevna xalmatova, maktuba xabibullaevna mirraximova


Chala tug’ilgаn va vazni kam bоlаlаrni pаrvаrish qilish



Download 1,27 Mb.
bet134/170
Sana12.10.2022
Hajmi1,27 Mb.
#852584
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   170
Bog'liq
Халматова 2014-узб.лотин

14.4. Chala tug’ilgаn va vazni kam bоlаlаrni pаrvаrish qilish
Muddatidan oldin tug’ilgan chaqaloqlarga yordam quyidagi bosqichlarda olib boriladi:
Birinchi bosqich - tug’ruqxonada intensiv parvarish va davo chorlari olib borilishi
Ikkinchi bosqich - maxsus bo’limlarda parvarishni olib borish
Uchinchi bosqich - oilaviy poliklinikasida doimo nazorat ostida bo’lishlari kerak.
Birinchi bosqich maqsadi - chaqaloq hayotini saqlab qolish, zarur paytda intensiv davo terapiyasini olib borish, diqqat bilan parvarish va kuzatuvni o’z ichiga oladi.
Tug’ilgandan 1- soatga yetmasdan chaqaloqni muddatiga yetmasdan tug’ilgan chaqaloqlar boks turidagi honaga yoki ahvoli og’ir bo’lsa ORIT bo’limlariga o’tkazilishi kerak. Uyiga tana vazni 2000 grdan ortiq, sog’lom bo’lgan chaqaloqlar yuboriladi, qolgan muddatiga yetmay tug’ilgan chaqaloqlar maxsus bo’limga ikkinchi bosqich bo’yicha parvarish qilinish uchun o’tkaziladi.
Ikkinchi bosqichning maqsadi - reabilitasion - davolash. Gipoksiya, miyada qon aylanishi buzilishi, sariqlik, pnevmoniyani bartaraf etish va anemiya, raxit, gipotrofiyani oldini olishga qaratilgan. MNS buzilishi kuzatilgan chaqaloqlarda asosiy reabilitasion vositalari DFK, massaj va suvdagi mashqlar o’tkaziladi. Ikkinchi bosqichdagi chaqaloqlarni bo’limdan chiqarish uchun individual ko’rsatmalar: kasalliklar yo’qligi, dastlabki tana vaznini tiklanishi va ortishi, gemoglobin miqdori normada bo’lishi lozim. Chaqaloq haqidagi ma'lumot mahalla shifokoriga yuboriladi.
Parvarish xususiyatlari. Chaqaloq uchun qulay mikroklimatik sharoit yaratish - palata harorati 24-26º C, namlik 60% bo’lishi kerak. Juda erta muddatidan oldin tug’ilgan chaqaloqlar yoki og’ir chala tug’ilgan chaqaloqlar kuvezlarda parvarish qilinishi kerak. Kuvezlarda xarorat 32-36ºC, namlik dastlabki kunlarda 90%, keyinchalik 60-55% bo’lishi kerak. Chaqaloq tana haroratini 36,5-37 º Cda ushlab turish va chaqaloqni qizib ketishdan va sovuq qotishdan saqlash zarur. Oksigenasiya darajasi individual tanlanadi. Kuvezlar dezinfeksiyasi va almashtirish har 2-3 kunda o’tkaziladi. Krovatchalarga o’tkazish uchun chaqaloqda nafas yetishmovchiligi bo’lmasligi, tana harakati doimo bir hil normada bo’lishi, minimal oksigenasiyaga ko’nikishi kerak bo’ladi. Isitish uchun maxsus qizdiruvchi krovatchalar, termomatras, termosaqlovchi yo’rgak, grelka bo’lishi kerak. Muolajalar uchun isituvchi vositasi bo’lgan yo’rgaklovchi stollar, nur bilan isituvchi lampalar bo’lishi lozim. Ximoyalovchi engiga ega bo’lgan yo’rgaklar kiydiriladi.
Asosiy e'tiborni chaqaloqlarni ahvoliga qaratish kerak, tana harakati va namligini, kuvez ishlash parametrlarini va ishlashini, sanitar - gigienik ishlarini qatttiq nazorat ostida ushlash va epidemiyaga qarshi rejimlarni boshqarib va kuzatib turish kerak.
Ona shaxsiy gigienaga rioya qilishi va bola parvarishida sanitariya qoidalariga e'tibor berishi zarur.
Chala tug’ilgan chaqaloqlarni ovqatlantirishni o’ziga xos xususiyatlari bor. Bular chaqaloqning oziq maxsulotlariga talabini kuchliligi, oshqozon-chaktizimining yetarli darajada rivojlanmaganligiga asoslangan. Ko’krak suti homila muddatiga qarab tarkibi o’zgaradi.
Yangi tug’ilgan chaqaloq uchun ko’krak suti kam bo’lsa qabul qilishi yaxshi bo’ladi. Ko’krak sutini ba'zan sog’ib turilishi tavsiya etiladi. Ko’krak suti umuman bo’lmaganda chala tug’ilgan chaqaloqlar uchun sun'iy aralashmalar beriladi. Chaqaloq holatiga qarab ko’krak bilan, qoshiq yoki zond orqali ovqatlantiriladi. Ovqatlanish soni oziqlantirish turiga, chaqaloqning oshqozonida sutni ushlab turish xususiyatiga va so’rish faolligiga bog’liq.
"Kam vaznli chaqaloqlar" ni parvarishidagi qiyinchiliklar:
- 2,500 gr bo’lgan chaqaloqlarda o’lish va kasallik xavfi nisbatan yuqori.
- 2,500 grdan yuqori tug’ilgan chaqaloqlar nisbatan ko’proq parvarishga muxtoj.
- sog’lom tug’ilgan chaqaloqlarga nisbatan tug’ruqxonada ko’p vaqt qolishadi.
- ko’pincha yordam ko’rsatishning boshqa bosqichlariga muqtoj bo’lishadi.
"Kam vazn bilan tug’ilgan chaqaloqlar parvarishi"
1.Profilaktika chora tadbirlarini universal ravishda olib borish (shifoxona ichi infeksiyasini oldini olish).
2.Gipotermiyaning profilaktikasi
- yangi tug’ilgan chaqaloqni issiq quruq yorgak bilan artish
- operasiya xonasida va tug’ruq zalida harorat 25º C < kam bo’lmasligi kerak.
- darxol chaqaloqni onani ko’kragiga qo’yish kerak va o’sha joyda uning nafas olishi va yurak urishini tekshirish kerak.
- chaqaloqga issiq paypoqlarni va qo’lqopchalarni kiydirish, onasini va bolani ustiga issiq odeyallar bilan o’rab qo’yish kerak.
- har 30 minutda chaqaloqning tana haroratini o’lchab turish lozim, dastlabki tug’ruq zalida xar 2 soat ichida.
3. Gipoglikemiyani profilaktika qilish maqsadida
- kaloriyani tiklash uchun ko’krak bilan boqishni tug’ruqdan so’ng 1-2 soat ichida boshlash kerak.
4.Tug’ruq zalida 2 soat davomida har 30 minutda chaqaloqning ko’krak bilan boqishni kuzatib turish kerak.
5. Tug’ruq zalida tug’ruqdan keyin 2 soat davomidi har 15 minut va har 30 minut davomida chaqaloqning nafas olishini tekshirib turish lozim.
- chuqur nafas chiqarish bor yo’qligi aniqlanadi.
- nafas olish sonini sanash, agarda nafas olish soni 1 daqiqa ichida 30 tadan kam bo’lsa yoki 60 dan ko’p bo’lsa , qaytadan o’lchanishi kerak.
- ko’krak qafasi ko’tarilishi yoki burun qanotlari kerilishi bor yo’qligi aniqlanadi.
6. "Kam vaznli chaqaloq " bilan onani tug’ruq zalida yolg’iz tashlab ketish mumkin emas.
- "Kam vaznli chaqaloq " va uning onasi bilan tug’ruq zalida tibbiy xodimlardan bittasi bo’lishi kerak.

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish