Barcahga omad! Biologiya 11-sinf



Download 326,93 Kb.
bet16/23
Sana28.11.2020
Hajmi326,93 Kb.
#52890
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Bog'liq
11-sinf Biologiya fanidan imtihon javoblari - 2019

Tabiatdan oqilona foydalanish – insonning atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatlari tabiiy boyliklarni oqilona o‘zlashtirish, o‘z faoliyatining salbiy oqibatlari oldini olish, madaniy landshaftlarni yaratish, kamchiqindi va chiqindisiz texnologiyalarni qo‘llash, qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashishning biologik usullarini tatbiq etish, ekologik toza yoqilg‘i turlarini yaratish, tabiiy xomashyoni qazib olish va qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirishni nazarda tutadi. Shuningdek, shamol, quyosh energiyasi, to‘lqin energiyasi, daryo oqimi energiyasi kabi ekologik jihatdan toza va tiklanadigan energiya manbalari, o‘simliklar mahsulotlaridan bioyoqilg‘i olish va undan foydalanish – tabiatdan oqilona foydalanish yo‘llaridan biri sanaladi.

Kamchiqindili texnologiyalar – qayta ishlanayotgan xomashyo va chiqindilardan imkon qadar to‘liq foydalanishni ta’minlaydigan ishlab chiqarish jarayoni hisoblanadi. Mazkur texnologiya asosida moddalar atrof-muhitga nisbatan zararsiz holatda qaytadi.

Tabiiy boyliklardan ilmiy asoslangan holda, oqilona foydalanish ijobiy natijaga erishish imkonini beradi.

3. Laboratoriya ishi. Tirik organizmlarning muhitga moslashganligini o‘rganish. Qushlarning havo muhitiga moslashganligi.


?????????????????????????????????????????????????????????????
25-bilet

1. Ekotizimlarning mahsuldorligi.

Biomassa tushunchasi. Ekosistemada moddalarning uzluksiz davriy aylanishi, shuningdek, energiyaning yo‘nalishli oqimi sodir bo‘ladi. Buning natijasida organizmlar biomassasi hosil bo‘ladi. Tarixiy rivojlanish jarayonida muayyan ekosistemada jamlangan, barcha tirik organizmlar (organik moddalar)ning umumiy miqdori ekosistema biomassasini tashkil etadi. O‘simliklar biomassasi fitomassa, hayvonlar biomassasi zoomassa deyiladi. Ekosistema biomassasi quruqlik ekosistemalarida maydon birligida quruq organik modda massasi birligi bilan: g/m2, kg/m2, kg/ga, t/km2, suv havzasi ekosistemalarida hajm birligida ifodalanadi.

Produtsentlar quyosh energiyasi hisobiga birlamchi mahsulotni hosil qiladi va qabul qilinadigan quyosh energiyasining bir qismini biomassada to‘playdi. Ekosistema biomassasi va uning biologik mahsuldorligi bir-biridan keskin farqlanadi. Ekosistemada organik moddaning hosil bo‘lish tezligi biologik mahsuldorlik deyiladi. Mahsuldorlik vaqt birligida (soat, sutka, yil), maydon birligida (kvadrat metrlar, gektar) yoki hajm birligida (suv ekosistemalari uchun litrlarda, kub metrlarda) sintezlangan biomassa miqdori bilan ifodalanadi. O‘rmondagi organizmlarning umumiy biomassasi yillik o‘sish – mahsuldorligidan ancha ko‘p bo‘ladi. Hovuzda fitoplanktonning umumiy biomassasi uncha ko‘p emas, ammo fitoplankton tez ko‘payishi hisobiga katta tezlikda mahsulot hosil qiladi.

Tiklanishi va yangilanishi uchun qaysi modda va energiyadan foydalanishiga ko‘ra, ekosistemada birlamchi va ikkilamchi mahsuldorlik farqlanadi. Bunda hosil bo‘ladigan mahsulot mos ravishda birlamchi va ikkilamchi deyiladi. Fotosintez yoki xemosintez jarayonida avtotrof organizmlar (produtsentlar) tomonidan mineral moddalardan hosil qilinadigan biomassa birlamchi mahsulot deyiladi. Organik moddalarning asosiy qismini yashil o‘simliklar tashkil qiladi. Quyosh energiyasining 100% dan taxminan 1% i xlorofill tomonidan o‘zlashtiriladi va organik molekulalar sintezida foydalaniladi (quyosh energiyasining qolgan 99% i qaytariladi, issiqlikka aylantiriladi yoki suv bug‘lanishiga sarflanadi). Bundan ko‘rinib turibdiki, quyosh energiyasining organik moddalar kimyoviy bog‘lari energiyasiga aylanishi samaradorligi o‘rtacha 1% ni tashkil etadi. Bunday qonuniyat «1% qoidasi» deb nomlanadi. Birlamchi mahsuldorlik ekosistemaning eng muhim xususiyatidir. Unda to‘plangan energiya barcha konsumentlar hamda redutsentlarning yashashi va hayotiy jarayonlariga sarflanadi. Geterotrof organizmlar oziqning bir qismidan hayot faoliyatini ta’minlashga, qolgan qismidan o‘z tanasini qurishda foydalanadi. Konsumentlar va redutsentlar ta’sirida organik moddalarning qisman parchalanishidan hosil bo‘lgan biomassa ikkilamchi mahsulot deyiladi.

2. Inson ekologiyasi – adaptiv tiplar.

Adaptiv tip – ma’lum muhit sharoitiga moslanishni ta’minlovchi morfologik, fiziologik, biokimyoviy belgilar majmuasining rivojlanishini belgilovchi reaksiya normasidir. Reaksiya normasi qancha keng bo‘lsa, moslanishlar ham shuncha yaxshi bo‘ladi. Bu moslanishlar o‘zgaruvchanlikka bog‘liq.

Adaptiv tiplar irqlarga bog‘liq emas. Ularga xos belgilar embrional rivojlanish davridayoq namoyon bo‘la boshlaydi. Har xil iqlimli hududlarda yashovchi xalqlarning ovqatlanishida ham farq mavjud. Shu tufayli ularning hazm fermentlari sintezi, ajratilishida o‘ziga xos moslanishlar mavjud.

Arktik adaptiv tip. Sovuq iqlim va ko‘proq hayvon mahsulotlari bilan oziqlanish sharoitida shakllanadi. Arktika xalqlari orasida ham o‘simliklar tarkibidagi C vitaminini kam iste’mol qilishga moslanish xususiyati rivojlangan. Arktik adaptiv tipning xarakterli belgilariga: tananing suyak-muskul sistemasining yaxshi rivojlanganligi, ko‘krak qafasining kengligi, gaz almashinuvining jadalligi, qonda lipid va oqsilning, gemoglobin va xolesterin miqdorining ko‘pligi, lipidlarning yaxshi oksidlanishi, energiya almashinuvining kuchliligi va termoregulatsiyaning yaxshi rivojlanganligi ham kiradi.

Tropik adaptiv tip. Mazkur adaptiv tip issiq va nam iqlim, oziq ratsionida hayvon oqsili nisbatan kam sharoitda shakllanadi. Oziq-ovqat mahsulotlari asosan o‘simliklardan tayyorlangan bo‘lib, uglevodlarga boy. Belgilari: mushak massasining kamligi, oyoq-qo‘llarning uzunligi, ko‘p ter ajratish, ko‘krak qafasi torligi, ter bezlarining ko‘p bo‘lishi, qonda xolesterin miqdorining kamligi bilan xarakterlanadi.

Tog‘ adaptiv tipi – atmosfera bosimi past, kislorodning miqdori kam, gipoksiya, sovuq sharoitda shakllanadi. Xarakterli xususiyatlari: asosiy moddalar almashinuvi jadal kechadi, ko‘krak qafasi keng, naysimon suyaklar uzun, eritrotsitlar soni, gemoglobin miqdori yuqori bo‘ladi.

Cho‘l-sahro adaptiv tipi – quyosh radiatsiyasi o‘ta kuchli, jazirama, quruq, kontinental iqlim sharoitlarida shakllanadi. Xarakterli xususiyatlari quyidagilar: issiqlik ajratilishi yuqori, ter bezlari yaxshi rivojlangan, suvni ko‘p iste’mol qiladi.

Markaziy Osiyo hududida yashovchi ko‘pchilik aholi shu adaptiv tipga kiradi.

Shunday qilib, tarixiy rivojlanish jarayonida insoniyat ekologik omillar ta’sirida ixtisoslashib, bir-biridan ayrim belgilar bilan farq qiluvchi adaptiv (moslashgan) tiplarga ajralgan. Adaptiv tiplar irqiy mansubligidan qat’i nazar, turning genofondi bilan belgilanuvchi moslashish mexanizmlari asosida, muayyan ekologik muhitga moslashish natijasida shakllangan.

3. Laboratoriya ishi. Tirik organizmlarning muhitga moslashganligini o‘rganish. Baliqlarning suv muhitiga moslashganligi.

???????????????????????????????????????????????????????????

26-bilet

1. Ekologik piramida. Sonlar piramidasi.




Download 326,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish