BILET
―Abdurauf Fitrat‖matnini o‗qing va so’zlab bering bering. Abdurauf Fitrat (1886 - 1938). Abdurauf Fitrat - XX asr o’zbek adabiy oti, fani va madaniyatining yirik vakili, qomusiy olim, o’tkir tilshunos, betakror dramaturg va shoir, jurnalist, davlat va jamoat arbobi. Abdurauf Fitrat 1886-yilda Buxoroda tug’ilgan. Aytishlaricha, uning otasi Abdurahimboy o’z davrining ziyoli kishilaridan bo’lgan. U savdo bilan shug’ullanganligi bois chet ellarga ko’p chiqar, dunyo ahvolidan boxabar, o’qimishli va taniqli odam edi. Onasi Mustafbibi ham badiiy zavqi baland, zukko, o’qimishli ayol bo’lgan. Abdurauf ilk tahsilni Buxoro maktablarida olganidan so’ng, mashhur Mir Arab madrasasida o’qigan. Talabalik yillarida, taxminan 18-19 yoshlarida otasi bilan haj ziyoratiga borgan, qariyb bir yilga yaqin davom etgan bu ziyorat safarida Eron, Turkiya, Suriya va Saudiya Arabistonida bo’lgan. Avvalo, safar chog’ida ular shu davlatlarda istiqomat qiluvchi xalqlarning turmush tarzi va madaniyati bilan tanishganlar. Demak, Fitrat fors va o’zbek tillarini mukammal bilib olgan edi. Ayniqsa, u arab tilini qunt bilan chuqur o’rgandi. Mustaqillik yillarida Fitratga Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti va „Buyuk xizmatlari uchun― ordeni berilgan.
Berilgan gaplarga mos savollar yozing.
Maktabingizda qanday to‘garaklar bor? - Maktabimizda shaxmat, basketbol, boleybol, futbol toʻgaraklari bor. - Sportning inson uchun qanday hususiyatlari bor? - Sport sogʻlom va baquvvat boʻlishga yordam beradi.
Doʻstingiz bormi? Nima uchun u bilan do’stsiz?
Ha bor. Kimning qadrdon do’sti ko’p bo’lsa, u eng kuchli, eng ko’rkam, eng omadli kishidir. Do’stim ko’pgina ezgu istaklarimga erishishda ko‘makchi bo‘lgan. Hamisha menga yordam beradi, yonimda turadi.
BILET
“Me‘moriy obidalar‖ matnini oʻqing,‖ matnini oʻqing, mazmunini soʻzlab bering. Me‘moriy obidalar. Biz yashayotgan ikki daryo oralig’ida joylashgan zamin O’zbekistondir. Yurtimizda qadimiy va navqiron shaharlar ko’p. Ulardan Samarqand, Buxoro, Xiva kabilar dunyoga o‗zining me‘moriy obidalari bilan mashhurdir. Samarqanddagi Registon maydoni, Shohi Zinda ansambli, Go’ri Amir maqbarasi, Bibixonim madrasasi, afsonaviy Buxorodagi Ark qal‘asi, Ismoil Somoniy maqbarasi, Chor minor majmualari, Labi hovuz ansambllari, Ko’hna Xivaning Ichan qal‘asi, Juma masjidi, Kaltaminor, Pahlavon Mahmud maqbarasi, Dishan qal‘a, Toshhovli va boshqalar bunga misoldir. Bu muzey-shaharlarga dunyoning barcha burchaklaridan har yili minglab sayyohlar kelib, tarixiy yodgorliklarimizni zavq bilan tomosha qiladilar. Ular aynan mana shu obidalarimizni ko’rib hayratga tushadilar.
Berilgan soʻzlarning sinonimini yozing va ma‘nosini tushuntiring.
Ozoda-pokiza, xushchaqchaq-quvnoq, toʻgʻrisoʻz-rostgo’y, keksalik-qarilik, chiroyli-go’zal, bilimli-aqilli.
Hozirgi texnologik rivojlanish haqida fikrlaringiz.
Bugungi kunda O’zbekiston jadal sur'atlar bilan rivojlanayotgan, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatdir. Davlatimiz rahbariyati tomonidan tanlab olingan taraqqiyot strategiyasi raqobatdosh, eksportbop hamda import o’rnini bosuvchi, yuqori qo’shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan bo’lib, u sanoatning barqaror va mutanosib ravishda o’sishi hamda ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash asosida uning yetakchi tarmoqlarini rivojlantirishni ko’zda tutadi. Hozirgi kunda inson yumushini yengillash va chiroyli shart sharoit yaratish uchun barcha texnik vositalar mavjud desam yolg‘on bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |