Baratov Shohrux Komiljon o’g’li 1-мавзу. Макроиқтисодиётга кириш



Download 30,96 Kb.
bet1/5
Sana28.02.2022
Hajmi30,96 Kb.
#474635
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-мавзу. Baratov Shohruh


Baratov Shohrux Komiljon o’g’li
1-мавзу. Макроиқтисодиётга кириш
1-топшириқ. Мавзу бўйича қуйидаги саволларга жавоб беринг:
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Makroiqtisodiyot fani predmetining o 'ziga xos xususiyati nimada va u
mikroiqtisodiyot predmetidan nimasi bilan farq qiladi?
Makroiqtisodiyot predmetida oʻzaro bogʻliq uch jihatni ajratib koʻrsatish mumkin. Bular:
1) milliy iqtisodiyot;
2) davlat tomonidan iqtisodiy siyosati yuritish va iqtisodiyotni tartibga solish;
3) jahon xoʻjaligi doirasida milliy iqtisodiyotni boshqa mamlakatlar iqtisodiyoti bilan oʻzaro munosabatlari masalasi.
Mikroiqtisodiyot predmeti boʻlib “belgilangangan” iqtisodiy shart-sharoitlarda uy xoʻjaliklari va firmalar darajasida iqtisodiy qaror qabul qilish mexanizmi hisoblanadi. Mikroiqtisodiy tahlil obyekti boʻlib alohida tovarlar bozorlari, resurslar bozorlari, ulardagi talab va taklif hisoblansa makroiqtisodiyotda milliy iqtisodiyot darajasida mehnat, pul, tovarlar va xizmatlar bozorlarining oʻzaro munosabatlari va oʻzaro taʼsirini tahlil qilinadi.
2. Pozitiv va normativ makroiqtisodiyot tushunchalariga izoh bering.
Makroiqtisodiy nazariyaning ikki koʻrinishi oʻzaro farqlanadi:
a) pozitiv makroiqtisodiyot;
b) normativ makroiqtisoiyot.
Pozitiv makroiqtisodiyot real iqtisodiy hodisalarni va ularning aloqadorliklarini oʻrganadi.
Normativ makroiqtisodiyot esa qaysi sharoitlar yoki jihatlar maqbul yoki nomaqbul ekanligini belgilaydi, harakatning aniq yoʻnalishlarini taklif etadi.
3. Makroiqtisodiyot subyektlari orasida davlatning roli qanday?
Bugungi kunga kelib koʻpchilik mamlakatlarda davlatning iqtisodiyotdagi roli sezilarli darajada katta ekanligini hisobga olsak, davlatning iqtisodiy rivojlanish strategiyasini belgilash, bozor mexanizmlariga putur yetkazmagan holda iqtisodiyotni tartibga solishi muhim ekanligiga iqror boʻlamiz. Davlat makroiqtisodiyotning boshqa subyektlari hatti-harakatini belgilovchi omillarni hisobga olgan holda, barqaror iqtisodiy rivojlanishni taʼminlash maqsadida, oʻz tasarrufida mavjud boʻlgan vositalar orqali ularni yoʻnaltirib turadi. Bu vositalar esa fiskal (byudjet-soliq) va monetar (pul-kredit) siyosatdir. Xulosa qilib aytganda makroiqtisodiyot fani alohida mamlakatda iqtisodiy siyosatning va jahon xoʻjalik aloqalarini tashkil etishning nazariy asosi hisoblanadi.
4. Agregat ko'rsatkichlar deganda nimani tushunasiz? Makroiqtisodiy tahlilda agregat ko'rsatkichlardan foydalanish zaruriyati nima uchun yuzaga keladi?
Agregatlash, yaʼni bir qancha iqtisodiy koʻrsatkichlar va kategoriyalarni yagona makroiqtisodiy koʻrsatkich yoki kategoriyaga umumlashtirish orqali milliy iqtisodiyotdagi makroiqtisodiy jarayonlarni tadqiq qilish imkoniyati yuzaga keladi. Agregat koʻrsatkichlar yordamida minglab alohida bozorlarni mamlakatning yagona bozori sifatida koʻrib chiqish mumkin boʻladi. Makroiqtisodiy tahlil jarayonida alohida tovarlar va xizmatlarning bahosi, ularga boʻlgan talab va ularni taklif etish hajmlari koʻrsatkichlari emas, balki agregat koʻrsatkichlar hisoblangan baholarning oʻrtacha darajasi, yalpi talab va yalpi taklif koʻrsatkichlaridan foydalaniladi. Davlat obligatsiyalari boʻycha foiz stavkalari, Markaziy bankning hisob stavkasi, tijorat banklarining kreditlar uchun belgilagan foiz stavkalari kabi kapital uchun toʻlov stavkalari umumlashtirilib ularningt oʻrtacha miqdori bozor foiz stavkasi deb yuritiladi va makroiqtisodiy tahlil jarayonida bu agregat koʻrsatkichdan foydalaniladi.
5. Makroiqtisodiy modellaming mohiyatiga izoh bering.
Makroiqtisodiy modellar iqtisodiy koʻrsatkichlar va jarayonlar oʻrtasidagi miqdoriy, sabab-oqibat bogʻlanishlarini matematik formula, grafik va chizmalar koʻrinishida ifodalaydi.
Bunga yalpi talab-yalpi taklif (AD-AS) modelini, Keyns xochini, Fillips egri chizigʻini, IS-LM modelini, iqtisodiy oʻsishning Domar, Xarrod va Solou modellarini keltirish mumkin. Bu modellarni bir vaqtning oʻzida ham grafik koʻrinishda, ham algebraik formula koʻrinishida tasvirlash mumkin . Algebraik formulalar kabi makroiqtisodiy modellar oʻam ikki, uch yoki bundan koʻp oʻzgaruvchili boʻlishi mumkin.
6. Zahiralarni tavsiflovchi ko'rsatkichlar va oqimlami tavsiflovchi ko'rsatkichlar o'rtasida qanday bog'liqliklar mavjud?
Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar ekzogen va endogen oʻzgaruvchilarga guruhlanibgina qolmasdan zahiralarni tavsiflovchi va oqimlarni tavsiflovchi oʻzgaruvchilarga ajratiladi. Birinchi guruh koʻrsatkichlar tadqiqot obyektining maʼlum sanadagi holatini tavsiflaydi. Bularga kapital bilan qurollanganlik darajasi, ishsizlik darajasi, davlat qarzi kabi koʻrsatkichlar misol boʻladi. Ikkinchi guruh koʻrsatkichlar maʼlum davr oraligʻida iqtisodiy jarayonlarning kechishini tavsiflaydi. Bularga yil davomida ishlab chiqilgan YAIM hajmi, isteʼmol va investitsiya xarajatlari miqdori, inflyatsiya surʼati kabi kabi koʻrsatkichlar misol boʻladi. Oqimlar maʼlum davr mobaynida zahiralarning oʻzgarishini keltirib chiqaradi. Masalan yil davomida qilingan investitsiyalar iqtisodiyotda toʻplangan kapital hajmi, oʻz navbatida esa mehnatni kapital bilan qurollanganligi darajasining ham oshishiga olib keladi.

7. "Resurslar - tovariar va xizmatlar" hamda"daromadlar - xarajatlar"ning


doiraviy oqimi modelidagi qarama-qarshi omillarga izoh bering.
Uy xoʻjaliklari ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan barcha iqtisodiy resurslarni resurslar bozoriga yetkazib beradilar, korxonalar esa bu resurslarni sotib olib turli xil mahsulotlarga, xizmatlarga aylantiradilar, soʻngra esa ularni tayyor mahsulotlar va xizmatlar bozoriga yetkazib beradilar. Ayni paytda “resurslar - tovarlar va xizmatlar” oqimiga qarama qarshi yoʻnalishda “daromadlar - xarajatlar”ning ham doiraviy oqimi amalga oshiriladi. Yaʼni, uy xoʻjaliklari oʻzlari yetkazib bergan iqtisodiy resurslar evaziga daromad oladi hamda ularni tovarlar va xizmatlar isteʼmol qilish uchun sarflaydilar yoki aksincha korxonalar resurslar uchun sarf-xarajatlar qiladilar hamda tayyor mahsulotlarni sotish evaziga daromad oladilar.

8. Doiraviy oqimlar modelining doiraviy aylanish tusini olishi shartlari qanday?


Har qanday iqtisodiy tizimda tovarlar va xizmatlarni takror ishlab chiqarish umumiy jarayonini resurslar, tovar va xizmatlar, daromadlar hamda xarajatlarning doiraviy oqimi modeli koʻrinishida tasavvur qilish mumkin. Bu sodda model makroiqtisodiy tahlil asosini tashkil etadi. Faqat xususiy mulkka tayangan ( yaʼni davlat ishtiroki mavjud boʻlmagan) yopiq iqtisodiyotda bunday doiraviy oqimi firmalar va uy xoʻjaliklari oʻrtasida amalga oshiriladi
“Resurslar - tovarlar va daromadlar” hamda “daromadlar – xarajatlar”ning doiraviy oqimi sxemasi soddalashtirilgan makroiqtisodiy model boʻlib makroiqtisodiyot subyektlarining oʻzaro munosabatlarini va makroiqtisodiy jarayonlarning kechishini shartli tarzda aks ettiradi.



Download 30,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish