Barkamol avlodni tarbiyalashda jismoniy tarbiyaning o`rni



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/26
Sana30.12.2021
Hajmi0,6 Mb.
#90631
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
jismoniy tarbiya va soglomlashtirish tadbirlarini ishtimoiy muhitga tasiri

TARBIYANING O`RNI.  

1.1. Barkamol avlodni tarbiyalashda sog’liqqni saqlash 

Odam hayoti, sog’lig’i - eng katga ijtimoiy boylikdir. Bu oila, maktab va inson 

tarbiyasi,  kamoloti  bilan  shug’ullanuvchi  boshqa  maskanlar  oldiga  sog’lom 

turmush tarzini shakllantirish masalasini ko`ndalang qo`yadi. Millat sog’lig’i ham 

tabiiy ravishda, sog’lom turmush tarzi orqali hal etiladi. 

Salomatlik - inson organizmining biologik, ruhiy, jis-moniy holatlari va mehnat 

faoliyatining  muvozanatlashgan  birligidir.  Sixat-salomatlik  har  bir  kishi  uchun 

baxt-saodatdir.  Uning  mehnat  unumdorligi,  mamlakatning  iqtisodiy  qudra-tini, 

xalq  farovonligini  rivojlantirishning  zarur  shartidir.  Umumxalq  mulki  bo`lmish 

sixat-salomatlikka nisbatan ongli va mas`uliyat bilan yondashish jamiyat va uning 

barcha a`zolarining turmush, axloq normasi bo`lmog’i lozim. Salomatlikni saqrash 

va mustahkamlash uchun, avvalo, odam o`z tanasining tuzilishi barcha to`qima va 

a`zolarining normal ishi  faoliyati, o`sishi, rivojlanishi va ko`payishi qonuniyatla-

rini  bilishi  zarur.  Shuningdek,  barcha  tirik  mavjudodlar  kabi,  insonga  ham  xos 

bo`lgan  ushbu  biologik  xususiyatlarni  asrash  va  tobora  takomshshashtirish  uchun 

zarur bo`lgan shart-sharoitni mukammal bilish va yaratish talab etiladi. 

Mamlaktimizda  sog’lom  va  barkamol  avlodni  tarbiyalash,  yoshlarning  o`z 

ijodiy-intellektual  salohiyatini  ro`yobga  chiqarishi,  mamlakatimiz  yigit-qizlarini 

XXI  asr  talabalarga  to`liq  javob  beradigan,  xar  tomonlama  rivojlangan  shaxslar 

etib voyaga etkazish uchun zarur shart-sharoitlar, imkoniyatlarni yaratish bo`yicha 

keng  ko`lamli  aniq  yo`naltirilgan  chora-tadbirlarni  amalga  oshirish  maqsadida 

O`zbekiston  Respublikasida  2010  yil  «Barkamol  avlod  yili»  deb  e`lon  qilindi 

(2010 yil 27 yashar’, PQ - 1271, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori). 

Bu  dasturda  yoshlar  o`rtasida  sog’lom  turmush  tarzini  qaror  toptirish,  ularni 

ichkilikbozlik.  giyohvandlik  illatlaridan,  boshqa  turli  halokatli  tahdidlar  hamda 

biz  uchun  yot  bo`lgan  diniy  va  ekstremistik  ta`sirlardan,  «ommaviy  madaniyat» 

xurujlaridan  himoya  qilishga  doir  kompleks  chora-tadbirlarni  amalga  oshirish 



 

- 16 - 


vazifasi belgilangan. 

Sog’lom  turmush  tarzi    -  falsafa,  psixologiya,  pedagogika  hamda  umumiy 

fiziologiya, anatomiya, gigiena, genetika, ekologiya va boshqa tabiiy fanlar bilan 

mustahkam aloqada bo`lgani bois, ular erishgan uslublarga tayanib ish ko`radi. 

«Sog’lom  turmush  tarzini  shakllantirish»  loyihasi  asosida  talaba  yoshlarning 

sog’lom  turmush  tarziga  ongli  ravishda  amal  qilib,  o`z  hayot  faoliyatlarida 

qo`llashlari  uchun  o`quv-tarbiyaviy  kurelari  yaratildi.  Ana  shu  o`quv-tarbiyaviy 

kurslarni yaratish maqsadida talaba yoshlarda shakllantirilishi kerak bo`lgan fazi-

latlar ishlab chikildi. Quyida «Sog’lom turmush tarzini shakllantirishshing asosiy 

majmui,  maxsus  kurs  va  sog’lom  turmush  tarzini  shakllantiruvchi  fazilatlar 

taqdim etiladi.

 

Sog’liqni  saqlashning  asosiy  tadbiri  –bu  badantarbiyadir.  Sog’lom  turmush 

tarzi  (STT)  va  sog’liqni  saqlashda  Abu  Ali  Ibn  Sino  asosan  etti  narsaga  e`tiborni 

kuchaytirish zarurligini o`qtirib o`tadi: bularga mijozni mo``tadil qilish, eyiladigan 

va  ichiladigan  ovqatlarni  tanlash,  gavdani  chiqindidan  tozalash,  to`g’ri  tuzilishni 

saqlash,  burun  orqali  olinaadigan  havoni  etarli  va  yaxshi  olish,  kiyimga  e`tibor 

berish, jismoniy va ruxiy harakatlarni tartibga solish (shu’ harakat jumlasiga uyqu 

va uyg’oqlik ham kiradi. ) 

 

Mijoz  elementlarning  eng  mayda  bo`laklaridagi  qarama-qarshi  kuchlarning 



bir-biriga  ta`siri  ma`lum  bir  chegaraga  etganda  paydo  bo`lgan  kayfiyatdir. 

Yuqorida  aytib  o`tilgan  elementlarning  dastlabki  turi  to`rt  xil  bo`ladi:  issiqlik, 

sovuqlik, xo`llik vaquruqlik. Umuman olganda, mijoz ikkiga bo`linadi. Birinchisi, 

xaqiqiy  mo`tadil  mijoz  (shartsiz  refleks),  bunda  mijoz  egasidagi  qarama-qarshi 

kayfiyatlarning  miqdorlari  teng  bo`ladi.  Ikkinchisida  (shartli  refleks)  qarama-

qarshi  kayfiyatlar  orasida  mijoz  mutlaqo  o`rtada  bo`lmay,  ikki  tomonning  biriga, 

ya`ni sovuqlik yoki issiqlikka, xo`llik yo quruqlikka yoki har ikkalasiga moyilroq 

bo`ladi.  

 

Olimlarning  odam  umrini  uzaytirish,  kasalikka  duchor  bo`lishning  oldini 



olish  va  sog’lomlashtirishda  yuqorida  aytilgan  elementlardan  foydalanish  yaxshi 


 

- 17 - 


natijalar  bergan  edi.  Afsuski,  odamlar  asta-sekin  mijoz  va  boshqa  tushunchalarni 

unuta boshladilar.  

 

Aholi  o`rtasida  tushuntirish  ishlarini  yuqori  saviyada  olib  borilishi  STT  ga 



e`tiborni  kuchaytirish,  jismoniy  tarbiya  va  sport  bilan  muntazam  shug’ullanish 

ko`pgina  mamlakatlarda  yurak  xastaliklari  bilan  og’rish  ko`rsatkichini  ancha 

pasaytiradi.  tAmerika  olimi  Kennet  Kuper  tomonidan  ishlab  chiqilgan  jismoniy 

mashqlar  to`plami-eerobika  va  sheyping  ko`p  mamlakatlarda  katta  muvaffaqiyat 

bilan  qo`llanib,  ko`pgina  odamlarning  sog’lig’ini  mustaxkamladi  va  yurak 

xastaliklari kasalliklarining oldini olishda samarali vosita bo`lib xizmat qilyapti. 

 

Inson ham aqlan, ham jismonan baquvvat, chiniqqan bo`lmog’i lozim. 



 

Sog’lom  turmush tarzi  (STT)  inson  madaniy,  jismoniy  rivojlanishi,  mexnat 

unumdorligi  va  ijodiy  faoliyatini  oshirishni  o`z  ichiga  oladi.  STT  ning  asosiy 

tarkibiy  qismlari  –samarali  ish  faoliyati,  shaxsiy  gigiena,  zarali  odatlardan  voz 

kechish,  belgilangan  bir  vaqtda  to`g’ri  ovqatlanish,  jismonan  chiniqish,  jismoniy 

tarbiya bilan muntazam shug’ullanib turish.  

 

STT –kasalliklarni oldini olishda asosiy tadbirlardandir. 



STT-  ma`lum  miqdorda  ruhiy  va  jismoniy  talablarni  qoniqarli  darajaa  amalga 

oshirishga  imkon  beradi.  Kun  sayin  sog’lomlashtirish  slubining  turlari  oshib 

bormoqda: jismoniy mashqlar, ovqatlanish me`yori, uyqu, hammomdan fodalanish 

va boshqalar harkat faoliyatini oshirib boradi. 

 

Hamma narsa bir maqsadga- odamlar sog’ligini mustaxkamlashga qaratilgan 



bo`lishi kerak. 


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish