Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK)ning faoliyati ustun ravishda rivojlanayotgan mamlakatlarning xususiy sektorini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA)ning asosiy faoliyati esa ko‘proq qoloq mamlakatlarga imtiyozli yoki foizsiz kreditlar ajratishga qaratilgan.
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT) tarkibiga barcha sanoat jihatidan rivojlangan mamlakatlar kiradi. IHRT unga a’zo mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishidagi tendensiyalarni, iqtisodiyot sohasidagi ichki hatti-harakatlarning boshqa mamlakatlar to‘lov balansiga ta’sirini aniqlashga qaratilgan. IHRT tomonidan ishlab chiqilgan bashorat ko‘rsatkichlari asosida, jahon xo‘jaligi rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda, milliy iqtisodiyotlarning o‘zaro moslashuviga imkon yaratuvchi makroiqtisodiy siyosatni olib borish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |