Barakayev sardor


Fuqarolarning axborot sohasidagi huquq va erkinliklarini ta’minlashni takomillashtirish



Download 80,9 Kb.
bet2/3
Sana20.01.2022
Hajmi80,9 Kb.
#393292
1   2   3
Bog'liq
Axborot sohasini isloh qilish- taraqqiyotning muhim sharti

2.Fuqarolarning axborot sohasidagi huquq va erkinliklarini ta’minlashni takomillashtirish.

Fuqarolarning axborot sohasidagi huquq va erkinliklarini ta’minlashni takomillashtirish deganda biz avvalo bizning asosiy qonunimiz hisoblanganKonstitutsiyaga murojat etamiz O’zbekiston Konstitutsiyasining 29-moddasida har kim fikrlash, so’z va e'tiqod erkinligi huquqi, shuningdek, o’zi istagan axborotni izlash, olish hamda tarqatish huquqiga ega ekanligi mustahkamlab qo’­yilgan. 67-modda esa ommaviy­ axborot vositalarining erkinligi, qonunga muvofiq ish­lashi hamda axborotning to’g’riligi uchun belgilangan tartibda javobgarligi va senzuraga yo’l qo’yilmasligining asosiy kafolati hi­soblanadi. Ushbu konstitutsiyaviy prinsiplar asosida 10 dan ortiq qonun, ko’plab boshqa me'yoriy hujjatlar qabul qilindi.1

Jamiyat taraqqiyoti albatta bir yerda to’xtab turmaydi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning, xususan, islohotlarning ikkinchi bosqichdagi keng ko;lamli vazifalar o’z navbatida ommaviy axborot vositalari zimmasiga butumlay yangi vazifalarni qo’ya boshladi. ,, Axborot olish kafolatlari va erkinligi to’g’risida”, ,, Jurnalistik faoliyatni himoya qilish to’g’risida” singari qonun loyihalari ishlab chiqildi, xalq muhokamasiga qo’yildi va 1997-yil 24- aprelda Oliy Majlis ikkinchi chaqiriq sakkizinchi sessiyada qabul qilindi.

Ushbu qonunlarning dunyoga kelishi va to’la quvvat bilan amal qilishi bevosita hozirgi o’zbek milliy davlatchiligi ma’naviy qiyofasini belgilaydi. Bunday qonunlar yaratilishining, deputatlar va umumxalq muhokamasiga havola qilinishining o’zi O’zbekistonning umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligi, inson huquqlari erkinligi,ozodligi, uning shani va qadr-qimmatini himoya qilish kabi xalqaro huquq normalariga izchil amal qilayotganligidan dalolat beradi.

Demokratiyaning, konstitutsiyaviy taraqqiyotni ta’minlashning, inson huquqlari va erkinliklari, qadr-qimmatini himoya qilishning g’oyat muhim masalasi sifatida televideniye va radio eshittirish tizimini milliy g’oyalar asosida qayta shakllantirish, uning uning respublikada iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy islohotlarning amalga oshirishdagi ta’sirini kuchaytirish maqsadida 1996-yil 7-mayda’’ Ozbekistnning ijtimoiy taraqqiyotida telavideniye va radioning rolini oshorish chora – tadbirlari to’g’risida” Farmon qabul qilindi. Unda O’zbekiston Davlat televideniye va radioeshittirish Qo’mitasi O’zteleradiokompaniyaga aylantirildi.

1996-yilning may oyida ,, O’zbekiston ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qo’llab quvvatlash ijtimoiy siyosiy jamg’armasi tashkil qilindi.

Bu ommaviy axborot vositalarini vakillarining mustaqil o’z-o’zini boshqaruvchi, hukumatga qarashli bo’lmagan ijtimoiy xayriya tashkiloti hisoblanadi.

1996-yil 19-yil dekabr kuni Prezdent Devonida I.Karimov tomonidan ,,O’zbekiston ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qo’llab - quvvatlash ijyimoiy – siyosiy jamg’rmasi” vakillari qabul qilindi. Unda mamlakat rahbari bugungi kunda O’zbekiston matbuoti oldida turgan eng dolzarb vazifalar haqida to’xtalar ekan, mamlakatimiz istiqloli va ravnaqi, milliy tafakkurni shakllantirish xalqimiz g’ururi va iymon - e’tiqodining qay darajada mustahkamligiga har jihatdan bog’liq ekanini alohida ta’kidladi. Jumladan ,,Inson ozod va hur tug’iladi va shunday yashashi lozim, - dedi Islom Karimov. – Buning uchun esa u ana shu oliy ne’matni asray va ardoqlay bilish kerak. Xalqimiz ruhan to’la qayta uyg’ongan taqdirdagina bu qadriyatlar hayotimizdan mustahkam o’rin oladi.

Muhtaram Prezidentimizning Oliy Majlis palatalarining 2010 yil 12 noyabrda bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisida taqdim etgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” barcha sohalarda bo‘lgani kabi, ommaviy axborot vositalarining yanada taraqqiy etishida yangi ufqlarni ochdi. Ta'bir joiz bo‘lsa, konsepsiyada axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta'minlash yo‘nalishida belgilab berilgan strategik vazifalar milliy axborot makonimizning jahon axborot maydoni bilan integratsiyalashuvida muhim ahamiyat kasb etadi.

E'tiborga molik jihati, mazkur konsepsiyada soha ravnaqiga xizmat qiluvchi bir qator qonunchilik tashabbuslari ilgari surildi. Prezidentimiz tomonidan taklif etilgan ushbu qonunlarni ishlab chiqish, qabul qilish va hayotga joriy etish, o‘z navbatida, bu borada olib borilayotgan davlat siyosatining huquqiy kafolatlari mustahkamlanishi, ommaviy axborot vositalarining emin-erkinligi va mustaqilligini amalda ta'minlash, ularning tom ma'noda «to‘rtinchi hoki­miyat»ga aylanishlari yo‘lida barqaror qonuniy asos sifatida xizmat qilishi tabiiy.

 Ta’kidlanganidek, yurtimizda fuqarolarning axborot olishga bo’lgan konstitutsiyaviy huquqlarini samarali ro’yobga chiqarish, davlat organlari ochiqligini har tomonlama ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.Shular asosida zamon talablariga javob beradigan tashkiliy huquqiy baza yaratildi.1

Yaxshi bilamizki, bugun har qanday bosma yoxud elektron matbuot vositasining axborot makonida o‘z o‘rniga ega bo‘lishi, rivoj topishi uning oldida turgan asosiy vazifa hisoblanadi. Bunday sharoitda faqat iqtisodiy jihatdan mustaqil bo‘lgan jamoagina o‘z mavqeyeini saqlab qolishi mumkin. Davr o‘tishi bilan ommaviy axborot vositalarining ham shakli, ham mazmuni o‘zgarib borar ekan, ularni iqtisodiy-huquqiy jihatdan himoya qilish mexanizmi ham o‘zgarishi tabiiy. Shunday ekan, Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, “Ommaviy axborot vositalari erkinligi va mustaqilligini yanada mustahkamlash, mualliflik huquqi va intelektual mulkni ishonchli himoya qilishning huquqiy kafolatlari mexanizmlarini kuchaytirish axborot sohasiga bozor mexanizmlarini joriy qilish bilan bevosita bog‘liqdir”. 

Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek ,, Mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlik jamoatchilik fikrining xolatiga yetarli darajada bog’liq bo’lib, uni shakllantirishda boshqa bir ijtimoiy institutga – OAVga muhim o’rin beriladi. OAV mamlakatda yuz berayotgan jarayonlarga turlicha qarashlarni erkin va xolis ifodalashga qodir bo’lishi, hokimiyat bilan jamoat o’rtasidagi xolis vositachi bo’lishi zarur1.

Konsepsiyada ushbu vazifani amalga oshirish, jumladan axborot bozori ishtirokchilari faoliyati samaradorligini kuchaytirish va ularning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, ommaviy axborot vositalariga qo‘shimcha iqtisodiy preferensiyalar yaratish va milliy axborot makonini izchil rivojlantirishni ta'minlashga qaratilgan “Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari to‘g‘risida”, “Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun­larni  qabul qilish taklif etildi.Mazkur qonunlar ommaviy axborot vositalarining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishni kafolatlashga, ularni  davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash asoslarini tartibga solishga qaratilgan huquqiy normalarni aniq va ravshan belgilab beradi. Bu esa, fao­liyat samaradorligini oshirish, mazkur soha sub'yektlari uchun qo‘shimcha iqtisodiy imtiyozlar (preferensiyalar) berish, unga bozor mexanizmlarini joriy etish va sog‘lom raqobat muhitini yaratish, ijodiy jamoalarning iqtisodiy erkinligi va mustaqilligini ta'minlash, ijtimoiy muhim xarakterga ega bo‘lgan tahririyatlarni qo‘llab-quvvatlash borasida mustahkam huquqiy asosdir. Har ikki qonunning amalga kiritilishi kelgusida  jamoatchilikni to‘la, haqqoniy va tezkor axborot bilan ta'minlash,  demokratik prinsiplarga asoslangan holda ommaviy axborot vositalarini  davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.

,, Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni asosida davlat hokimiyati organlari faoliyati haqida jamoatchilikni xabardor qilish, ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan davlat organlari o’rtasida yaqin hamkorlikni o’rnatish, jurnalistlar tomonidan axborot olish va tarqatish masalalarida keng imkoniyat yaratildi.1

Davlatimiz rahbarining uqtirishicha, mamlakatimizda fuqarolarning axborot sohasidagi huquq va erkinliklarini taminlash borasida amalga oshirilgan keng ko’lamli ishlarni tanqidiy baholar ekanmiz, muhim bir masalaga alohida e’tibor qaratish zarur. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, ,, bu o’rinda gap ommaviy axborot vositalarini va davlat hokimiyati organlari o’rtasidagimunosabatlarning ustuvor jihatlarini to’g’ri belgilash, jumladan ommaviy axborot vositalari faoliyati ustidan nazorot qilishning iqtisodiy mehanizmlarni, axborot manbaalarining yopiqligini, shuningdek, taxririyatlarga hokimiyat organlari va ma’muriy tuzilmalar tomonidan bo’layotgan ma’lum darajadagi bosimlarni bartaraf qilish bilan bog’liq muammoli masalalarni hal etish haqida bormoqda.”

Shu maqsadda Yurtboshimiz tomonidan sohaga oid qonunchilik bazasini takomillashtirishga qaratilgan bir qanch tashabbuslar ilgari surildi. 

Konsepsiyada axborot sohasini isloh etish borasida taklif etilgan qonun tashabbuslaridan yana biri bu media-bozorning eng muhim tarmoqlaridan biri bo‘lgan teleradio tizimini huquqiy jihatdan tartibga solish va rivojlantirishga qaratilgan “Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilishdir.

Darhaqiqat, televideniye va radio bugungi kunda eng katta auditoriyaga ega vosita bo‘lib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni har bir fuqaroga yetkazishda o‘rni va ahamiyati beqiyos­dir. Bugun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanib borayotgani, teleradioko‘rsatuvlarni uzatish tizimiga bosqichma-bosqich raqamli texnologiyalarni joriy etish natijasi o‘laroq, sohaga raqamli, mobil va internet televideniye kabi mutlaqo yangi media-tuzilmalar kirib kelmoqda.Ushbu yo‘nalishda taklif etilayotgan qonun hujjatlarining qabul qilinishi teleradioeshittirishlar tizimi faoliyatini huquqiy tartibga solish mexanizmlarini va moliyalashtirish manbalarining erkinligi va mustaqilligi prinsiplarini belgilab berish, radiochastotatalarni olish uchun o‘tkaziladigan tanlovlarning demokratik va oshkoraligini ta'minlash, teleradio sohasidagi asosiy prinsiplarni belgilash, jumladan, raqamli televideniyegao‘tish munosabati bilan iste'molchilarga umummajburiy tusdagi kanallarni qabul qilishni kafolatlashning huquqiy asoslarni yaratib beradi.1

Konsepsiyada ilgari surilgan “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi va bosh­qa bir qator qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish taklifi esa, hozirgi tezkor davr talabidan kelib chiqqan desak, mubolag‘a emas. Zero, “Axborot asri” deya ta'riflanayotgan XXI asrda har soat, ta'bir joiz bo‘lsa, har daqiqada turli xil yangiliklar, ilg‘or texnologiyalar yaratilmoqdaki, zamondan orqada qolmaslik uchun ularni hayotga izchil joriy etib borish maqsadga muvofiqdir.

Boshqa bir qator mutaxasislar ham mazkur qonunning joriy etilishiijro hokimiyati organlarifaoliyatining, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning, davlatning ichki hamda tashqi siyosatinin ochiqligi va oshkoraligini, mamlakatimiz va xorijda kechayotgan voqea-hodisalar xususida fikrlar xilma-xilligi va siyosiy pulyuralizmni hisobga olgan holda ta’minlashi zarurligiga urg’u bermoqdalar. Eng asosiysi, bunday yondashuv Kontseptsiya talablariga to’la munosibdir.

Konsepsiyaga muvofiq ishlab chiqilgan hamda hozirgi kunda Buxoro va Samarqand viloyatlarida so‘nggi bosqichda huquqiy eksperimentdan o‘tkazilayotgan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida” Qonun loyihasi esa, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, amaldagi qonunlar va qonun hujjatlariga muvofiq davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati haqida fuqarolarni haqqoniy axborotlar bilan ta'minlash, ularning ommaviy axborot vositalari bilan munosabatlarini tartibga solishning tashkiliy-huquqiy jihatlarini belgilab berishi bilan alohida ahamiyatga molik.

Davlatimiz rahbari Islom Karimov ma'ruzaning avvalida erishilgan yutuqlarga mahliyo bo‘lib, xotirjamlik kayfiyatiga berilish real voqyealardan uzilib qolishga olib kelishiga alohida urg‘u berar ekan, jahon miqyosida kechayotgan jarayonlarda mustahkam o‘rin egallash uchun har tomonlama chuqur o‘ylangan, aniq maqsad va ustuvor yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan taraqqiyot dasturi va uni amalga oshirish strategiyasiga ega bo‘lish zarurligini uqtirib o‘tdi. Ushbu mulohazalardan kelib chiqqan holda, Prezident axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta'minlashga qaratilgan amaldagi bir qator qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish hamda yangi qonunlar qabul qilishni dolzarb ahamiyat kasb etishini belgilab, quyidagi takliflarni berdi: 1

Birinchi.“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida” Qonun qabul qilish zarurligi. Buning natijasida:

* fuqarolarning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqini yanada kengroq amalga oshirish imkoniyati yaratib beriladi;

* davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining qabul qilinayotgan qarorlar sifatini oshirish borasidagi mas'uliyati oshadi;

* davlat hokimiyati organlari faoliyati haqida jamoatchilikni xabardor qilib borish tartiblarini aniq belgilab beradi;

* aholining, jamoat birlashmalarining davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar, avvalambor fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari bilan bog‘liq qarorlar haqidagi axborotlardan keng xabardor bo‘lib borishini ta'minlaydi;2

* Mazkur qonunning joriy etilishi ijro hokimiyati organlari faoliyatining, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning, davlatning ichki hamda tashqi siyosatining ochiqligi va oshkoraligini, mamlakatimiz va xorijda kechayotgan voqyea-hodisalar xususida fikrlar xilma-xilligi va siyosiy plyuralizmni hisobga olgan holda, ta'minlashi zarur.

Ikkinchi. Demokratlashtirish jarayonlarida ahamiyati tobora ortib borayotgan axborot kommunikatsiyalari sohasining eng muhim tarmoqlaridan biri bo‘lgan teleradio tizimini rivojlantirishga qaratilgan “Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida” Qonun qabul qilish haqida taklif kiritildi.

Davlat rahabari, hozirgi vaqtda ushbu sohadagi faoliyat ommaviy axborot vositalari, radiochastota spektri, telekommunikatsiyalar, axborotlashtirish to‘g‘risidagi qonunlarning muayyan moddalari bilan tartibga solib kelinayotganini, endilikda teleradioeshittirishlar sohasini mustaqil qudratli industriya sifatida qayta tashkil etish, teleradioeshittirishlarning yangi shakl va turlarining paydo bo‘lishi teleradiodasturlarni tayyorlash va uzatish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlarni tizimli va keng ko‘lamli ravishda tartibga soladigan yaxlit qonunni kuchga kiritish zarurati tug‘dirayotganini qayd etdi. Bu qonunning qabul qilinishi:

* teleradiodasturlarni tayyorlash va tarqatish sohasida raqobatni yanada kuchaytirish;

* teleradiodasturlarni uzatish borasida mobil va raqamli televideniye kabi ilg‘or zamonaviy texnologiyalarni joriy etish;

* teleindustriyaning istiqbolli yangi tarmoqlarini tashkil qilish uchun zarur sharoitlarni yaratish;

* milliy teleradioeshittirishlar tizimi faoliyatini huquqiy tartibga solish mexanizmlarini va moliyalashtirish manbalarining erkinligi va mustaqilligi kabi prinsiplarini belgilab berish;

* radiochastotalarni olish uchun o‘tkaziladigan tanlovlarning demokratik va oshkoraligini ta'minlash;

* teng raqobat va elektron media-bozor tarmoqlarining monopollashuviga yo‘l qo‘ymaslik uchun sharoit yaratish va boshqa bir qator muammolarni yechishni nazarda tutadi.

Uchinchi. Davlatimiz rahbari ommaviy axborot vositalari erkinligi va mustaqilligini yanada mustahkamlash mualliflik huquqlari va intellektual mulkni ishonchli himoya qilishning huquqiy kafolatlari va mexanizmlarini kuchaytirish, axborot sohasiga bozor mexanizmlarini joriy qilish bilan bevosita bog‘liq ekanligini ta'kidlab, ushbu vazifani amalga oshirish uchun “Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari to‘g‘risida”, “Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlarni qabul qilish yuzasidan taklif kiritdi. Bu qonunlar:

* axborot bozori ishtirokchilari faoliyati samaradorligini kuchaytirish va ularning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish;

* qo‘shimcha iqtisodiy preferensiyalar yaratish;

* milliy axborot makonini izchil rivojlantirishni ta'minlashga qaratilgan boshqa tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadi.1

To‘rtinchi. Ommaviy axborot vositalarining davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati ustidan jamoatchilik va parlament nazoratini ta'minlash, hokimiyat va jamoatchilik o‘rtasida mustahkam aloqa o‘rnatish borasidagi rolini kuchaytirishga qaratilgan samarali huquqiy mexanizmlarni yaratish maqsadida mamlakat Prezidenti “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi va boshqa bir qator qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni taklif etdi. Bu o‘zgartish va qo‘shimchalarda:

* davlat va jamoat birlashmalari axborot xizmatlari, media-tuzilmalar ishini faollashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlarni ko‘zda tutish;

* ommaviy axborot vositalarining axborot olish yuzasidan murojaatlarini ko‘rib chiqish muddatlarini qisqartirish;

* axborot olish sohasidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun yuridik va mansabdor shaxslarning ma'muriy javobgarligini kuchaytirish va boshqa chora-tadbirlarni ta'minlashga qaratilgan huquqiy mexanizmlar o‘z aksini topishi nazarda tutiladi.

Mamlakatimizda OAV erkinligi darajasining muhim ko’rsatkichlaridan biri axborot sohasining izchil va erkin taraqqiyoti hamda har kimning hech qanday to’siq va moneliksiz axborot olishi, undan foydalanishi uchun zarur sharoitlarni ta'minlovchi huquqiy maydonning mavjudligidir.1

Bularning barchasi to’r­tin­chi hokimiyat deb ataluvchi­ soha vakillari faoliyatini yuqori bosqichga ko’tarishi barobarida ularning mas'uliyatini ham keskin oshirdi.­ Chunki butun dunyoda global­lashuv ja­rayoni rivojlanib borayotgan bir davrda matbu­ot nafa­qat ijod­­ mahsuli, balki qa­rama-qarshi dunyoqarashlar va fikrlar kurashi maydoniga ham aylanib ulgurdi­. Ayniq­sa, o’ta zamonaviy va ta'sir­chan axborotning, kom­­­­mu­nika­siya vo­sitalari­ning yuzaga ke­lishi turli za­rarli­ oqimlar tahdidini yanada kuchaytirdi

Shu bois hozir har bir ommaviy axborot vositasi ol­dida axborot bozorida o’z o’rnini topish, taraqqiyot yo’­lidan dadil qadamlar qo’­yish,­ fuqarolik institutla­ri tizimida o’z mavqyeini mus­tahkamlash borasida dolzarb masalalarni hal etish kabi muhim vazifalar turibdi.

Davlat hokimiyati va bosh­qaruvi organlari faoliyati ochiqligini ta'minlashning muhim shartlaridan biri ular bilan ommaviy axborot­ vositalari o’rtasida sifatli­ muloqot muhitini yaratishdir. Davlat hokimiyati or­gan­lari va OAV o’rtasida o’za­ro muloqot muhitining ikki muhim xususiyati bor. Avvalo, mazkur muloqot or­qali davlat hokimiyati or­ganlari tomonidan qabul qi­lingan qarorlar va ularning­ ahamiyati haqida jamoatchilikka atroflicha ma'lumot yetkaziladi. Ayni payt­da davlat hokimiyati va jamiyat­ o’rtasida axborot va fikr almashish imkoniyati yuzaga keladi. Bu esa kuchli fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, davlat boshqaruvini demokratlashtirish, mazkur jarayonlarda fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlaydi. Shu ma'noda qabul qilingan «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to’g’­risida»gi Qo­nun fuqarolarning davlat tuzilmalari fao­­liyati to’g’risidagi axborotni erkin va moneliksiz izlash, olish, tad­qiq etish, uzatish hamda tar­qatishga doir konstitutsiyaviy huqu­qini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish, axborot sohasida­gi konstitutsiyaviy huquqini yanada keng­roq amalga oshirish­ imkonini yaratib berish, jamoat­chilikni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to’g’risida xabardor qilish, aholi, jamoat birlashmalari va ommaviy axborot vositalarining axborotdan keng foydalana olishida muhim omil bo’lib xizmat qiladi.1

Xulosa qilib aytganda, matbuot erkinligini ta'minlash huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishning muhim shartlaridan biri, hurfikrlilikni qaror toptirishning bosh omili hisoblanadi. Mamlakatimizda bu borada zarur chora-tadbirlar ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etib kelinmoqda.Ushbu sa'y-harakatlar kelgusida sohaning yanada taraqqiy etishiga xizmat qilishi shubhasiz.




Download 80,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish