Barkamol avlod – jamiyat taraqqiyotining yetakchi kuchi



Download 46,46 Kb.
bet3/4
Sana23.02.2022
Hajmi46,46 Kb.
#152534
1   2   3   4
Bog'liq
Barkamol avlod

Етук ёшлар – юрт таянчи


10.02.10.Ўзбекистон Президенти Ислом Каримовнинг 2010 йил 27 январда қабул қилинган “Баркамол авлод йили” Давлат дастури тўғрисида”ги қарорида ёшларни ҳуқуқий ва ижтимоий муҳофаза қилишни таъминлаш, баркамол авлодни миллий ва умуминсоний қадриятлар руҳида тарбиялаш масаласига алоҳида эътибор қаратилган.
Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлигида мазкур қарор ижросини таъминлаш мақсадида ташкил этилган тарғибот гуруўи томонидан коллеж ва лицейларда қатор тадбирлар ўтказилмокда. Ёшлар иштирокида ташкил этилаётган бевосита мулокотлар чоғида уларнинг билим ва тафаккурини ҳар томонлама бойитиш, ижтимоий фаоллигини оширишга катта эътибор қаратилаётир.
Шундай тадбирлардан бири пойтаxтимизнинг Шайxонтохур туманидаги Менежмент ва теxнологиялар коллежида бўлиб ўтди.
Тадбирда ёшлар манфаатларига xизмат қилувчи миллий ва xалкаро ҳуқуқ асослари мутаxассислар томонидан атрофлича тушунтирилди. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси, БМТнинг Бола ҳуқуқлари тўғрисидаги конвенцияси ва ушбу ҳужжат асосида юртимизда қабул қилинган “Бола ҳуқуқлари кафолатлари тўғрисида”ги қонун ҳақидаги чиқишлар ўқувчиларда катта қизиқиш уйғотди.
Одам савдоси, экологик маданият, солиқларнинг давлат ва жамият олдидаги аҳамияти, репродуктив саломатликка оид мавзуларда маърузалар тингланди.
ЎзА
Prezident Islom Karimov poytaxtimizda amalga oshirilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Har bir xalqning muqaddas qadamjolari bo`ladi. Inson bunday joylarda o`z orzu-umidlarini ko`radi. Shu ma`noda, Mustaqillik maydoni barcha yurtdoshlarimiz uchun aziz va mo``tabar maskan hisoblanadi.

Istiqlolimizning 14 yilligi arafasida mamlakatimizning bosh maydonida Ezgulik arkasi bunyod etildi. shanda arkani ko`zdan kechirgan Prezident Islom Karimov bunday degan edi:

- Endi turmush qurayotgan kelin-kuyovlarimiz ezgu niyat bilan shu darvozadan o`tib, mo``tabar siymo qarshisida bir zum o`yga tolsa, qalblaridagi orzu-istaklari haqida o`ylasa, o`zlariga, o`zgalarga baxt tilasa. Nazarimda bu siymo bag`riga go`dagini bosib turgan, yuzida shukronalik, hayotga muhabbat, o`zining, farzandining kelajagiga ishonch balqib turgan yosh o`zbek ayoli - baxtli ayol timsoli bo`lishi kerak. Negaki, ayol baxtli bo`lsa, oila baxtli bo`ladi. Oila baxtli bo`lsa, jamiyat baxtli bo`ladi.

Prezidentimizning bu olijanob taklifi amaliy ifodasini topdi. Vatanimizning bosh maydonida baxtiyor ona monumenti qad rostladi.

Yangi yil bayrami arafasida - 28 dekabr` kuni Prezidentimiz Islom Karimov ushbu monument poyiga gulchambar qo`ydi.

- Biz go`zal poytaxtimiz Toshkentning qoq markazida, Mustaqillik maydonida istiqlolimizning dastlabki kunlarida o`rnatilgan mazkur monumentga Mustaqillik monumenti deb nom berganmiz, - dedi davlatimiz rahbari. - Bugun uning yoniga baxtiyor ona siymosini ifodalaydigan yangi haykal qo`yildi.

Shu sababli o`zining chuqur va keng ma`no-mazmuni bilan barchamiz uchun aziz bo`lgan ikki muqaddas qadriyatni o`zida mujassamlashtirgan ushbu majmuaga "Mustaqillik va ezgulik monumenti" deb nom bersak, o`ylaymanki, jamoatchiligimiz, xalqimiz bu fikrni har tomonlama qo`llab-quvvatlaydi.

Chunki mustaqillik va ezgulik tushunchalarini bir-biridan ayri holda tasavvur etib bo`lmaydi. Barchamizga ma`lumki, ona siymosi biz uchun azaldan mehribonlik, fidoyilik, bir so`z bilan aytganda, ezgulikning yorqin timsoliga aylangan.

Mana shu ikki buyuk qadriyat zamirida xalqimizning asriy intilishlari, ezgu orzu-umidlari, bu majmuaning siyosiy va insoniy ma`nosi yaqqol mujassam, desak, xato bo`lmaydi. Tasavvur qiling, olijanob niyatlar bilan yangi oila qurayotgan minglab yosh yigit-qizlarimiz Mustaqillik maydonidagi Ezgulik arkasidan o`tib, oq poyondoz shaklidagi keng yo`lakdan yurib, ushbu monument poyiga ziyoratga kelar ekan, farzandini bag`riga bosib turgan baxtiyor ona siymosida o`zining beg`ubor, pok orzularini ko`rgandek bo`ladi.

Mustaqillik va ezgulik degan iborada bizning yillar davomida ko`z qorachig`idek asrab-avaylab, kelajak avlodlarga etkazadigan eng katta boyligimiz, eng qimmatli yutug`imiz o`z aksini topgan. Shu ma`noda, bizning uzoqni o`ylab, aynan mana shu monumentni Vatanimizning yuragi bo`lgan Mustaqillik maydonida barpo etganimiz katta mohiyat va ahamiyatga ega, dedi Prezidentimiz.

Men mana shunday tabarruk maskan, hech shubhasiz, butun xalqimiz uchun, avvalambor, yoshlarimiz uchun mo``tabar qadamjo bo`lib qolishiga ishonaman. Ayni paytda u xorijiy mehmonlarimiz uchun ham ziyoratgohga aylanadi, deb umid qilaman.

Islom Karimov ushbu monumentning Yangi yil bayrami arafasida ochilayotganida ham o`ziga xos ma`no borligini ta`kidladi.

- Mustaqillik va ezgulik monumenti - yaxshi niyatlarimiz, beg`ubor orzularimizning ifodasi. Yaqinlashib kelayotgan 2006 yil yurtimizga qut-baraka olib kelishiga, baxtli-saodatli va fayzli yil bo`lishiga ishonaman, - dedi Yurtboshimiz.

Mamlakatimiz rahbarining fayz va barakotga alohida urg`u berishi bejiz emas. Pok niyatlarimizga, ezgu intilishlarimizga shu kuni erta tongda yog`a boshlagan qor ham o`ziga xos tasdiq bo`ldi. Bu dala-dashtlarimizga yog`ilajak qut-barakadan nishonadir.
Prezident Islom Karimov "Yoshlik" talabalar shaharchasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va ta`mirlash ishlari bilan ham tanishdi.

Istiqlol yillarida mamlakatimizda yosh avlodning sog`lom va barkamol bo`lib voyaga etishi masalasiga davlat siyosati darajasida e`tibor qaratilmoqda. Ayniqsa ana shu ezgu maqsadlarga erishish yo`lida ta`lim tizimidagi islohotlar uzviyligini, ta`lim va tarbiyaning o`zaro uyg`unligini hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga tayanishini ta`minlashga alohida ahamiyat berilayotgani tahsinga sazavordir.


Zamon talablari asosida barpo etilayogan ta`lim maskanlari, ularning zarur o`quv jihozlari va texnik uskunalar bilan ta`minlanishi, yaratilayotgan yangi o`quv standartlari, dastur va qo`llanmalar, ilg`or pedagogik texnologiyalarning amaliyotga joriy etilishi yoshlar kamoloti yo`lida davlatimiz rahbari tomonidan ko`rsatilayotgan g`amxo`rlikning amaliy ifodasidir.

Talabalar shaharchasining qiyofasi tubdan o`zgardi. Bu erda olib borilgan keng ko`lamli qurilish-ta`mirlash, obodonlashtirish hamda ko`kalamzorlashtirish ishlari nihoyasiga etkazildi. Ilgari "yotoqxona" deb atalgan g`arib binolar bugungi kun nuqtai nazaridan, talaba yoshlarning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda qisqa vaqt ichida tubdan kapital ta`mirlandi, atrofida yangi yo`l va yo`laklar barpo etildi. Daraxtlarga shakl berilib, yangi ko`chatlar ekildi, maydonlar ko`kalamzorlashtirildi.

Davlatimiz rahbari yoshlarning darsdan bo`sh vaqtini mazmunli va unumli o`tkazishlari uchun yaratilgan qulaylik va sharoitni ko`zdan kechirdi.

- Farzandlarimizning bo`sh vaqtini to`g`ri tashkil etish, ular uchun munosib turmush sharoiti yaratish masalasi doimo diqqat markazimizda bo`lmog`i lozim, - dedi Yurtboshimiz. - Bunday zamonaviy shart-sharoitga ega binolar "Talabalar uyi" emas, "Talabalar turar-joyi" deb atalishi maqsadga muvofiq. Ammo turar-joy degani kazarma emas. Kazarma armiyada bo`ladi.

Shu o`rinda Prezidentimiz "kazarma" tushunchasiga alohida e`tibor qaratib, hatto armiyada ham kazarmadan voz kechish lozimligini ta`kidladi. Yoshlarimizga - xoh askar bo`lsin, xoh talaba - bir xil, teng qarashimiz, zarur sharoit yaratishimiz lozim.

Islom Karimov Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti hamda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent Davlat texnika universitetida tahsil olayotgan talabalarning turar-joylarida bo`lib, ularni qayta jihozlash borasida tegishli tavsiya va yo`l-yo`riqlar berdi. Jumladan, talabalar turar-joylaridagi xonalarning doimiy ravishda orasta va fayzli bo`lishiga erishmoq darkor.

Zamonaviy mebel`, jihozlar, texnika vositalari, maishiy uskunalar bilan ta`minlangan komp`yuter, sport, yuvinish xonalari, kutubxona va oshxonalardan oqilona foydalanish yoshlarimizning madaniy saviyasini oshiribgina qolmay, bilim va tafakkuriga ham o`zining ijobiy ta`sirini ko`rsatadi. Zero, yoshlarimiz boshqalardan kam bo`lmagan munosib sharoitda yashashga, ta`lim-tarbiya olishga haqli.


Prezidentimiz shaharchadagi Talabalar ma`naviyat va ma`rifat markazida bir guruh talaba yoshlar bilan uchrashdi. Ularning o`y-fikrlari, orzu-intilishlari va kelajakdagi rejalari bilan qiziqdi.

Etarli darajadagi bilim va salohiyatga ega insonda g`urur va iftixor ham yuksak bo`ladi, deb ta`kidladi davlatimiz rahbari. Yoshlarimiz hayotning murakkab jihatlarini to`g`ri anglay oladigan, sabab va oqibatning negiziga etib boradigan, bunday tushunchalarning ma`no va mazmunini chaqadigan avlod bo`lib etishishlariga ishonaman. Shaharchada amalga oshirilgan bunyodkorlik, obodonlashtirish, ta`mirlash ishlari ana shu ezgu maqsadlarga qaratilgan. Binobarin, qulay, zamonaviy sharoit yoshlarimizning mustaqil fikrining shakllanishida, tafakkur doirasining kengayishida, ilmga bo`lgan qiziqishining kuchayishida, qalbida ona-Vatanga, xalqiga nisbatan mehr-muhabbatni mustahkamlashda katta ahamiyat kasb etadi.

Yurtboshimiz Talabalar ma`naviyat va ma`rifat markazida yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning qiziqish va intilishlariga binoan tuzilgan klublar faoliyati bilan tanishdi. Bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirishga doir tavsiyalar berdi.

Toshkent Markaziy temir yo`l vokzali binosi va uning atrofida ham so`nggi oylarda tubdan rekonstruktsiya va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Davlatimiz rahbari Mustaqillik bayrami arafasida bu erda bo`lib, ushbu inshootni ta`mirlash yuzasidan tegishli ko`rsatma va tavsiyalar bergan edi. tgan vaqt mobaynida vokzalning asosiy binosi, chiptaxonalar, kutish zallari to`la ta`mirdan chiqarildi.

Bu erdagi Toshkent mintaqaviy temir yo`l uzeli binolari ham asosiy binoga mutanosib tarzda rekonstruktsiya qilindi. Natijada hamshaharlarimiz va poytaxtimiz mehmonlari ko`zini quvnatadigan yaxlit va muhtasham majmua bunyod bo`ldi.

Prezidentimiz vokzal binosidagi shinam va yorug` kutish zallari, restoran, rasmiy mehmonlar xonasi, shuningdek, perron bilan tanishdi. Vokzal oldidagi favvora va asosiy binoga tutash ochiq ayvonlarni ko`zdan kechirdi.

Yurtboshimiz bu erda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini bajarganlarga minnatdorlik bildirdi. Zotan, temir yo`l vokzali mamlakat darvozalaridan biri bo`lib, yurt haqida tasavvur uyg`otishda uning o`rni va ahamiyati katta.


- Ushbu vokzal binosining poydevori 1901 yilda qo`yilgan. Keyingi qirq yil ichida mutlaqo ta`mirlanmagan, - deydi «O`O`zbekiston temir yo`llari" davlat aktsiyadorlik kompaniyasi raisi O.Ramatov. - Istiqlol yillarida Yurtboshimizning tashabbusi bilan mazkur gavjum imoratni tubdan rekonstruktsiya qilishdek ulkan ish muvaffaqiyat bilan ado etildi.

Mamlakatimizda yuklarning qariyb 90 foizi temir yo`l orqali tashiladi. Bir kecha-kunduzda 45 ming yo`lovchiga xizmat ko`rsatiladi va shuning asosiy qismi Toshkent Markaziy vokzali zimmasiga to`g`ri keladi. Shu bois eski binoni zamon talablariga mos darajada rekonstruktsiya qilishda xavfsizlik masalalariga jiddiy e`tibor qaratildi.

Vokzal binosida yo`lovchilarga yuksak darajada xizmat ko`rsatish, ularning dam olishlari uchun barcha shart-sharoit muhayyo etilgan. Onalar va bolalar xonasi, bizneszal, harbiylar zali, restoran, qahvaxona va bufetlar ishlab turibdi. Aloqa bo`limi, shaharlararo va xalqaro so`zlashuv maskanlari, internet-kafe, ma`lumotxona, yuk saqlash xonalarida yo`lovchilar uchun tegishli qulayliklar yaratilgan.

Eng muhimi, majmuani ta`mirlashda ilg`or muhandislik andozalari, milliy va zamonaviy me`morchilik mezonlariga tayanildi. Endilikda Toshkent Markaziy temir yo`l vokzali o`zining noyob va betakror me`moriy-muhandislik echimi bilan alohida ajralib turadi.

Ha, bugun poytaxtimizning ko`rkam va xushmanzara ko`chalari, maydonlari bo`ylab sayr qilib, el-yurtimiz tinchlik va taraqqiyot, obodlik va farovonlik yo`lidan sobit va dadil qadam tashlayotganiga guvoh bo`lamiz.

Chor-atrofimizda yangi qad rostlagan ko`rkam va mahobatli imoratlar, qaytadan sayqal topgan binolar, keng va ravon yo`llar, orasta bog`-rog`lar, maydonlar zavqimizni oshiradi. Ana shu yaratuvchanlik va bunyodkorlik timsolida Istiqlolning mazmun-mohiyatini, ahamiyatini yanada teranroq anglaymiz.

Zero, mustaqillik yillari Vatanimiz buyuk o`zgarishlar davriga qadam qo`ydi. Yurtdoshlarimiz qalbi va ongida o`zlikka ishonch, faxr va g`urur tuyg`ulari kuchaydi. Istiqlol sharofati tufayli xalqimizning bunyodkorlik fazilati shahar va qishloqlarimizning obod qiyofasi timsolida o`zining maftunkor, ilhombaxsh qirralari bilan yaqqol namoyon bo`layotir. Bu barchamizni birday quvontiradi.©


©



Bosh sahifa / Qarorlar
“Barkamol avlod yili” Davlat dasturi to‘g‘risida

Download 46,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish