Barcha yo‘nalishlardagi bakalavriat talablari uchun O‘quv qo‘llanma toshkent-2007 kirish


-jadval. «Iqtisodiyot nazariyasi» bo‘yicha turli darsliklarda uning predmetiga berilgan ta’riflar



Download 1,92 Mb.
bet9/380
Sana06.07.2021
Hajmi1,92 Mb.
#110023
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   380
Bog'liq
Barcha yo‘nalishlardagi bakalavriat talablari uchun O‘quv qo‘llaaa

1-jadval. «Iqtisodiyot nazariyasi» bo‘yicha turli darsliklarda uning predmetiga berilgan ta’riflar

Mualliflari

Ta’rif

Manba

L.S.Tarasevich, A.I.Dobrinin

Ratsional xo‘jalik yuritish tizimining tarkibiy evolyutsiyasini, haqiqiy boylikni va jamiyatning ayrim a’zolari va guruhlarining farovonligi, iqtisodiy o‘sishning omillari va qonuniyatlarini o‘rganadi

Ekonomicheskaya teoriya. (Uchebnik dlya VUZov). Sankt-Peterburg, 1997, s.18.

G.P.Juravleva, V.I. Vidyapin

Umumiy iqtisodiyot nazariyasi ijtimoiy fan bo‘lib, u cheklangan resurslar sharoitida ehtiyojlarni qondirish maqsadida moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarida kishilar va guruhlarning xulq-atvorini o‘rganadi

Ekonomicheskaya teoriya (politekonomiya): Uchebnik/ Pod obщ. red. akad. V.I.Vidyapina, akad. G.P.Juravlevoy. – 4-e izd. - M.: INFRA-M, 2004, s.31.


V.D.Kamaev

Cheklangan resurslar dunyosida ne’matlarni ishlab chiqarishdagi kishilarning xulq-atvori va uni boshqarishni o‘rganishdan iborat

Ekonomicheskaya teoriya: Ucheb. dlya stud. vыssh. ucheb. zavedeniy / Pod red. V.D.Kamaeva. – 10-e izd., pererab. i dop. - M.: Gumanit. izd. sentr VLADOS, 2004, s.10.

D.D.Moskvin

Ishlab chiqarish munosabatlarini va ularning ishlab chiqarish kuchlari bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganadi

Osnovы ekonomicheskoy teorii. Politekonomiya: Uchebnik /Pod red. d-ra ekon. nauk, prof. D.D.Moskvina. Izd. 3-e, ispravl. – M.: Yeditorial URSS, 2003, s.24.

E.F.Borisov

Iqtisodiy munosabatlarni o‘rganadi

Borisov Ye.F. Ekonomicheskaya teoriya: ucheb. – 2-e izd., pererab. i dop. - M.: TK Velbi, Izd-vo Prospekt, 2005, s.55.

Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti to‘g‘risida bildirilgan barcha fikrlardan ko‘rinib turibdiki, siyosiy iqtisodga doir darslik va boshqa kitoblarda ishlab chiqarish jarayonida kishilar o‘rtasida sodir bo‘ladigan munosabatlarni o‘rganishga alohida e’tibor berilgan bo‘lsa, «Ekonomiks»da va bozor iqtisodiyotiga doir Rossiyada chiqarilgan darsliklarning ko‘pchiligida asosan kishilarning resurslarga, moddiy ashyo va buyumlarga bo‘lgan munosabatini, xatti-harakatini o‘rganishga, cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanishlariga alohida e’tibor berilgan.

Bizning fikrimizcha, iqtisodiyot nazariyasi fani masalaning u tomonini ham, bu tomonini ham chetda qoldirmasligi, masalaga bir tomonlama yondashuvga yo‘l qo‘ymasligi lozim. Chunki har qanday mehnat, har qanday ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, eng avvalo, tabiat ashyolari, moddiy vositalar, pul mablag‘lari orqali amalga oshiriladi va ulardan foydalaniladi. Shuning uchun mavjud resurslarga, ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarga, ulardan unumli foydalanishga bo‘lgan munosabat, ishlab chiqarish omillarining o‘zaro bog‘liqligi va bir-biriga ta’sirida o‘rganilishi lozim. Boshqa tarafdan, hech qanday mehnat yoki ishlab chiqarish alohida olingan kishi yoki guruh tomonidan, boshqalar bilan aloqalarsiz, munosabatlarsiz amalga oshirilmaydi. Ular ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida bir-birlari bilan albatta o‘zaro munosabatda bo‘ladilar va shu munosabatga qarab harakat qiladilar, o‘z xulq-atvorlarini, xatti-harakatlarini belgilaydilar.

Mana shularni hisobga olib, iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti – iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida moddiy ne’matlarni (va xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xo‘jalikni samarali yuritish qonun-qoidalarini o‘rganishdan iborat, deb aytish mumkin.

Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi va vazifasini ikki tomonlama, ya’ni ham amaliy va ham nazariy tomonlarini tushuntirish mumkin. Aksariyat hozirgi zamon iqtisodiy adabiyotlarida iqtisodiyot nazariyasining to‘rtta asosiy vazifasi ajratib ko‘rsatiladi:


Download 1,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   380




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish