KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Barchamizga ma’lumki, Germaniya Federativ Respublikasi nafaqat iqtisodiy, balki boshqa ko’plab sohalarda ham yetakchi o’rinlarni egallaydi. Ayniqsa sanoatning yuksak darajada rivojlanganligi, tashqi savdoda ham jahonda yetakchi o’rinlarni egallashi bu davlatni alohida mavqega ega bo’lishiga sabab bo’lgan. Yevropa Ittifoqi doirasida ham Germaniya Fransiya bilan birgalikda qolgan Ittifoq doirasidagi davlatlarga o’ziga xos yo’lboshchi vazifasini o’tab kelmoqda. Xo’sh, Germaniyaning bu darajaga yetishishiga nimalar sabab bo’ldi? Bunga ulardagi geografik joylashuv, aholi mentaliteti, tarixiy rivojlanish darajasi, atrofidagi va boshqa davlatlarning qanchalik hissasi mavjud. Bu xususiyatlarning ahamiyati nechog’lik muhim va ulardan biz o’z davlatimizning rivojlanishi uchun qanchalik foydalana olamiz. Shu va kabi savollarning javobini topish bugungi kundagi iqtisodiyotimizning rivoji uchun yanada qulay zamin yaratadi.1
Mavzuning o’rganilish darajasi: 2017 – 2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasidagi beshta ustuvor yo’nalishlarda ko’zda tutilgan ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish, yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo’shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o’tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma bosqich kamaytirish, prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o’zlashtirish, shu asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarni raqobatbardoshliligini ta’minlash, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag’batlantirish siyosatini davom ettirish hamda, eng avvalo, iste’mol tovarlar va butlovchi buyumlar importining o’rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish1 kabi vazifalar belgilangan bo’lib, bu vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish ko’p jihatdan iqtisodit taraqqiy etgan davlatlarni o’rganish, ulardagi ustunlik va yutuqlik jihatlarini o’zimizda amalda qo’llish, xato va kamchiklarining oldini olib ularning kelajakda yuzaga kelishining o’ldini olish, davlatlarni o’rganish davomida har bir holatni alohida olib uni tahlil qilish, hamda ularning rivojlantirish omillaridan samarali foydalanish yo’llarini amalga keng joriy qilishga bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |