Barkamol avlodni jismoniy


II-BOB. Barkamol avlodni jismoniy tarbiyalashda oila, mahalla va maktab hamkorligining mohiyati, mazmuni, shakllari, mеtodlari va vositalari



Download 121,35 Kb.
bet16/22
Sana11.01.2022
Hajmi121,35 Kb.
#350317
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Bog'liq
Barkamol avlodni jismoniy tarbiyalashda oila, mahalla va maktab hamkorligi.

II-BOB. Barkamol avlodni jismoniy tarbiyalashda oila, mahalla va maktab hamkorligining mohiyati, mazmuni, shakllari, mеtodlari va vositalari





    1. Oila, mahalla, ta’lim muassasasi hamkorligi farzandlarimizning jismonan va ma’nan yetuk bo’lib ulg’ayishida muhim sharti sifatida

“Odamga bolalikdan singdirilgan odatlar yosh daraxt tanasiga o’yib yozilgan qarflarga o’xshaydiki, ular daraxt bilan birga o’sadi va uning ajralmas qismiga aylanib qoladi”.


Viktor Gyugo

Har bir millat o’z istiqbolini kamolga yetayotgan yoshlari timsolida ko’radi. Shu bois mamlakatimizda istiqlol yillarida navqiron avlod o’rtasida sog’lom turmush tarzini keng qaror toptirish, ularni turli zararli ta’sirlardan asrash, pirovardida barkamol inson sifatida tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

Bu borada davlat idoralari bilan birga, jamoat tashkilotlari, xususan, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, uning hududiy tuzilmalari, yurtimizda mavjud 10 mingga yaqin fuqarolar yig’inlarining ham salmoqli hissasi bor.

Yoshlarimiz ma’naviy olamini yuksaltirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Hozirgidek murakkab sharoitda milliy o’zligimiz, azaliy qadriyatlarimizga yot bo’lgan xurujlar, ularning ongi hamda qalbini egallashga qaratilgan g’arazli intilishlar tobora kuchayib borayotgani har birimizdan yanada hushyor va ogoh bo’lishni talab etmoqda.

Dunyoda kechayotgan globallashuv jarayonlari, ayniqsa, yoshlar ta’lim- tarbiyasiga mas’ul vazirlik, idora hamda tashkilotlar, ota-onalar, mahallalar faollari, qo’ni-qo’shni, ta’lim muassasalari o’qituvchi va murabbiylari hamda jamoatchilik zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Zero, ertamiz egalarini yurtparvar, insonparvar, yuksak ma’naviyatli, ulug’ ajdodlarimizga munosib vorislar qilib voyaga yetkazish bugungi kunda muhimdir.

Bunda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-iyundagi “Barkamol avlodni tarbiyalashda oila instituti va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining ta’lim muassasalari bilan o’zaro hamkorligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori dasturilamal bo’lib xizmat qilayotir. Binobarin, mazkur hujjat asosida O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligida tashkil etilgan “Oila- mahalla- ta’lim muassasasi” hamkorligi jamoat kengashi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar hamda viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, shuningdek, xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo’limlari, umumta’lim maktablari huzuridagi hududiy jamoat kengashlari izchil faoliyat yuritayapti.

Ularning sa’y-harakatlari bilan oila, maktab, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, fuqarolar yig’inlari o’rtasida hamkorlik tobora mustahkamlanib borayotir. Ota-onalarning farzand tarbiyasidagi rolini oshirish hamda yoshlar tarbiyasiga oid huquqiy, ma’naviy-axloqiy, fiziologik bilim va ko’nikmalarini mustahkamlashga ko’maklashish, ta’lim-tarbiya sifatini o’rganish, uni yanada yaxshilash, yoshlarning dars jarayoniga to’la qatnashishini ta’minlash bo’yicha jamoatchilik nazoratini kuchaytirish borasida ham muhim choralar ko’rilmoqda.

2017 yilning o’tgan 9 oyi davomida ushbu hamkorlik doirasida mahallalar hamda ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya sifatini o’rganish, o’quvchilarning dars jarayoniga jalb etilishi, muntazam qatnamaydigan o’quvchilar ota-onalari o’rtasida tushuntirish ishlarini olib borish bo’yicha 75 mingga yaqin targ’ibоt tadbirlari o’tkazilgan. Ta’lim muassasasi, mahalla faollari tomonidan bunday o’g’il- qizlarning darsga qatnashishi, ularning ta’lim-tarbiyasi va odobini alohida nazoratga olish, mas’ullarni biriktirish, turli to’garaklarga jalb etish ham doimiy nazoratda.

Bundan tashqari, joriy yilning aprel - may oylarida “Oila - mahalla - ta’lim muassasasi” hamkorligi hududiy jamoat kengashlari a’zolari uchun o’quv- seminarlar o’tkazilgan. Ularda 42 mingdan ortiq hududiy jamoat kengashlari a’zolari, shu jumladan, 17 ming nafardan ziyod diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy

tarbiya masalalari bo’yicha maslahatchilar hamda fuqarolar yig’inlari raislari ishtirok etgan.

Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy, vatanparvarlik ruhida kamolga yetkazish, ularni turli zararli ta’sirlardan himoya qilish, mustaqilligimiz va hayotimizga xavf tug’dirishi mumkin bo’lgan harakatlarga qarshi targ’ibоt-tashviqot ishlarini manzilli tashkil etish hamda milliy qadriyat va urf-odatlarning yoshlar tarbiyasidagi o’rni mavzuida mahallalarda 40 mingga yaqin tadbirlar o’tkazilgan. Ularga 1 million 480 mingga yaqin yoshlar ham qamrab olingan.

Ayni chog’da fuqarolar yig’inlari tomonidan yoshlarni to’garaklarga, jismoniy tarbiya va sportga jalb etishga katta e’tibor qaratilayotganini aytish zarur. Xususan, hozirgi vaqtda mahallalarda 30 dan ziyod sport turi bo’yicha to’garaklar faoliyati yo’lga qo’yilgan hamda ularga jami 1 million 400 mingdan ortiq bolalar shug’ullanishmoqda.

Darhaqiqat, yosh avlod vakillarining har jihatdan sog’lom va barkamol ulg’ayishida sportning o’rni beqiyos. Shu sababli “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda an’anaviy “Futbolimiz kelajagi”, “Mahallamiz pahlavonlari”, “Biz - aql-idrokli oilalarmiz”, “Otam, onam va men - sportchilar oilasi” kabi sport musobaqalari har yili o’tkazib kelinmoqda.

“Futbolimiz kelajagi” musobaqasi

Turnir bahslari 8786 ta fuqarolar yig’inida o’tkazilib, ularda 1 million 294 ming nafarga yaqin yoshlarimiz qatnashgan. Tahlillarga ko’ra, joriy yilda ishtirok etgan yoshlar soni o’tgan yildagiga nisbatan 33 ming nafarga ortgan. Musobaqalar zamonaviy futbol maydonlarida tashkil qilindi. Uning mahallalararo bosqichlarini o’tkazish uchun Fond hisobidan 41,4 million so’m, homiylar tomonidan esa 171,4 million so’m sarflangan.

“Biz - aql-idrokli oilalarmiz” bellashuvi

Joriy yilda ushbu musobaqaning mahallalar-aro bosqichi 8 ming 591 fuqarolar yig’inida o’tkazildi. Ularga oilalarning 242 ming 446 nafar a’zosi jalb qilindi. Bu 2015-yildagiga nisbatan 13 mingta ko’p deganidir.

Tuman (shahar) bosqichlarida 2 mingga yaqin oilaning 10 mingdan ziyod a’zolari ishtirok etgan bo’lsa, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichida 195 ta jamoaning 1100 dan ziyod vakillari o’z imkoniyatlarini sinovdan o’tkazdi.

“Otam, onam va men - sportchilar oilasi” turniri

Turnirning mahallalararo bosqichi 8 ming 705 ta fuqarolar yig’inida yuqori saviyada uyushtirilib, ularda oilalarning 282 ming nafardan ortiq a’zolari qatnashdi. O’tgan yili ushbu ko’rsatkich 8 ming 369 ta va 249 ming 696 nafardan iborat edi.

Bu maqsadlar uchun “Mahalla” fondi hududiy bo’linmalari tomonidan 5 million so’mdan, homiylar hisobidan 211 million so’mdan ziyod mablag’ sarflandi.

“Mahallamiz pahlavonlari” bahslari

13-14 yoshdagi 46, 50, 55 kg. vaznlarda o’g’il bolalar va 44, 48, 52 kg. vaznlarda qiz bolalar o’rtasidagi kurash bellashuvlari 8 ming 770 ta mahallada uyushqoqlik bilan o’tkazildi. Bu o’tgan yildagiga qaraganda 339 ta ko’p deganidir. Shunga mos ravishda ishtirokchilar soni ham ortdi: 2015-yili 164 ming 356 nafar edi. 2017 yilda 187 ming 254 nafar o’g’il-qiz qatnashdi.

Bunga Fond hududiy tuzilmalari tomonidan 6,1 million so’m, vazirlik hamda idoralar, homiylar tomonidan 261,1 million so’m mablag’ yo’naltirildi.

Umuman olganda, yoshlarimizni har jihatdan yetuk insonlar qilib voyaga yetkazish borasida olib borilayotgan keng ko’lamli ishlar, kompleks chora- tadbirlar natijasida ular ilmu fanda, sportda o’zga yurtlar yoshlaridan aslo kam emasliklarini isbоtlashmoqda. Zero, islohotlardan ko’zlangan ezgu maqsad ham ana shundan iborat


    1. Download 121,35 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish