Bargning plastinkasi 2 qismdan iborat:
1.Bargning yumshoq qismi- Mezofil
2.Bargning tomir o‘tgan qismi
Bargning yumshoq qismi mezofillda qoziqsimon va bulutsimon to‘qimalar joylashgan. Odatda qoziqsimon to‘qimaning ichkari tomonida bulutsimon to‘qima joylashgan. Qoziqsimon to‘qima zich joylashgan bo‘ladi. Bulutsimon to‘qimaning xujayralari orasida bo‘shliq bo‘ladi. Bargning mezofil qismida ba’zi xujayralarda kristallar to‘planadi. Ba’zilarning xujayrasida suv zapaslari to‘planadi. Ba’zan mezofillda toshsimon xujayra sklereid uchraydi. Mas:choyning bargida. Ba’zan o‘simliklarning mezofilida oshlovchi dubil moddalar, efir moylari va boshqa moddalarni ishlab chiqaradigan xujayralari uchraydi. Mas: lavr, evkalipta, magnoliya va boshqalar. Qoziqsimon va bulutsimon to‘qimalarni-assimilyatsion to‘qima deb ham yuritiladi.Chunki ularning xujayrasida fotosintez protsessi bo‘lib turadi. Bulutsimon to‘qi-ma siyrak joylashganligi uchun xujayralar oralaridan xavo o‘tib turadi. Natijada barg shamollatib turiladi. Shuning uchun bu to‘qimani ventelyatsion to‘qima deb ham yuritiladi. Bargning tomir o‘tgan qismida mexanik to‘qima kollenxima, asosiy to‘qima, hamda o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari joylashgan. O‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlarining soni 1 tadan 7 tagacha boradi. O‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamida kambiy bo‘lmaydi. Ya’ni o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lami yopiq bo‘ladi. O‘tkazuvchi to‘qima bog‘lami kolloterial tipda tuzilgan. Floema kollenximaning pastki tomoniga joylashgan bo‘ladi. (Poyadan farqi) bargning yumshoq qismiga qattiqlik beruvchi mod-dalarni idioblast deyiladi.
R A D I A L B A R G
Radial bargga misol qilib, qarag‘ay bargini olamiz. Qarag‘ayning bargi ko‘p yillik bo‘lsa ham, boshqa barglarga o‘xshash epidermis bilan qoplangan. Epidermis xujayralarining po‘sti qalin, tashqi tomondan kutikula bilan qoplangan. Ustitsalar epidermisda chuquroqda joylashgan. Epidermisni ichkari tomonida mexanik to‘qima Gipoderma joylashgan. Gipoderma bargga qattiqlik berishdan tashqari, epidermis shikastlanganda qoplog‘ichlik vazifasini bajarib turadi. Bargning assimilyatsion to‘qimasi chokli parenxima (skladchataya parenxima)dan tashkil topgan.Chokli parenximada xujayra ichkari tomonga kiradi. Assimilyatsion to‘qima bargning po‘stloq qismiga joylashgan. Bargning po‘stloq qismida smola yo‘llari bor. Smola yo‘li atrofida 2 qavat xujayralar joylashgan.1 qavati tirik xujayralardan iborat bo‘lib, uni Epitelial xujayra deyiladi. Ba’zi olimlarning fikricha epitelial xujayralar smola ishlab chiqaradi. Epitelial xujayra atrofida mexanik to‘qimaga kiruvchi o‘lik xujayralar joylashgan. Bargning markaziy qismi ichkari tomoniga joylashgan. Markaziy qismida asosiy to‘qima, mexanik to‘qima sklerenxima hamda o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari joylashgan. O‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlarida floema ksilemaning yuqori tomoniga joylashgan bo‘ladi. (Poyaga o‘xshab) Qarag‘ay ochiq urug‘li o‘simliklarga kirgani uchun o‘tkazuvchi to‘qimada suv naylari bo‘lmaydi. Suv naylari vazifasini traxeidlar bajarib turadi, ya’ni suv va suvda erigan moddalar traxeidlar orqali o‘tib turadi.
A D A B I YO T L A R
1. V.A.Burыgin. F.X.Jongurazov., J.K.Saidov., G.D.Mustaqimov Botanika va o‘simliklar fiziologiyasi. T, "O‘qituvchi"nashriyoti 1972 yil.
2. L. I. Kursanov., N. A. Komaranitskiy.V.F.Razdorskiy. A.A.Uranov. Botanika I,II tom.T."O‘qituvchi nashryoti 1963-72y.
3. V.G.Xrjanovskiy. Kurs obshey botaniki.Chast I,II.M."Vыsshaya shkola "1982 god.
4. I.Xamdamov., I.Shukurullayev., YE.Tarasova., YU.Qurbonov., A.Umirzoqov. Botanika, asoslari.T., Mehnat 1990 yil.
6. G.P.Yakovlev., V.A.Chelombыtko. Botanika.M.Iz-vo "Vыsshaya shkola" 1990 god.
7. Xolida Mirfayoz qizi. Maxkamova. Botanika. T."O‘qituvchi» 1995 yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |