Barcha dasturlash tillari kabi Python dasturlash tili ham rivojlanib, zamonga va talabga qarab ishlab chiqaruvchilar tomonidan o’zgarishlar kiritib borilmoqda



Download 4,22 Mb.
bet42/52
Sana23.12.2022
Hajmi4,22 Mb.
#894684
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   52
Bog'liq
Python дастурлаш тили Lotin yangi

remove() metodi yordamida ham jadval elementini o’chirish mumkin, masalan t.remove (19.2) ko’rinishda jadvalning 19.2 elementi o’chiriladi.
Python tilida bir qator metodlar bo’lib, lists/arrays bilan ishlash jarayonida bevosita foydalanish mumkin.



Metodlar

Vazifasi

append()

Ro’yxat oxiriga element qo’shadi

clear()

Ro’yxatdagi barchaelementlarni o’chiradi

copy()

Ro’yxat nusxasini hosil qiladi

count()

Berilgan qiymatlarga ko’ra elementlar sonini beradi

extend()

Ro’yxatdagi elementlarni joyriy ro’yxat oxiriga qo’shadi

index()

Qiymatiga ko’ra birinchi element indeksini beradi.

insert()

Ko’rsatilgan tartibiga ko’ra element qo’shadi

pop()

Indeksiga ko’ra elementni o’chiradi

remove()

Qiymatiga ko’ra elementni o’chiradi

reverse()

Ro’yxatda elementlarni teskari tartibda joylashtiradi

sort()

Ruyxatni saralaydi

Python tilida boshqa dasturlash tillaridagi kabi massivlarni e’lon qilish, ularning tiplarini avvaldan belgilash kabi ishlar ko’zda tutilmagan. Ular o’rniga list ro’yxatdan foydalaniladi.


Yuqoridagi masalalarda massiv elementlari avvaldan ma’lum bo’lgan hollar ko’rib chiqildi.
Agar massiv elementlari soni avvaldan berilmagan bo’lsa, u holda uni e’lon qilish zarur bo’ladi. Jadval elementlarini kiritishda bo’sh ro’yxatni a = [] kiritish zarur bo’ladi. Massiv elementlarini kiritish va qayta ishlashda for operatoridan foydalanish qulaylik tug’diradi.
Masala. Elementlari butun sonlardan iborat a0, a1, a2, …, an-1, bo’lgan ketma-ketlik berilgan. Ketma-ketlikdagi barcha juft sonlar sonini aniqlash dasturi tuzilsin.
a = []
n=int(input('Elementlar sonini kiriting - '))
for i in range(0, n):
a.append(int(input()))

Ushbu dastur qismi massiv (ro’yxat)ni e’lon qilish, elementlar sonini kiritish va for operatorida append metodi orqali massiv elementlarini yaratadi.


Masala shartiga ko’ra ketma-ketlikdagi juft elementlar sonini aniqlash uchun biror o’zgaruvchini, masalan, k o’zgaruvchini kiritib uning boshlang’ich qiymatini 0 ga tenglab olishimiz kerak bo’ladi.
Tsikl ichida kiritilgan har bir element juft yoki toqligi (a[i] % 2==0) shart orqali tekshiriladi. Agar a[i] juft bo’lsa, k soni bir qiymatga orttiriladi. Aks holda keyingi elementni tekshirish boshlanadi.
Python tilida massiv elementlari 0 dan boshlanganligi uchun sikl 0 dan n-1 gacha davom ettiriladi. Dastur kodining to’la qismi quyidagicha:
a = []
n=int(input('Elementlar sonini kiriting - '))
for i in range(0, n):
a.append(int(input()))
print (a)
k = 0
for i in range (n):
if a[i] % 2==0:
k = k+1
print ('Juft elementlari soni ', k, 'ta')

Natija:

Elementlar sonini kiriting - 7
12
11
32
44
25
36
[12, 11, 32, 44, 25, 36]
Juft elementlar soni 4 ta

Dastur kodining 5 satrida print (a) operatori a massiv (ro’yxat)dagi elementlar kiritilganligini ko’rish uchun yozilgan. Shuning uchun bu satrni tushirib qoldirish ham mumkin.


Ketma-ketlik elementlarini kiritish jarayonini yanada aniqroq ko’rib turish uchun dastur kodiga massiv elementlarini kiritishdan avval print('a[',i,']q') satrini kiritish dastur kodidagi elementlarni ketma-ket kiritish jarayonini yanada yaxshiroq tushunishga ko’mak beradi.
Dasturlashda berilgan o’zgaruvchi (a)ni biror songa (5) bo’linishi tekshirish if (a% 5 == 0) kabi, aks holda bo’linmasligini tekshirish if (a% 5 == 0) kabi amalga oshiriladi.

Download 4,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish