uchraydi. Mas:Begoniya va fikus.
Ba’zi bir o‘simliklarning barglari ildiz vazifasini
ham bajaradi. Mas: suv qirqqulog‘i-Salviniya
Salvinia natans. Bu o‘simliklarda 2
xil barg:suvning yuzasidagi va suvning
ichkarisidagi barg deyiladi. Suvning ichkarisidagi
barg ildiz vazifasini bajaradi. Barg juda ham
o‘zgaruvchan organ. Bargning o‘zgarishi
o‘simlikning yashash sharoitiga bog‘liq. Ba’zan bir
tup o‘simlikning o‘zida ham xar xil barglar
uchraydi. O‘simlikning pastki, o‘rtasidagi,
yuqoridagi barglar. Odatda o‘rta barglar
o‘simliklar uchun tipik barg bo‘lib xisoblanadi.
Oddiy tomirlanishda bargning asosidan barg
uchigacha bitta barg tomiri hosil bo‘ladi. Bunday
tomirlanish yuksak sporali o‘simliklar, mox, plaun,
ochiq urug‘lilar (igna barglilar) va yopiq
urug‘liklardan elodiya o‘simligida uchraydi.
Bargning hayot kechirish davri. Bargning hayot
kechirish davri turlichadir. Ayrim o‘simliklarda
barg atigi bir necha oy hayot kechirib kegin tushib
ketadi. Ayrim o‘simliklarda 1,5-5 yil hatto 12-15 yil-
dan keyin tushadi. Bunday o‘simliklar doimiy
yashil o‘simliklar deb nomlanadi. Ularda barglar
almashinuvi muntazam, uzoq vaqt davom etadi.
(Masalan qarag‘ayda, emanda 1-3 yil, lavr
daraxtida 4 yil). Velvichi daraxtida (Afrika cho‘lida
o‘sadi) 100 yil hayot kechiradi.
Barg to‘kilishi yoki xazonrezgilik me’yoriy
biologik
jarayon
hisoblanadi.
Kuzga
kelib
o‘simlikni suv va mineral moddalarni qabul qilishi
qiyinlashib qoladi natijada organik moddalarni
sintezi sekinlashadi. Kuzda barglar dastlab
sargayib keyin qizara boshlaydi. Bu xlorofill
pigmentlarining hayotchanligini susayishi asosida
amalga oshadi. To‘kilgan barglar tuproqda
mineral moddalar sostavini oshishiga, ildizni sovuq
urishidan saqlashga, urug‘larni himoya qilishga
xizmat qiladi.
Bargning
shakl
o‘zgarishi—metamarfozi.
Evolyusiya jaryonida ko‘pchilik yuksak o‘simliklar
vegetativ organlarida bo‘lgani singari barg ham
o‘z tashqi ko‘rinishini o‘zgartirib boshqa fiziologik
funksiyani bajaradgan bo‘lgan.
Barg metomorfoziga tikanaklar, muylovlar,
zapal oziq modda to‘plovchi barglar, tangacha
barglar va xashoratxur o‘simlik barglari misol
bo‘ladi.
Ko‘pchilik xashoratxur o‘simliklarda barg bandi
barg plastinkasi vazifasini bajaradi. Bunga
fillodiya deyiladi. Kaktus, astragal, qush-kunmas
o‘simliklarida barg plastinkasi tikanaklarga
aylanadi. Mosh, no‘xot, kovok, yovvoyi no‘xot
o‘simliklarida
barg
Do'stlaringiz bilan baham: |