Asosiy tayanch tushunchalar:
Bozor iqtisodiyoti - tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun - qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir.
Bozor mexanizmi - bozor iqtisodiyotining faoliyat yuritishini tartibga solishni va iqtisodiy jarayonlarni uyg’unlashtirishni ta’minlaydigan dastak va vositalardir.
Bozor - ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar (sotuvchilar va haridorlar) o’rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida bo’ladigan munosabatlar yig’indisidir.
Bozor obьekti - bozorga, ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan iqtisodiy faoliyatning natijalari va iqtisodiy resurslar, tovar, pul va unga tenglashtirilgak Moliyaviy aktivlardir.
Bozor sub’ekti - bozorning, ayirboshlash munosabatlarining Katnashchilaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |