Bog‘cha yoshidagi bola shaxsining rivojlanishiga muloqotning ta’siri.
Bog„cha yoshidagi bolalar shaxsining shakllanishiga ko„ra bu davrni uch
qismga ajratish mumkin: Birinchi davr–bu 3–4 yosh oralig„ida bo„lib, bola
emotsional jihatdan o„z–o„zini boshqarishning mustahkamlanishi bilan
bog„liqdir. Ikkinchi davr–bu 4–5 yoshni tashkil qilib axloqiy o„z – o„zini
boshqarish. Uchinchi davr esa shaxsiy ishchanlik va tadbirkorlik
xususiyatining shakllanishi bilan xarakterlanadi.
15
Axloqiy tushunchalar manbai bo„lib ularning ta‟lim – tarbiyasi bilan
shug„ullanayotgan kattalar, shuningdek, tengdoshlari ham bo„lishi mumkin.
Axloqiy tajribalar asosan muloqot, kuzatish, taqlid qilish jarayonida, shu
bilan birga kattalarning, ayniqsa onalarning maqtovi va tanqidlari orqali
o„tadi va mustahkamlanadi. Bola doimo baho, ayniqsa maqtov olishga
harakat qiladi. Bu baho va maqtovlarning bola shaxsidagi muvaffakiyatga
erishishga harakat xususiyatining rivojlanishida, shuningdek, uning shaxsiy
hayoti, hamda kasb tanlashida ahamiyati juda katta.
Bog„cha yoshidagi davrda bolalarda muloqotning yangi motivlari yuzaga
keladi. U shaxsiy va ishbilarmonlik motivlaridir. Shaxsiy muloqot motivlari
bu –bolaning tashvishga solayotgan ichki muammolari bilan bog„liq,
ishbilarmonlik motivlari esa u yoki bu ishni bajarish bilan bog„liq bo„lgan
motivlardir. Bu motivlarga asta – sekinlik bilan bilim, ko„nikma va
malakalarni egalash bilan bog„liq bo„lgan o„qish motivlari qo„yiladi. Bu
motivlar ilk bolalik davrdan boshlanib yuzaga keladigan bolalarning tabiiy
qiziquvchanligi o„rnida paydo bo„ladi. O„zini ko„rsatish motivlari ham bu
yoshda yaqqol namoyon bo„ladi. Bu motiv asosan bolalarning syujetli – rolli
o„yinlarda asosiy rolni egallashga boshqalar ustidan rahbarlik qilishga,
musobaqaga kirishishga qo„rqmasligida, nima bo„lganida ham yutishga
harakat qilishlarida ko„rinadi. Maktabgacha yosh davri bolalari uchun kattalar
beradigan baholari juda muhim. Bolalar birinchi navbatda maishiy axloq
norma va qoidalarni, o„z majburiyatlariga munosabat, kun tartibiga rioya
etish, hayvon va narsalar bilan muomala qilish normalarini egallaydilar.
Bunday normallarni egallash bu yoshdagi bolalar uchun qiyin hisoblanib,
ularni yaxshi o„zlashtirish uchun syujetli – rolli o„yinlar yordam berishi
mumkin. Bog„cha yoshining oxirlariga kelib, ko„pchilik bolalarda aniq bir
axloqiy qarashlar tarkib topadi, shuningdek, odamlarga munosabat bilan
16
bog„liq bo„lgan shaxsiy sifatlar ham shakllanadi. Kishilarga nisbatan diqqatli,
mehribon bo„lish xususiyatidir. Katta yoshdagi bolalar ko„p hollarda o„z xatti
– harakatlari sababini tushuntirib bera oladilar .
3–3,5 yosh oraligida o„zlarining muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklariga o„z
munosabatlarini bildiradilar va bu munosabat, asosan ularning o„zlariga
beradigan baholari asosida bo„ladi. 4 yoshli bolalar esa o„z imkoniyatlarini
real baholay oladilar. Lekin 4 –5 yoshli bolalar hali shaxsiy xususiyatlarini
idrok etishga va baholashga qodir emaslar, shuningdek o„zlari haqida ma‟lum
bir xulosani bera olmaydilar. O„z –o„zini anglash layoqati katta bog„cha
yoshidan boshlab rivojlanib avval u qanday bo„lganini va kelajakda qanday
bo„lishini fikrlab ko„rishga harakat qiladi. Bu esa bolalar beradigan «Men
kichkina paytimda qanday bo„lgan edim?», «Men katta bo„lganimda qanday
bo„laman?» singari savollarida ko„rinadi. Kelajak haqida fikr yuritib, bolalar
kelgusida kuchli, jasur, aqlli va boshqa shu singari qimmatli insoniy
fazilatlariga ega bo„lishiga harakat qiladilar.
Kichik va o„rta bog„cha yoshida bola xarakterining shakllanishi davom etadi.
U asosan bolalarning kattalar xarakterini kuzatishlari asosida tarkib topadi.
Shu yillardan boshlab bolada ahamiyatli hisoblangan – iroda, mustaqillik va
tashabbuskorlik kabi ahamiyatli shaxsiy xususiyatlar rivojlana boshlaydi.
Katta bog„cha yoshida bola atrofdagi odamlar bilan turli faoliyatlarda
muloqot va munosabatlarga kirishishga o„rgana boshlaydi. Bu esa unga
kelajakda odamlar bilan til topishishda, ish bo„yicha va shaxsiy
munosabatlarni normal ravishda o„rnata olishida foyda keltiradi. Bu yoshdagi
bolalar shaxsining shakllanishida ularning ota-onalari haqidagi fikrlari va
ularga beradigan baholari nihoyatda ahamiyatlidir.
17
Muloqot – bu ikki yoki undan ortiq odamlar orasidagi axborot almashinuvi
jarayoni bo„lib, bunda o„zaro munosabatlar shakllanishi, ro„yobga
chiqarilishi va namoyon bo„lishi ifodalanadi. Bola shaxsining shakllanishida
muloqotning roli benihoya kattadir.
Muloqot jarayonida muayyan shaxsiy munosabatlar shakllanadi. Bolada
qanday shaxsiy sifatlarning tarkib tapishi ko„p jihatdan uning atrofdagilar
bilan bo„lgan o„zaro munosabati xarakteriga bog„liqdir. Bolaning kattalarga
munosabati ishonchli yoki ishonchsiz, yokimli yoki yoqimsiz va hokazo
bo„lishi mumkin. Xo„sh, bolalarning kattalarga bo„lgan munosabati nima
bilan belgilanadi? Bu munosabat asosida nimalar yotadi? Bunday masalalar
hozircha kam tadqiq qilingan. Ularga nisbatan yondashuvlar mavjud.
M.I.Lisina boshchiligidagi eksperimental tadqiqotlar shuni ko„rsatdiki, inson
ehtiyojining dastlabki yetti yili davomida bolalar va kattalar o„ptasidagi
muloqotning bir necha shakli ketma-ket paydo bo„ladi hamda birbirining
o„rnini almashtiradi.
Muloqot shakllarining asosiylari quyidagilardir: bevosita emotsional
muloqot, biror bir ish yuzasidan vujudga keluvchi muloqot (ishchan
muloqot), ayni paytdagi vaziyatga bog„liq bo„lmagan va bilishga
yunaltirilgan muloqot (bilish muloqot), odam bilan bog„liq masalalar
yuzasidan bo„ladigan muloqot (shaxsiy muloqot).
Dastlab, bevosita - emotsional muloqot paydo bo„ladi. Muloqotning bu shakli
asosida bolaning unga nisbatan diqqat e‟tiborli va mehribon bo„lishlariga
ehtiyoj his etishi yotadi. Keyinchalik muloqotdagi tashabbusni bola o„z
qo„liga oladi.
18
Yilning ikkinchi yarmidan boshlab, nafaqat mehribonlikka ehtiyoj, balki
kattalar bilan hamkorlik qilishga bo„lgan ehtiyoj ham kiritiladi. Bunday
ehtiyoj ishchan muloqot davomida qondiriladi. Bola ishchan muloqotga
kirishganda, kattalardan yordam so„rashi, ularni ma‟lum bir faoliyat bilan
shug„ullanishga taklif etishi va boshqalarni amalga oshirishi mumkin.
Bilish muloqotida bola kattalar bilan atrof olamdagi narsa va hodisalarni
muhokama qiladi. Bunda bola biror bir narsa haqida aytib berishi, savollar
bilan murojaat qilishi, kattalardan biror narsa aytib berishlarini iltimos qilishi
mumkin.
Bunday turdagi muloqotga kirishishdan maqsad kattalardan zarur bo„lgan
axborotni olishdan iborat, shaxsiy muloqotda esa bola kattalar bilan odam
xaqida suhbatlashadi, bunda u o„zining emotsional holatini tariflab berishi,
kattalarni o„zlari haqida gapirib berishlariga undashi mumkin. Bolaning
emotsional qo„llab quvvatlashiga bo„lgan ehtiyoji atrof olamga bo„lgan
munosabati va unga berayotgan bahosi kattalarning munosabat va bahosiga
mos kelishiga intilishi shaxsiy muloqotning asosini tashkil etadi.
M.I.Lisinaning fikricha, aynan shu narsalar bolaning ijtimoiy ehtiyojlari
tarkibida markaziy o„rinni egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |