BILET
―Yaxshilik yerda qolmas‖ matnini oʻqing va munosabatingizni bildiring.
Yaxshilik yerda qolmas
Ari suv ustida uchib yurib, birdan suvga tushib ketdi. Qanotlari ho’l bo’ldi. Arining uchishga kuchi yetmadi. Shu payt arini kabutar ko’rib qoldi. Unga rahmi keldi. Kabutar cho’pni tishlab, suvga tashladi. Ari cho’pni kema qilib, halokatdan qutuldi.
Bir bola tuzoq qo’yib, kabutarni tutmoqchi bo’ldi. Ari buni ko’rib qoldi. U shu zahoti kelib, bolaning qulog’ini chaqdi. Bola og’riqqa chidolmay tuzoqni tashlab, qulog’ini ushladi.
Kabutar uchib ketib, falokatdan qutuldi.
Nuqtalar oʻrniga mos olmoshlarni qoʻyib yozing.
Nonushtani har doim men oʻzim tayyorlayman. U uyda bir oʻzi qolgan edi.
Sinfimizning tozaligiga biz oʻzimiz javobgarmiz.
Quyidagi hikmatlarni tushuntirib bering:
Aql- yoshdan, odob boshdan. Bu maqolning ma‘nosi shuki inson Yoshi ulug‘ bo‘lib borgan sari aqli ziyoda bo‘ladi, odob boshdan degani esa ,Menimcha, bu yerda yosh boladagi ota-ona tomonidan berilgan tarviya nazarda tutilyapti. Hayotimizda ko‘p uchraydigan holatda ko‘pincha kattalar yosh bolalarni o‘zlarini tutishini ko‘rib ―Bu bola bo‘ladigan bola‖ odobi chiroyli ekan deyishadi menimcha odob boshdan deb shu nazarda tutiladi.
Yoshlik bahori tez o’tar bilgin, Keksalar so’zlarin quloqqa ilgin bu hikmatli so‘z zamirida katta ma‘no bor, ko‘pincha biz yoshlar yoshlik qilib kattalar gapiga kirmasdan hayotda qiyinchiliklarga uchrab qolamiz va afsuslanamiz agar kattalar gapiga quloq tutganimizda edi hayotdagi qiyinchiliklarni yengillik bilan o‘tqazar edik shuning uchun kattalar gapiga bepisand bo‘lmasdan o‘zboshimchalik qilmasligimiz kerak
BILET
―Me‘moriy obidalar‖ matnini oʻqing va matnni ochib beruvchi savollar tuzing.
Me‘moriy obidalar
Biz yashayotgan ikki daryo oralig’ida joylashgan zamin O’zbekistondir.
Yurtimizda qadimiy va navqiron shaharlar ko’p. Ulardan Samarqand, Buxoro, Xiva kabilar dunyoga o’zining me‘moriy obidalari bilan mashhurdir. Samarqanddagi Registon maydoni, Shohi Zinda ansambli, Go’ri Amir maqbarasi, Bibixonim madrasasi, afsonaviy Buxorodagi Ark qal‘asi, Ismoil Somoniy maqbarasi, Chor minor majmualari, Labi hovuz ansambllari, Ko’hna Xivaning Ichan qal‘asi, Juma masjidi, Kaltaminor, Pahlavon Mahmud maqbarasi, Dishan qal‘a, Toshhovli va boshqalar bunga misoldir.
Bu muzey-shaharlarga dunyoning barcha burchaklaridan har yili minglab sayyohlar kelib, tarixiy yodgorliklarimizni zavq bilan tomosha qiladilar. Ular aynan mana shu obidalarimizni ko’rib hayratga tushadilar.
O‘zbekistondagi qanday qadimiy shaharlarni bilasiz?
Samarqand, Buxoro, Xivadagi qanday me’moriy obidalarni bilasiz?
O‘zbekistonda turizm sohasining rivojlanishida me’moriy obidalarning o‘rni qanday?
Biz tarixiy obidalarni saqlash uchun nima qilishimiz kerak?
Nuqtalar o’rniga mos so’zlar qo’ying va gaplarni ona tilingizga tarjima qiling.
Xiva shahri Xorazmning noyob qadimiy shahridir. Madrasaga o‘n qirrali yulduz shaklidagi naqsh tushurilgan.
Muslim Yoʻldoshevning ―Bir dam oʻtir, onajonim‖ she’rini oʻqing va mazmunini tushuntirib bering.
Bir dam o’tir, onajonim Tanish eshik, qadrdon uy, jonajon hovli,
Ichkariga yo’llanaman dilim orziqib.
Onam peshvoz chiqar chopib, qo’lida chovli, Norin solib turgan ekan, shoshib, hovliqib.
Har gal shunday, qaylarnidir kezib kelaman, Munisginam har safar ham bir ish bilan band. Qo’li tegmas qo’liga hech, hayron bo’laman,
Qaydan ekan onamdagi shunchalik g’ayrat. Yo do’ppisi tizzasida, qatimi uzun,
Yo tandirga o’t qalagan patir yopgani. Eslolmayman, yasan-tusan bir chetda tursin, Qoshlariga bir yolchitib o’sma tortganin.
Ay von sari yetaklaydi, so’rab hol-ahvol,
Par yostiqlar qo’yar, to’shar yangi ko’rpacha.
„Orom olib, bir ozgina uxlab ola qol, Norinim ham tayyor bo’lar sen turgungacha―. O’zing o’tir onajonim norining keyin
Qo’ni-qo’shni emas gapir avval o’zingdan. Ichikibsan, sog’inibsan yana ne deyin Hammasini uqib oldim shundoq ko’zingdan. Tashvishlarim yuzlaringga solibdi ajin,
Yuzginangning madhi o’zi yetuk bir doston. Beboshligim ko’zlaringda topibdi aksin, Ko’zlaringga qasidalar bitay, onajon
Do'stlaringiz bilan baham: |